тул. д ,
bu erda, R - Puanson yuqori riskigacha ezishdagi kuch, mN A - silindr ko’ndalang kesimi yuzasi, A = 0,0177m2
To‘ldiruvchining mustahkamligi uning zichligi va strukturasiga bevosita bog‘liq. SHu sababli agar namunaning zichligi 10% ga oshsa, u holda uning mustahkamligi 21% ga ortadi (1,102=1,21).
Tog‘ jinslarini o‘rganish jarayonida va bir qancha ilmiy izlanishlar asosida S.M.Itskovich to‘ldiruvchilar mustahkamligi (R) ni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanishni taklif etdi:
R = Ri(—) n,
Pi
bu erda, R1 - zichligi -p1 ga teng bo’lgan materialning amaliy o’rnatilgan
mustahkamlik chegarasi.
p- material (dona) zichligi, R mustahkamlikka mos keluvchi.
n- material strukturasiga bog’liq daraja ko’rsatkichi.
Bundan kelib chiqib, to’ldiruvchilar mustahkamligi uning zichligiga to’g’ri proporsionaldir. n- daraja ko’rsatkichi to’ldiruvchilar uchun n= 3 - 6 ni tashkil etadi (o’rtacha 4 ga teng).
Hisobiy mustahkamlikni (keramzit shag’alsi uchun) hisoblashda S.M.Itskovich quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya etdi:
Rxuco6 ~ 15 Pдона ,
bu erda, pdona- keramzit shag’alsi donasining zichligi, g/sm3.
pdona = 0,58 - 0,67 g/sm3 bo’lsa,
Rxisob = 5 - 6,7 MPa.
To’ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi
To’ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog’ jinsidan kelib chiqib, suvga bo’ktirilgan holatida aniqlanadi. YA’ni suvda saqlangan materialning mustaxkamligi o’z navbatida kamayadi. G’ovaklarga va mikroyoriqlarga kirgan suv uning bog’lanishlarini kuchsizlantiradi.
Shu sababli to’ldiruvchilar mustahkamligini aniqlashda, namunaning quruq holatdagi va suvga bo’ktirgandan so’ng mustahkamligi aniqlanib, yumshash koeffitsienti topiladi:
р ^ сув. букт.
'мм
^ курук
bu erda: osuv.bo’kt- to’ldiruvchining yoki u olingan tog’ jinsining suvga
bo‘ktirilgandan so‘ngi (48 soat suvda saqlangan) mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2
aquruq- to’ldiruvchining yoki u olingan tog’ jinsining quruq holatidagi mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2
To‘ldiruvchilarning yumshash koeffitsienti uning suvga chidamliligini xarakterlaydi. Suvga chidamlilik bevosita suvshimuvchanlik va to‘ldiruvchining tabiiy moddasiga bog‘liqdir. Suvshimuvchanlik esa materialning g‘ovakligi va strukturasiga bog‘liq.
To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Bir fraksiyali to‘ldiruvchi namunasi 48 soat davomida xona haroratida suvda saqlanadi. Sovitish kamerasida -150S dan -200S gacha haroratda muzlatiladi. 4 soat davomida kamerada saqlangan namuna idish bilan birgalikda suvli vannada ya’na 4 soat ushlab turiladi. Bu holat standartda keltirilgan bo‘yicha to‘ldiruvchi turidan kelib chiqib takrorlanadi. Shundan so‘ng to‘ldiruvchi namunasi quritilib elakdan o‘tkaziladi.
Sovuqqa chidamlilikni sinashda massa yo‘qotilishi (%) aniqlanadi:
со в.чид
mx - m2
m1
•100%,
Bu erda: m 1 - sinovgacha to’ldiruvchi namunasining massasi, g
m2 - sinovdan so’ng elakda qolgan qoldiq, g
SHundan so‘ng olingan natija (massa yo‘qotilishi) mavjud standart bilan solishtiriladi. Sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida namuna natriy sulfat qorishmasiga solinadi va tezda 105-110 0S da quritish shkafida quritiladi. So‘ngra yuqorida keltirilgan holatda massa yo‘qotilishi aniqlanadi.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
To’ldirgichlarning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?
Uyilgan zichlik nima?
To’ldiruvchilar g’ovakligi, zarrachalari orasidagi bo’shliqlikni keltiring?
To’ldiruvchilarning namligi va suv shimuvchanligi qanday aniqlanadi?
To’ldiruvchilar qanday zarrachalar shakli va o’zaro joylanishiga ega?
To’ldiruvchi zarrachalar tarkibi, tuzilishi va solishtirma zichligini keltiring?
To’ldiruvchilarning mustahkamligi qaysi formuladan to’iladi?
Suvga va sovuqqa chidamliligi qaysi formuladan to’iladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |