Mkuy.qur.=S T Ri Ro;
bu erda:
S-kuydirish qurilmasining pasport bo‘yicha bir soatda ishlab chiqarishi, keramzit M500; m3/soat (bir barabanli pech 2,5x40 — 10,8; qurilma SMS-19712,4; ikki barabanli pech 2,5x20/3,5x24-13,3);
T-ishchi vaqtining yillik zaxirasi, T=8760soat;
Ru-ishchi vaqti yillik zaxirasidan foydalanish koeffitsienti, Ru -2,5x40m li pech va SMS-197 qurilmasi uchun 0,92; ikki barabanli pech uchun 0,86;
Ro-mahsulot chiqishining xajmiy koeffitsienti, keramzitning uyilma zichligi bo‘yicha markasini xisobga olgan xolda (Ro-1,0 marka M500; M400 uchun -1,15; marka M600 uchun - 0,85).
Keramzit ishlab chiqarishda yaxshi ko‘pchiydigan gilli xomashyo nisbatan kam bo‘lganligi sababli, o‘rtacha va kam ko‘pchiydigan xomashyolardan foydalanishda issiqlik ishlov berish rejimini optimallashtirish kerak. Bunga erishishda xalqasimon pechlardan foydalaniladi, bu erda keramzitni kuydirish xarakatsiz monoqavatda amalga oshiriladi. Kuydirish qurilmasi xalqasimon pech, isitish va sovitishdan iboratdir. Xalqasimon pech (rasm.1.1 aylanuvchi qavatdan iborat bo‘lib (metall platformalar bilan qoplangan), olovga bardoshli va issiqlikdagi ximoyalovchi g‘ishtdan tayyorlangan bo‘lib, xarakatsiz xalqasimon o‘zakda joylashgan bo‘ladi.
6 7 8 9 10 11 12 13
Rasm 7.6 Xalqasimon pechli kuydirish qurilmasi: 1-xalqasimon pech; 2- aylanuvchi qat; 3-gorelka; 4-gazo‘tkazgich; 5-pech o‘tkazgichi; 6-aerojelob sovitgich; 7-qabul bo‘limi; 8-yuklash; 9-tutun chiqargich; 10-tutun chiqargich; 11- qavat tayyorlovchi; 12-quritish barabaniga gaz uzatgich; 13-yuqori bosimli ventilyator;14-tutun chiqarish shaxtasi; 15-xavo kollektori
Xalqasimon pechning o‘rtacha diametri 11,25-20m, aylanuvchi qat eni 2,4 yoki 2,7m, uzunligi esa 36-70m. Bundan kelib chiqib aylanuvchi qat yuzasi 86161m2 ni tashkil etadi. Gorelkalar kuydirish zonasi kanalining tashqi va ichki tomonlariga (62 dona) o‘rnatiladi. Qatlam tayyorlagichda 200-3000S isitilgan va qizdirilgan granulalar, pechning qizigan aylanuvchi qatiga uzatiladi, u erda qatning aylanish tezligi (12 yoki 7,5 ayl/soat) dan kelib chiqib 5 yoki 8min ichida ko‘pchiydi.
Harakatlanmaydigan keng qatlamda granulalarni tezda (350-4000S -minut) issitish xaroratidan ko‘pchish xaroratigacha qizdirish optimal kuydirishning texnologik rejimi-termik ta’sir bo‘yicha amalga oshiriladi, bu esa barcha turdagi gil xomashyolar uchun qo‘llaniladi.
Natijada olingan keramzitning uyilma zichligi bir barabanli pechda kuydirishga nisbatan 25-40% kam bo‘ladi.
Keramzit shag‘alini kuydirish va sovitish
Xalqasimon pechda issiqlik yo‘qolishining oldini olinishi, kanalning yaxshi germetizatsiya va teploizolyasiyasi yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Xalqasimon pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi (m3/soat) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
P x.n=0,86 A 0,014 n ;
bu erda:
A-pech qatining umumiy maydoni, m2
0,014 - 1m2 pech qati yuzasiga eng katta donasi yirikligi 20mm gacha keramzitning solishtirma sig‘imi (terimi);
n-aylanuvchi qat tezligi, ayl/soat
Xorij amaliyotidan kelib chiqib, shu narsa ma’lumki, xomashyo (sanoat chiqindilari) asosida keramzit kabi to‘ldiruvchilar olishda kuydirish ishlari uch barabanli aylanma pechda yoki uch-to‘rtta ketma-ket joylashgan pechlarda bajariladi. Ularda nafaqat xar bir bosqich uchun qizdirishning optimal tezligi va
davomiyligi ta’minlanadi, balki turli gazli muhit ham mavjud bo‘ladi. Keramzit
ishlab chiqarishda gazli muhitning ahamiyati, kuydirishda yuzaga keluvchi
kimyoviy reaksiyalar bilan tushuntiriladi. Tiklanish muhitida Fe2O3 ning FeO ga o‘tishi nafaqat gaz hosil bo‘lishining manbai bo‘lib, balki gilning piroplastik
holatga o‘tishida asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi.
Pechning ko‘pchish zonasidagi tiklanish muhitida granulalar yuzasi erishi mumkin, shu sababli bu erdagi gazli muhit kam oksidli bo‘lishi kerak. Buning uchun ko‘pchigan granulalarda tiklanish muxiti ushlab turiladi, bu esa massaning piroplastik holatga o‘tishi va gaz hosil bo‘lishini taminlaydi, granulaning yuzasi esa erimaydi. Gazli muhitlar temir oksidlari aralashmalari bilan xarakterlanadi va keramzit rangini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |