Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 142,97 Kb.
bet24/35
Sana22.03.2022
Hajmi142,97 Kb.
#505408
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
Magistr Maftunaga

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. G‘ulomov J.R, Umarova M.H, G‘ulomova N.B, Pedagogik diagnostika va korreksiya T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018y, 128b

  2. Подласий И.П Педагогика: в 3-х кн –Москва: ВЛАДОС. 2013

  3. Talipova J.O Pedagogik kvalimetriya / o‘quv qo‘llanma – Toshkent 2016. 117 b



6-mavzu : Pedagogik diagnostika va korreksiyani samarali tashkil etish va
umumta'lim maktablari o‘quvchi -qizlarini ijtimoiy faolligini
oshirishda pedagogik diagnostika metodlaridan foydalanish.
Reja:
1. Ta'lim muassasida pedagogik diagnostika va korreksiya faoliyatini tashkillashtirish yo‘llari.
2. Pedagogik korreksiyani samarali tashkil etishning shart-sharoitlari.
3. O‘quvchi- qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish-pedagogik muammo sifatida.
4. O‘quvchi- qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishni aniqlashtirishda anketalashtirish, suhbat, pedagogik kuzatish, sotsiometriya metodlaridan foydalanish yo‘llari.
Tayanch so‘z va iboralar: diagnostika, korreksiya, anomal, pedagogik muammo, anketalashtirish, suhbat, pedagogik kuzatish, metod, sotsiometriya, ijtimoiy faollik, faoliyatni tashkillashtirish.

Diagnostika atamasi yunon tilidan olingan bo‘lib, “ shaffof bilim ” degan ma’noni anglatadi. “ Pedagogik diagnostika ” atamasi esa ilk bor 1968-yilda nemis olimi Karlxaynts Ingenkamp tomonidan qo‘llanilgan.


Pedagogik diagnostika yordamida jamiyatdagi ma’naviy- ma’rifiy jarayon tahlil qilinadi. Tashxislashda nafaqat ta’lim –tarbiyaning natijalarini sarhisob qilish, balki ularning o‘zgarish dinamikasi ham kuzatiladi va kamchiliklar bartaraf etiladi. O‘quv –tarbiyaviy jarayonni optimallashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik diagnostika har bir rejali o‘quv faoliyatining ajralmas bo‘lagi sanaladi. O‘quvchilar materialni qanday o‘zlashtirayotganini hamisha kuzatib borish, tarbiyaviy jarayondagi muammolarning yechimini topishga yordam beradi. Pedagogik diagnostika yordamida o‘quv –tatbiya jarayonidagi muammolar bartaraf qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxislash va korreksiyalashning mazmunini o‘quvchilarda aqliy, intellektual qobiliyatlarini, ijobiy qarash va e’tiqodlarini, axloqiylik , irodalilik va hissiyotlarini shakllantirishdan iborat.
O‘quvchilarning globallashuv jarayonida ma'naviy tahdidlarni farqlay olishlari, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurash olib borish lozimligini, inson qalbiga yo‘l topish, ma'naviy kamolot ekanligi, mamlakat ravnaqi yo‘lida fidoyilik, jasorat ekanligini anglab yetishi uchun barcha pedagogik metodlardan foydalanish lozim.Pedagogik diagnostika ta’lim jarayoni sifatini loyihalashtirish, unga erishish va qo‘llab-quvvatlash hamda uni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganadi, natijalarini tashxislaydi. Bu jarayonda ta’lim sifatini ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi- turli xil boshqa, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etish xam amalga oshiriladi. Bo‘lajak kasbni tanlash uchun o‘quvchilarni maktab davridanoq kasb egallashga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ulaming irsiy va kasb tanlashga bo‘lgan hohishini o ’rganish - zamonaviy pedagogik diagnostika metodlariga murojaaat etishni talab etadi O‘z kasbini sevgan inson ijodkorlikka intiladi, yangilik yaratishga qodir bo‘ladi.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korreksion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o‘zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni yo‘qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Korreksion-pedagogikaning paydo bo‘lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos — noto‘g‘ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi.
Bolaga korreksion ta’sirko‘rsatishningsamaradorligi mavjud nuqson xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funktsiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o‘mini to‘ldirishga imkon bemvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog‘liq. Anomal bolalarning ma’lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta’sirga muhtoj bo‘lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolash- sog‘lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma’lum muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
Jamiyatning turli bosqichlarida ta'lim- tarbiya sohasida to‘plangan ma'lumotlar,tajribalarni nazariy jihatdan anglash ,umumlashtirish, hayotga tatbiq etish ehtiyojlari orasidagi hamkorlik pedagogikasi rivojlanmoqda.
Pedagogik diagnostika o‘quvchi shaxsidagi o‘ziga xos xususiyatlarii,
individuallikni saqlagan holda intellektual, ma’naviy rivojlanishini ta’minlaydi.
Uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• bola shaxsini rivojlantirishda majburiy ta’limga o‘rin bo‘lmasligi kerak, ya’ni
bola o‘zida o ’qishga qiziqish, motivatsiya hosil qilishi lozim
• o‘quv materialini to‘liq idrok etish uchun taqdim qilinayotgan ma’lumotga oid tayanch iboralar, chizma va tasvirlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi
• o‘quv materialini idrok etishda tanlash xususiyatining mavjudligi dialog shaklida tashkil qilingan darslar g‘oyasi
• intellektual rivojlanishi deyarli bir xil bo‘lgan guruh, sinf jamoalarini tashkil
qilish
• o‘qituvchi va o ’quvchi hamkorligini rivojlantirish g‘oyasi
• o‘qishdan bo‘sh vaqtni mazmunli rejalashtirish.
Ta’lim jarayonini diagnostikasiz boshqarish mumkin emas.Ta’lim diagnostikasi ko‘p hollarda yosh avlodda u yoki bu hislatlarni (chidamlilik, iroda, qunt va boshqalar) ham aniqlaydi. Diagnostika odatdagi an’anaviy o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshirishdan farq qiladi. Diagnostika natijalarib unga erishish yo‘llari, vositalari bilan bog‘liq holda ко'rib chiqadi. Diagnostika o‘z ichiga nazorat, tekshiruv, baholash, statistik ma’lumotlarnii to‘plash, ularnii tahlil qilish, dinamikani ko‘rsatish, voqealarning keyingi rivojini bashorat qilish kabilarni qamrab oladi. Ko‘pchilik ota-onalar o‘z bolalarining intellektual rivojlanishlarini boshqa bolalar bilan solishtirib ko‘rishadi. Psixolog, tibbiyot xodimlaridan maslahat so‘rashadi. Lekin pedagogik diagnozga, mutaxassisning tashxisiga kamdan-kam murojaat etishadi.
Pedagogik diagnostika o‘quvtarbiyaviy ishlaming yakuniy natijalar ко'rsatkichlarini hamda mazkur jarayonning kechish holatini yaqqol aks ettirish xususiyatiga ega. Pedagogik diagnostikani amalda qo‘llashda turli metodlardan foydalaniladi.
Metod - (lotincha «metodos»-«yo‘l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot, deb taijima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so‘zi keng ma’noda:
muayyan muammo yechimini topishga yo‘naJtirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagogik diagnostikani tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlami yoshlar qalbiga yetkazish, ulami kundalik ehtiyojiga yo‘naltirish uchun quyidagi ish usullariga e’tibor berish lozim:
-o‘quv muassasa, mas'ul shaxslar sinf, guruh jamoasining ruhiy holati, ya'ni
har bir shaxsning faoliyati, qiziqish darajasiga;
-o‘quvchi-yoshlaming tartib-intizomiga, davlat mulkiga bo‘lgan munosabatiga;
o‘quvchi-yoshlaming ijtimoiy hayotdagi faolligiga;
-yoshlar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga bo‘lgan munosabatiga (ijobiy, salbiy, befarqligiga);
-yoshlaming kattalar, o‘z tengdoshlari bilan axloqiy muomala va munosabatlariga;
-o‘quv maskanlarida tashkil etilgan qonun-qoidalarga munosabat va ularga amal qilishga;
-o‘quv muassasadagi ijtimoiy fikrga bo‘ysunuvchanligiga.Yuqoridagilarga amal qilinganda pedagogik diagnostikani o‘tkazish Pedagogik diagnostika o‘quv tarbiyaviy ishlaming yakuniy natijalar ко'rsatkichlarini hamda mazkur jarayonning kechish holatini yaqqol aks ettirish xususiyatiga ega. Pedagogik diagnostikani amalda qo‘llashda turli metodlardan foydalaniladi.
Metod - (lotincha «metodos»-«yo‘l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot, deb taijima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so‘zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naJtirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagogik diagnostikani tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlami yoshlar qalbiga yetkazish, ulami kundalik ehtiyojiga yo‘naltirish uchun quyidagi ish usullariga e’tibor berish lozim:
-o‘quv muassasa, mas'ul shaxslar sinf, guruh jamoasining ruhiy holati, ya'ni har bir shaxsning faoliyati, qiziqish darajasiga;
-o‘quvchi-yoshlaming tartib-intizomiga, davlat mulkiga bo‘lgan munosabatiga;
o‘quvchi-yoshlaming ijtimoiy hayotdagi faolligiga;
-yoshlar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga bo‘lgan munosabatiga (ijobiy, salbiy, befarqligiga);
-yoshlaming kattalar, o‘z tengdoshlari bilan axloqiy muomala va munosabatlariga;
-o‘quv maskanlarida tashkil etilgan qonun-qoidalarga munosabat va ularga amal qilishga;
-o‘quv muassasadagi ijtimoiy fikrga bo‘ysunuvchanligiga.
Yuqoridagilarga amal qilinganda pedagogik diagnostikani o‘tkazish yo‘llarini yaratish imkonini beradi.
Anketalashtirish (so‘rovnoma) o‘tkazish metodi:
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba'zi faktlarni to‘plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og‘zaki olinadigan bo‘lsa, u holda bu javoblar qarorga to‘la yoziladi. Ko‘pchilik bir savolning o‘ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo‘ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
1. anketada savollar kam bo‘lishi kerak;
2. savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushinsin, ular aniq (mujmal bo‘lmagan) javoblarni talab qilsin.
Ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda nazariy metodlar etakchi o‘rin tutadi. Har bir tadqiqotda oldin o‘rganish ob'ektini tanlash, nazariy tahlil asosida ob'ekt qaysi faktlarda bog‘liqligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan etakchilarini tanlash kerak. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini tuzish shunga mos ravishda tadqiqot o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, tadqiqotning borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash va xulosalarni ifodalash Iozim. Bu ishlaming hammasini bajarish uchun tadqiq qilinayotgan masalaning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariyasi va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda matematika metodikasiga oid har bir tadqiqodga qo‘llaniladi. Har qanday ilmiy muammolarni hal qilishda qo‘yilgan masalaga oid hamma adabiyotni o‘rganish va nazariy tadqiqot o‘tkazish kerak. Busiz maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lmaydi, sinash bazan xatolar yo‘li bilan olib boriladi, shu bilan birga har doim ham qo‘yilgan masalaning to‘la jalb qilinishiga olib kelinaver maydi. Shu bilan birga adabiyotni o‘rganmay turib va nazariy tahlil qilmay turib, fanda izchillik ta'minlanmaydi.
Pedagogik kuzatish metodi.
Muloqotning ta’sir kuchini, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi.Kuzatish metodlari orqali o‘quvchilaming o‘zaro aloqalari, tengdoshlari bilan muloqoti, individual-psixologik farqlarini qiyoslash, nlamingfanlami o‘zlashtirishi, xulq-atvori va mavjud muammolandagi o‘zgarishlami hisobga olish va tegishli ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Kuzatish metodi o‘quvchi-yoshlarning ilmiy dunyoqarashi, intellektual rivojlanishi, fikrlash jarayonining dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqilligi, faolligi va ulami tahlil qilishga yordam beradi.
Tajribalar ko‘rsatishicha, o‘quvchi-yoshlaming markaziy nerv sistemasidagi psixik qo‘zg‘alish kuchiga qarab, umumiy ta’limiy-tarbiyaviy jarayonga kirishish faolligini aniqlash mumkin
Kuchsiz nerv sistemasiga mansub o‘quvchi-yoshlarda sezgirlik chegarasi o‘ta nozikligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular zarracha ahamiyatga molik bo‘lmagan psixotravmatik ta’sirlarga ham uzoq muddat davomida qayg‘urib yurishadi. Pedagogik tashxislashda va korreksiyalashda shu jihatlarga alohida e’tibor berish joizdir.
O‘spirin va o‘smirlaming «kuchli nerv sistemasi»ga mansubliligi qo‘yidagi ко'rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi:
1. O‘z faoliyatidagi intensivlik va mahsuldorlikni yo‘qotmagan holda uzoq muddat mobaynida u darajada qiziqarli bo‘lmagan topshiriqlami bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishlan;
2. Ta’lim jarayonida qiyinchiliklami bartaraf qila olish, maqsadga erishish yo‘lidagi qaysarlik xususiyatlarining mavjudligi;
3. Mushkul vaziyatlarda ish mahsuldorligi va qat’iyatliligining oshishi (ayniqsa xavfli vaziyatlarda);
4. Xatti-harakatlari va xulq-atvorida mustaqillikka intilish xususiiyatlarining mavjudligi, ayniqsa yangi, notanish vaziyatlarda ulaming kashf qilinmagan
Uni qo‘llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
xulosa chiqarishga shoshilmaslik. oddiy kuzatishlardan farq qiladi1»,- deb hisoblaydi ingliz olimi G.Jenks.
Pedagogik kuzatish metodi - ushbu metod ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ulaming oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig‘ish imkoninitug‘diradi. Bu usul ancha murakkab bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlarining o‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi.
Kuzatish metodi qu'yidagi holatlari nazarda tutadi:
1. Kuzatuv qanday savolga javob berishi kerak.
2. Kuzatuv qanday sharoitlarda o‘tkazilishi lozim.
3. Kuzatuvga quyilgan xulq yuzasidan kategoriyalar, tushunchalar taqsimlab chiqilganmii, shu tushunchalar yordamida qo‘yilgan savolga javob bera oladimi va h. k
4. Ushbu kategoriyalar kuzatilayotgan xulqqa mosmi? Ushbu kategoriyalar bilan ishlash mumkinmi?
5. Bitta pedagogik vaziyatni kuzatgan turli kuzatuvchilar qaydnomalarida shu kategoriyalarga mos yakdillik bormi?
6. Alohida kuzutuvchi qayta kuzatganda shu kategoriyalardan qayta foydalanganmi?
7. Xuddi shu xulq yuzasidan o‘tkazilgan kuzatuvni taqqoslash vaziyatlarida
qayta kuzatish mumkinmi va h.k.
Tabiiy kuzatishda o‘rganilayotgan respondentlaming (tadqiq qilinuvchilar. Masalan, o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalaming o‘zaro munosabatlari,o‘quvchilaming fanlami o‘zlashtirishlari, ulaming xulq-atvori va muammolaridagi o‘zgarishlami hisobga olish va tegishli ta’lim iy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat respondent(o‘rganilayotgan sub’ekt)laming tabiiy faoliyatini balki ulaming ilmiydunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayonining koeffitsiyentini, kuchini, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ulami tahlil qiladi. Bunday kuzatishlar natijada pedagogika fam mazmunini boyishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy kuzatish orqali respondentlar (bular maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, talabalar bo‘lishi mumkin)ning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etiladi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlami kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar hisobga olinadi.
Suhbat metodi
Ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to`g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo`llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo`llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi.
Suhbat metodi u yoki bu bolani, yoki bir guruh bolalarni yaxshiroq oʻrganish imkonini yaratadi, taʼlim-tarbiya jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlanadi. Bolalar bilan suhbat ularning qiziqishlarini, nutqidagi oʻziga xoslikni, atrof -muhit hamda kishilarga munosabatini aniqlashga yordam beradi. Hujjatlar, yaʼni bogʻcha va alohida tarbiyachilarning reja va hisobotlarini o‘rganish ,ham nazariy xulosalar chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga mazkur hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tashkiliy ishlar haqida aniq xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu xulosalar o‘z navbatida tarbiya usullarini kashf etishga yordam beradi. Bolalar faoliyati tahlili ularni shakllantirishda juda yaxshi natijalar beradi.
Sotsiometriya metodi. 
Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Jon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatishlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi.
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, kasbdagi, jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar va yondashuvlarni tadqiq etishda unumli foydalansa bo‘ladi.

Download 142,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish