Taqrizchilar: S. J


Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar



Download 2,09 Mb.
bet35/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag‘ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi.
Gilning ko‘pchishi 2 ta jarayonga bog‘liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o’tishidir. Gaz ajralishi -bu temir oksidlarining organik moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog‘liq.
Gilning piroplastik holatga o‘tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo‘lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko‘pchiydi va natijada gaz o‘tkazmaydigan materialga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog‘ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar - gil slanetslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallar gil moddalardan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjuddir.
Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3 -12% kam emas(20% gacha), Fe2O3 + FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2% mavjud bo‘lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:

  1. .Gilning kuydirishda ko‘pchishi. Gilning ko‘pchishi- ko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:




Rb

Vk
Vc ’


bu erda: Vk - ko’pchigan keramzit granulalarining hajmi;
Vc - pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
Pc
Pk (1 - П0)
bu erda: ps - quruq xom granulaning zichligi;
pk - ko’pchigan keramzit granulasining zichligi;
Pp - quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha yo‘qotishi,%
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2 dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak.

  1. Gil xom ashyosini oson eruvchanligi, ya’ni xomashyoni kuydirish harorati 12500S dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi ko‘pchimaydi.

  2. Gil xomashyosini ko‘pchish intervali. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko‘pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan elimlanib qoladi. Bu esa keramzit shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi. Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish koeffitsienti kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning ko‘pchish intervali 50 0S dan kam bo‘lmasligi kerak.Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashyosining xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki boshqa organik va mineral (kul, shlak va b.) moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni yoki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tannarxi esa pasayadi.

Keramzit ishlab chiqarish asoslari
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: - xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo‘natish;

  • xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga ega xom granulalarni tayyorlash;

  • xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;

  • olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash;

  • g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash.

Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar ishlatiladi. YUmshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, toshsimon gilli jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib chiqiladi, g‘ovak to‘ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga bog‘liq.
Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker).

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish