Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari
Agloporit xomashyoni pishirishda (aglomeratsiya) olinadi. Bu usul ko‘proq metallurgiya sanoatida rudani qayta ishlashda qo‘llaniladi. Pishirish jarayoni quyidagilardan iborat bo‘ladi: xomashyo materiallardan yoqilg‘i (ko‘mir) qo‘shib granulalar tayyorlanadi va kolosnikli panjaraga yotqiziladi.
Rasm -2. Tarelka tipidagi granulyatorning ishlash sxemasi:
a-komplekt asbob-uskunalarning ko‘rinishi; b-aylanuvchi chashkaning yuqoridan ko‘rinishi; 1- qabul bunkeri; 2- ta’minlovchi; 3- bunker;4- suv(qorishma) uchun sig’imli idish; 5 - chashka; 6- chashka tagini tozalovchi pichoq; 7- ortish joyi; 8- suv(qorishma)ni to‘kish forsunkasi; 9- tayyor granulalarni tushirish joyi.
Panjara ostida vakumkamerada ventilyator yordamida xavo so‘rilib yarim xomashyoni kuydirish tezlatiladi. Ko‘mirning yonishi hisobiga yarim xomashyo yuqori harorat (1400-15000S) gacha qizdiriladi. Natijada g‘ovak shishasimon massa (korj) hosil bo‘ladi. Kuydirish jarayoni juda tez amalga oshiriladi.
Panjara ostidan havoni so‘rib olishda issiq gazlar yarim xomashyo materiallarning pastki qavatini ham kuydiradi. Havoni so‘rishda yuqori pishgan qavatlar anchagina soviydi. YOqilg‘ining yonishi kolosnikli panjaraga etganida aglomeratsiya jarayoni tugaydi, natijada pishgan agloporit korji olinadi, uni shag‘al va qumga aylantirish uchun maydalaniladi.
Agloporit sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchisi aglomeratsion mashinada (rasm.7.14, 7.15) olinadi. Bu mashinaning ishlab chiqarish quvvati xomashyoni pishish tezligiga bog‘liq va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
V= h /т
bu erda: h- pishadigan yarim xom ashyoning qavat balandligi, mm
т - pishish davomiyligi, min.
Turli xomashyo va yarim xomashyolar uchun vertikal pishish tezligi 5- 10mm/minut va undan ko‘pni tashkil etadi. Masalan, yarim xomashyo qavati 200mm bo‘lsa, u 20-40 minut davomida pishadi.
Rasm-7.14. Aglomeratsion mashinaning sxemasi:
1-xom granulalarni mashinaga to‘kish; 2-yondiruvchi gorn; 3-kolosnikli panjara;
4-pishgan granulalar qavati; 5-yoqilg‘ining yonish zonasi; 6-pishgan korj;
7-gazlarni so‘rib olish; 8-vakum kamera.
Rasm.7.15. Aglomeratsiyalash mashina
Kisqacha texnik xarakteristikasi:
Pishish yuzasi, m2 75
Pishirish aravasi eni, m 3
Pishgan qavat balandligi, mm, gacha 500
Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1...4
Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha 1200
*Maxsuldorlik, t/m2 soat
aglomerat bo‘yicha 110.140
shixta bo‘yicha 175.240
*Maxsuldorlik aglomeratsiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.
Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi 5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me’yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u xolda gil aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashririladi. Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada pishiriladi.. Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr temir-yo‘l bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi.
Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200- 300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 10000S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi.
CHiqqan korj birjinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muxiti temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muxit, kuydirishdan past xarorat) kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam yuzaga keladi. SHu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi,
bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi, texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi.
Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi.
Agloporit tarkibidan pishmagan bo‘laklarini ajratgandan (texnologik jarayonga qaytarilgan) so‘ng 80-1200S gacha sovitiladi, maydalanadi, shag‘al va qumga ajratiladi. Agloparit shag‘ali va qumining ishlab chiqarish texnologik sxemasi (rasm-7.16) da keltirilgan.
Agloporitni sovitishda qo‘llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o‘rniga lentali (tubi perforirlangan metall transporter), chashkasimon ( ikkita jalyuzali silindr devorli xalqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi.
Asosiy xomashyo material sifatida ko‘mirni boyitish chiqindisi qo‘llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir o‘zgartirishlar kiritiladi. Ko‘mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli maydalaniladi, elakdan o‘tqaziladi va o‘lchami 2,5mm gacha donalar olinadi. Gil quruq komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko‘rinishida qo‘shiladi. Agloparit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jixozlangan SMS-117 va SM- 961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomeratsion mashinalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |