2.6.To’ldiruvchilarning dona shakli
Uyilma zichlik, bo’shliqlik kabi to’ldiruvchilarning xususiyatlarini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B.Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirgan.
B.Nikolaev sochiluvchan materialning donalar tarkibini va geometrik joylashuv strukturasini nazariy asosida analiz qildi. Agar shartli ravishda barcha donalarni bir xil shaklda va o’lchamda desak, u holda berilgan xajm bo’yicha joylashtirish tartibiga ko’ra (shar, kub, tetroedr) turlicha zichlikka ega bo’ladi. Masalan, agar shar shaklidagi donalarni tersak va ularning markazi kubni xosil qiladi(rasm.2.6,a), bu esa nisbatan kichik zichlikni beradi. Agar sharlarning markazini tutashtiruvchi chiziqlar tetroedrni tashkil etsa(rasm2.6.b), u xolda katta zichlikka ega bo’ladi.
Rasm-4.1. SHarlarning joylashish variantlari
(poeksiyada)
Sochiluvchan materiallarning donalar shakliga mos bo’shliqligi
2.2-jadval
Donalar
shakli
|
Bo‘shliqlik,%
|
Joylashtirishda
|
O'rtacha
|
Nisbatan yuqori zichlik
|
Nisbatan kichik zichlik
|
Kublar
|
0
|
87,1
|
43,55
|
Oktaedrlar
|
12,1
|
83,9
|
48,05
|
Dodekaedrlar
|
14,1
|
60,7
|
37,4
|
Ikosaedalar
|
10,3
|
59,9
|
35,1
|
SHarlar
|
26,2
|
47,6
|
36,9
|
Standartlarda to’ldiruvchilarning donalari shakli, ularning o’lchamiga qarab baholanadi. Masalan UzRST da shag‘al va shag‘alda plastinkali va ninasimon donalar salmog‘i (to‘ldiruvchilarning eni va qalinligi uzunligida 3 martta kichik)
ko‘rsatilgan.
UzRSTda g‘ovak quyidagicha aniqlanadi:
|
to’ldiruvchilar uchun donalar shakli koeffitsienti
Дкатта
ф ~ Д ’
ки чи к
|
bu erda: Dkatta va Dkichik — donalarning eng katta va eng kichik o’lchamlari, mm Donalarni o’lchash shtangensirkul yordamida amalga oshiriladi.
7-§. To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi
To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi (granulometrik tarkibi), undagi turli kattalikdagi donalarning mavjudligi bo’lib, to’ldiruvchining o’rtacha namunasini standart elakdan o’tkazish natijasida aniqlanadi. Standart elaklar to’plami quyidagi o’lchamdagi elak ko‘zlarini tashkil etadi: 0,16; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5; 5; 10; 20; 40; 70 mm va xokozo.
To’ldiruvchilar birinchi navbatda eng kichik va eng katta yiriklikni xususiyatlaydi. Eng kichik -Dkichik yirikligi deb, shunday o’lchamli standart elakka aytiladiki, to‘ldiruvchi namunasini elaganda 95% dan kam bo’lmagan namuna qoladi va faqat 5% dan ko’p bo’lmagan namuna o’tadi (massa bo’yicha). Eng katta yiriklik deb -Dkatta shunday o’lchamli standart elakka aytiladiki, to’ldiruvchilar namunasini elaganda elakda 5% dan kam namuna qoladi va 95% kam bo’lmagan namuna o’tadi (massa bo’yicha).
Eng katta va eng kichik yiriklikdagi donadorlik tarkibiga mos xarakterlanadi, masalan: 5 - 40mm yirikligidagi shag‘al(chakik tosh) uchun
Deng katta =40mm: Deng kichik=5mm.
Bir fraksiyali to’ldiruvchilar deb, uning donalaridagi eng yirik va eng kichik yirikligi bir-biriga yaqin va 5-10, 10-20, 20-40 mm ko‘zli standart elaklar
to’plamini tashkil etadi.
Masalan, 5-20mm yirikligidagi to’ldiruvchi ikki xil fraksiyadagi
aralashmadan tashkil topadi.
Qurilishda standart bo‘yicha nisbatan tor fraksiyali to‘ldiruvchilarga ruxsat etiladi va samarali ishlatiladi. Masalan 10-15mm yoki 15-20 mm.
To’ldiruvchilarning bo’shliqligi turli fraksiyalarning aralashmasida kamayadi, yani kichik donalar nisbatan katta donalar orasini to’ldiradi va xajmini nisbatan qulay to’ldiradi. SHu sababli to’ldiruvchilar aralashmasi uchun donadorlik tarkib muhim rol o’ynaydi.
Uzluksiz donadorlik tarkib deb, to’ldiruvchi namunasining standart elakdan o’tkazganda barcha elaklarda qoldiq qolsa va to’ldiruvchi aralashmasida Dengkatta dan Dengkichik gacha bulgan barcha fraksiyali to’ldiruvchilarga aytiladi.
Agar to’ldiruvchi aralashmasi tarkibida bir fraksiyali to’ldiruvchilar bo’lmasa, u xolda uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib deb ataladi. Masalan shag‘al yoki shag‘al aralashmasi uchun 5-10mm va 20-40 mm (10-20 mm oraliq fraksiya yo’q) uzlukli bo’ladi.
B.Nikolaev o’zining izlanishlarida uzlukli donadorlik tarkibdagi donadorlik tarkibi haqida va ularning aralashmasida minimal bo’shliqqa erishish to’g‘risida malumot beradi. Uzlukli donadorlik tarkibdagi to’ldiruvchilarni qo‘llash sohasi chegaralangan, biroq beton texnologiyasida qo’llash kengaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |