ONA TILI
76. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni ro’yobga
chiqarishiga ko’ra turli guruhga oid bo’lgan teng
bog’lovchilar qatnashgan?
A) Agar havoda chang va tutun bo’lmasa edi, odam ming yil yashagan bo’lardi.
B) Daraxtni gullata bilishgina emas, balki undan mo’l va shirin hosil yetkaza bilish ham san‘atdir.
C) Bu xabar unda hech qanday norozilik tug’dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.
D) Oqmoya ozg’in va chayir, oyoqlari uzundan kelgan, qarilig-u og’ir yukdan hali toliqmagan bebaho tuya edi.
77. Qaysi gapda ega vazifasidagi so’z imlosida xatolik
kuzatiladi?
A) Sizdan bu qilgan ishim uchun afv so’ramoqchiman.
B) Bu sohada ko’plab ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi.
C) Sizga shuni aytib qo’ymoqchimanki, tafsifnomangiz yozib qo‘yildi.
D) Hayotda rahm va shavqat borligiga xursand
bo‘lmog‘imiz kerak.
78. O’z muallimi va ustozini e‘zozlash, ularni hurmat qilish har bir o’quvchining burchidir.
Ushbu gapda nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 7ta
B) 8ta
C) 6ta
D) 5ta
79. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi so'zga qo'shilib kelgan ko'makchi qatnashgan?
A) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach
hammamiz yo'lga otlandik
B) Kozimbek mashinani yo'lga chiqarib, qishloq tomon yurdi
C) Dard ila g'amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig' sarg'aygan edi
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko'kat yorug'lik sari bo'y cho'zadi
80. Ko'p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir.
Ushbu gap tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so’zlar qanday sintaktik vazifa bajarib kelgan?
A) hol, to’ldiruvchi
B) aniqlovchi, to’ldiruvchi
C) ega, kesim
D) aniqlovchi, hol
81. Yaxshi kitoblarni o'qish o'tmish zamonlarning dono kishilari bilan hamsuhbat bo'lishdir.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma'lumot to'g'ri emas?
A) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari qatnashgan
B) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan
to'ldiruvchili so'z birikmasi qatnashgan
C) Gapda hokim qismi to'ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari qatnashgan
D) Gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to'ldiruvchili so'z birikmasi qatnashgan
82. Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o'qish va o'rganishdadir.
Ushbu gapdagi yordamchi so'zlar haqidagi qaysi ma'lumot to'g'ri?
A) Gapda ko'makchi va bo'g'lovchilar ishtirok etgan
B) Gapda 2 ta ko'makchi ishtirok etgan
C) Gapda faqat bog'lovchilar ishtirok etgan
D) Gapda 2 ta vazifadosh bog'lovchi ishtirok etgan
83. Qaysi gapda uchta yasama fe'l qatnashgan?
A) Qiz cholga yaqinlashib salom berdi. U loqaydgina alik oldi.
B) Usta temirni cho‘g'ga solib bolg'alaydi, cho‘zadi,
yassilaydi.
C) Dunyoda pok odamlar ko‘paysa, nopok odamlar
shunchalik kamayadi.
D) Izg'irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor
g'ichirlaydi.
84. Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxs ma'nosini
bildirgan olmosh ega vazifasini bajargan?
A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
B) Har birimiz shu jannatmakon yurt tuprog'iga sodiq bo'lmog'imiz kerak.
C) Kela berdilar bari kattakon chinor sari.
D) Har bir kishi o’z Vatani ravnaqi uchun kurashmog’i kerak.
85. Qaysi javobda qo'shma gapning ikkinchi qismida
qo'llanadigan bo'g'lovchilar keltirilgan?
A) ammo, lekin, agar, chunki, va
B) chunki, negaki, goh...goh, balki, mabodo
C) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya'ni
D) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti
86. Quyidagi gaplarning qaysi birida bir so'z tarkibida
ikki xil tovush o'zgarishi kuzatiladi?
A) Shoazim o’ng’aysizlanib, yerga qaradi: hozir
uning ko’ngliga bahs sig'mas edi.
B) Rahimjon ma’yus holda so'ri suyanchig'iga qo’l
qo'ydi:
C) Ertaga cho’qqini egallaymiz; sovuq qattiq emas, shamol bo'lishi ham kutilmaydi.
D) Kechqurun qurilish boshlig'ining muovini Oyqiz
Umrzoqova, ertaga to'g'on qurilishi boshlansin, degan buyruqqa imzo chekdi.
87. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib, xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undardi.
Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan so’zlar qaysi turkumga tegishli?
A) ot, sifat, fe’l
B) ot, sifat
C) faqat ot
D) ot va fe’l
88. Quyidagi qaysi hukm xato?
A) Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro kabi so‘zlar yordamida yasalgan so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi va ajratib yoziladi:
B) -ar, -mas qo‘shimchali qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi.
C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi
D) Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi.
89. Quyidagi jahon xalqlari maqollaridan qaysi biri
mantiqan boshqalariga bog‘lanmaydi?
A) Bo‘ridan qo‘rqadigan podani uddalay olmaydi. (Fors maqoli)
B) O‘z kuchingga ishonmasang, yo‘qolasan. (Udmurt maqoli)
C) Muhimi tez yugurish emas, ertaroq yugurishdir.
(Fransuz maqoli)
D) Qaysi barmog‘ingni tishlama, hammasi og‘riydi.
(Qozoq maqoli)
90. Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan
to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi...
So‘z san’atkorlari tilga alohida e’tibor berib keldilar, uslub va ifodaning sodda bo‘lishini, nutqda fikriy mujmallikka yo‘l qo‘ymaslikni targ‘ib etdilar.
Ushbu matn qaysi uslubga xos?
A) rasmiy
B) ilmiy
C) publitsistik
D) badiiy
91. Аrра еkkan dehqon аrра olar,
Bug‘doy ekkan dehqon — bug‘doy.
Ushbu qo‘shma gapdagi tirening qo‘llanish sababi to‘g‘ri izohlangan javobni belgilang.
A) Ajratilgan izohlovchi qatnashgani sababli tire qo‘yilgan.
B) Kesim ot kesim bo‘lib, bog‘lamasiz qo‘llanganligi
sababli tire qo‘yilgan.
C) Bog‘lovchisiz qo‘shma, gap qismlari orasida qiyoslash munosabati ifodalanganligi sababli tire qo‘yilgan.
D) Qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi sodda gapning kesimi tushirib qoldirilganligi sababli tire qo‘yilgan.
92. Quyoshing shundadir, oying shundadir,
Zuvalang — qorilgan loying shundadir.
Shunda qolajaksan — joying shundadir.
Olmoshlar qanday sintaktik vazifani
bajargan?
A) kesim va hol
B) faqat kesim
C) ega va kesim
D) to‘ldiruvchi va kesim