O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.Xamidov
BETON TO‘LDIRUVCHILAR
TEXNOLOGIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
oliy o‘quv yurtlarining 5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va
konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent-2020
ANNOTATSIYA
Darslikda “Beton to’ldiruvchilari texnologiyasi” o’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o'rni, o'quv fanining maqsadi va vazifasi, beton to’ldiruvchilar turlari, xossalari va ularga qo’yilgan talablar, tabiiy to’ldiruvchilar olish texnologiyasi, tabiiy g’ovakli to’ldirgichlar, sun’iy g’ovak to’ldirgichlar - keramzit aglaporit, perlit, keramporit, komporit, shlakli pemza, perlit, dolomit, ishlab chiqarish texnologiyasi, ularni quritish, kuydirish va sovitish, aglomeratsiya jarayonining o’ziga xos tomonlari va shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazardan, mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan. Darslikning ilovalarida fani o‘qitishda qo‘llashga tavsiya etilgan pedagogik innovatsion metodlar berilgan.
Ushbu darslik 5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek bakalavriatning barcha qurilish ta’lim yo‘nalishlarning talabalari hamda ushbu soha muhandis-texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: S.J.Razzaqov - Namangan muhandislik-qurilish instituti
professori, qurilish-texnologiya fakulteti dekani, texnika fanlari doktori
M.Mirzajonov - Farg‘ona politexnika instituti “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiya-larini ishlab chiqarish” kafedrasi mudiri, dotsent, texnika fanlari nomzodi
Kirish
O’zbekitonda bunyodkorlik ishlari kun sayin keng rivojlanib, yangi bino va inshootlar, kup kavatli turar joylar, madaniy-maishiy ob’ektlar, yullar ko‘priklar va boshqa ob’ektlar jadal sur’atlarda qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab chikarish korxonalari ham keng ko‘lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Qurilish qancha ko‘p bo‘lsa, qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ektiyoj ham shunchalik ko‘payaveradi.
O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019 yil, 23 maydagi "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida"gi PQ 4335-sonli qaroriga muvofik Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy uzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmokda.
Qarorda 2019-2025 yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallarini ishlab chiqarishning maqsadli ko’rsatkichiga asosan to’ldiruvchilar, g'isht, sement, ohak, gips va boshqa qurilish materiallari hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar belgilangan.
Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.
To’ldiruvchilar - bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiy yoki sun’iy materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan engil beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
To’ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30.. ..50 % narhini, 80-85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘llashdir.
Tosh materiallar va ular asosida olinadigan to‘ldiruvchilar qadim zamondan bino va inshootlarni tiklashda keng qo‘llanilgan.
Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan ikki- to‘rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan.
Vatanimizda tosh materiallarni bino va inshootlarda keng qo‘llab kelinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Masalan shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari kabi inshootlarda tosh materiallardan keng foydalanilgan.
Asrlar osha tosh materiallarni qo‘llash ahamiyati osha borgan, ulardan foydalanib ko‘plab binolar, to‘g‘onlar hamda turli muhandislik inshootlari qurilgan.
Keyingi yillarda qurilishda beton va temir-betonlarni qo‘llash hajmi oshdi va beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish hajmi ham bir necha marta ortdi. To‘ldiruvchilarning sifati yaxshilandi, assortimenti ko‘paydi va yangi texnologik usullar ishga tushirildi. Xozirgi qurilish materiallari korxonalari Vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma texnologik bosqichlar
mexanizatsiyalashtirilgan.
Beton to‘ldiruvchilari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari mahalliy xom ashyodan, shu jumladan sanoat chiqindilaridan keng foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir.
O‘zbekistondagi beton to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlari va tajribaxonalari hamda markaziy institutlarining o‘rni juda ham katta.
Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasini rivojlantirishda Respublika
olimlaridan M.O‘razboev, K.Axmedov, A.Ashrabov, YU.Toshpulatov,
B.A.Asqarov, E.Qosimov, N.A.Samig’ov, A.Tulaganov, L.M.Botvina
X.A.Akramov, B.X.Raximov, X.N.Nuritdinov, M.T.Turupov, U.A.G‘oziev, .Akbarov, X.Quldashev, SH.T.Raximov va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Akademiklar X.A.Abdullaev, D.S.Belyankina, B.A.Krilov, G.O.Mavlonov va boshqa olimlar juda ko‘p yangi tabiiy qurilish materiallarini topishga muyassar bo‘ldilar.
Beton to‘ldiruvchilar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina olimlar: YU.M.Bajenov, I.I.Axverdov, S.M.Itskovich, L.D.CHumakov, B.N.Vinogradov, I.A.Ivanov, YU.P.Gorlova va boshqalar olib borgan ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati o‘tgan yillar ichida qoloq va mayda tarqoq hunarmandchilik ishlab chiqarish holatidan zamonaviy va to‘la avtomatlashtirilgan og‘ir industriyaga aylandi.
Respublikamizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jixozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |