Taqrizchilar: S. J



Download 2,09 Mb.
bet36/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

Quruq usuli. Gilli xom ashyo tshsimon (zich quruq gilli jinslar, gilli slanetslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul sodda: xom ashyo maydalanadi va aylania pechga yo‘naltiriladi. Gilli jinslar bir tarkibli, zararli qo‘shimchalar bo‘lmaganda bu usulni qo‘llash samarali. Bunda, ko‘pchish koeffitsienti yuqoriligi bilan xususiyatlanadi. Xom ashyo uvoqlari namligi 9% dan oshmasligi kerak.
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. YUmshoq gilli xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda qayta ishlanadi (g‘isht ishlab chiqarish kabi). Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo‘ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag‘alining sifatini belgilaydi. SHu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o‘lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o‘lchami berilgan xomashyoning ko‘pchish koeffitsienti va keramzit shag‘alining talab etilgan yirikligi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo‘lgan granulalar to‘g‘ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko‘proq sarmoya va energiya sarfini talab etadi. Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizatsiyasi va qo‘shimchalar kiritilishi uning ko‘pchish koeffitsientini oshishiga olib keladi.
Kukun-plastik usuli plastik usulidan farqi shundaki, daslab quruq gilli xom ashyoni tuyib kukun olinadi, so‘ng bu kukundan suv qo‘shib plastik gilli massa tayyorlanib, yuqorida qayd etilgan usulda, undan granulalar shakllanadi. Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o‘zini oqlaydi: agar xomashyo tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmasa, u holda uni kukun holatida aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u holda to‘yish vaqtida kiritilgan qo‘shimcha bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, unda tuyilgan holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni bunday puxta qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi.
Ho‘l (shliker) usulining plastik usulidan farqi shundaki, gillar maxsus katta sig’imdagi - gilaralashtirgichlarda suv qo’shib aralashtiriladi. Olinadigan shliker namligi 50%. SHliker nasos yordamida shlambasseynga uzatiladi va u erdan aylanma pechga uzatiladi. Bu usulda aylanma pechning kiraverishida osilgan zanjirlardan parda tashkil etiladi. Zanjirlar issiqlikni almashtirib beruvchi qurilma vazifasini bajaradi, ular pechdan chiqayotgan gazlar yordamida qizdiriladi va shlikerni quritib granulalarga ajratadi. Granulalar yumalab quriydi, qiziydi va kupchiydi.usulning kamchiligi - yoqilg‘ini yuqori sarfi (katta namlikdagi shlikerni quritishga sarflanadi). Afzalligi, bu usulda xom ashyo bir jinsligi ta’minlanadi, qushimchalar kiritish oson (qo‘shimchalar bir tekisda taqsimlanadi), xom ashyodan toshli qo‘shimchalarni ajratish sodda. Bu usul, qazib olinadigan gilli xom ashyo yuqori nam bo‘lsa tavsiya etiladi.
Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va sovitish
Xom granulalarni quritish pishirishda ishlatiladigan aylanma pechlarda yoki alohida quritish agregatlarida amalga oshiriladi. Bu uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlardan (6-14mm) granulalarni quritish rejimi olinadigan keramzit sifatiga jiddiy tasir etmaydi. Bitta aylanma pechda xam isitish va quydirish ishlarini birga bajarilishi bevosita xom granulalar ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlashiga bog‘liq. Texnologik nuqtai nazardan pechlarning to‘xtovsiz ishlashi uchun xom granulalar zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak. SHu sababli granulalar quritish barabanida dastlab quritiladi, natijada ularning mustahkamligi ortadi va uzaro elimlanib qolishini oldini oladi. Barabanda granulalar aylanishida yumaloq shaklni oladi va undagi yoriqlar yopiladi. Korxonalarda diametri 2,2 va 2,8m, uzunligi - 14m bo‘lgan quritish barabanlari keng qo‘llaniladi.
SHu bilan birga qatlam tayyorlovchi samarali quritish agregatlari (rasm.7.1.) keng qo‘llanilib, ularda xom granulalar nol namlikkacha va pishirishdan oldin quritiladi. Qatlam tayyorlovchi quritish agregati balandligi taxminan 10m li vertikal konstruksiyali ko‘rinishda bo‘lib, qabul bunkeri, ikkita qiya panjara (xom granulalar o‘z-o‘zidan xarakatlanadi), yukni tushirish barabanidan iborat bo‘ladi.
Xom granulalarni quritish pechdan chiqayotgan issiq gazlar hisobiga amalga oshiriladi, rasmda yo‘naltiruvchi chiziqlar bilan qo‘rsatilgan. Gazlar dastlab pastki panjaradagi material orasidan o‘tadi, so‘ngra sirkulyasion tutun so‘ruvchi yordamida yuqori panjaraga, qolgan qismi esa pastga yuboriladi.


Rasm.7.1. Qatlam tayyorlovchi: 1- korpus; 2-qabul bunkeri; 3- material miqdorini ko‘rsatuvchi; 4- yuqori qiya panjara; 5-pastki qiya panjara; 6- termopara; 7- to‘kuvchi baraban
Keramzit xom granulalarini quritish aloxida quritish agregatlarida yoki pishirish uchun mo‘ljallangan aylanma pechlarda amalga oshiriladi. Bitta aylanma pechda quritish va pishirishni birgalikda bajarish xom granulalarni tayyorlovchi qurilma va pechning tanafussiz ishlashiga bog‘liq. Optimal rejimda gilli granulalarni pishirish keramzit olish texnologik jarayonining asosiy qismi xisoblanadi. Gilli granulalarning ko‘pchishi bevosita aktiv gazlarning chiqishi va gilning piroplastik xolatga o‘tishi bilan mos kelishi shart. Oddiy sharoitda gilni kuydirishda gaz xosil bo‘lishi nisbatan past xaroratda sodir bo‘ladi, piroplastikka nisbatan. Masalan, magniy karbonatning dissotsiatsiyasi- 600 0S gacha, kalsiy karbonatining dissotsiatsiyasi(bo‘linishi)- 950 0S gacha, gilli minerallarning
degidratatsiyasi esa 8000Sgacha xaroratda amalga oshadi. Organik birikmalarning yonishi past xaroratda boshlanadi, temir oksidlarining tiklanish reaksiyasi esa- 900 0S da yuz beradi. Gilli granularning piroplastik xolatga o‘tishi- 1000 0S yuqori xaroratda yuz beradi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish