Texnalogiyaning tayyorgarlik ko‘rish fazasi. Shaxs faoliyati samaradorligini oshirish texnalogiyasining fazasi. Tayyorgarlik ko‘rish fazasi, bevosita korreksiya fazasi hamda korreksiya ishlarini yakunlash fazasini оz ichiga oladi. Ushbu fazalaming barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ketma-ketlikda joylashgan tarkibiy qismlardan iborat. Korrektsion tadbirlar, o‘z navbatida bosqichma-bosqich va maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etiladi. Odatda pedagogik korreksiyada shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasini pedagog hamda o‘quvchi o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy to‘siqlarni kamaytirishdan boshlanishi (agar shunday to‘siqlar muvjud bo‘lsa,albatta) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tayyorgarlik ko‘rish fazasida korrektsion-rivojlantiruvchi faoliyatni o‘tkazish qay darajada zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun shaxsning o‘ziga hos xususiyatlari, uning xulqidagi bartaraf qilinishi kerak bo‘lgan illatlar va o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan sifatlar, mazkur tadbirlardan kutiladigan natija, o‘quvchining bo‘lajak o‘zgarishlarga tayyorligi hamda korrektsion faoliyatni olib borish yo‘nalishi majmu’aviy diagnostika natijalariga asoslanib aniqlanishi kerak bo‘ladi.O‘quvchilarni majmuaviy diagnostika qilish ta'lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Ba'zi pedagog-o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini o‘rganishlari uchun hech qanday maxsus tadqiqotlarning keragi yo‘q, deb hisoblaydilar. Biroq masalaga bunday yondashish o‘qituvchilaming o‘z o‘quvchilari to‘g‘risida faqatgina yuzaki ma'lumotlarga ega bo‘lishlarini ta'minlashi mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1.Neyrolingivistik dastur nima?
2.Neyrolingivistik dasturlashni inson hayotidagi ahamyati qanday?
3.N-,L-,P-qisqartmalarining"sirlari"
4.Faoliyatning texnologiyasi nimadan iborat?
5.Neyrolingivistik texnikalar nimalardan iborat?
5.Langar texnikasi haqida
6. SMART-maqsadni belgilash texnikasi haqida.
7.Qayta ramkalash tehnikasi haqida.
8.Texnalogiyaning tayyorgarlik ko‘rish fazasi.
Mustaqil ta’lim
Maktab o‘quvchilarini pedagogik korreksiya qilishda qo‘llaniladigan metodlar: mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi
Pedagogik korreksiyani individual shaklda tashkil etish: “Tushuntiruvchi suhbat” metodikasi mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi
Ijtimoiy-pedagogik treninglar : mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi
Neyrolingivistik dasturlashtirish to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Neyrolingivistik dasturlashtirishning asosiy tamoyillari : mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |