Kamporitning fizikaviy-mexanik xossalari
7.4-jadval
№
|
Ko’rsatkich
|
1
|
Zichligi, kg/m3
|
650-735
|
2
|
Donalararo bo’shlig’ligi hajmi,%
|
42-46
|
3
|
Mustahkamligi, MPa
|
5,1-6,7
|
4
|
Suv shimuvchanligi,%
|
15,9-17,4
|
4
|
Vazn kamayishi, %
|
0,1-1,2
|
Rasm-7.20. Datsit porfiri asosida olinadigan engil g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologik sxemasi (Kamporit)
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
Kamporit olish uchun asosiy xomashyo
Datsit porfiri asosida olinadigan engil g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologik sxemasini keltiring?
Kamporit ishlab chiqarish texnologik sxemasi
Kamporit fizikaviy-mexanik xossalari.
7-§.SHlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi
Beton samaradorligini oshirishda pemza shlaklari katta axamiyatga ega. Asosan metallurgiya sanoati ishlab chiqarish chiqindi sifatida xosil bo‘ladigan maxsulot - pemza shlaki tarkibi sement tarkibiga yaqindir.
SHlakli pemza ishlab chiqarishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, ularning barchasi shlak eritmasini suv yordamida qayta ishlashga asoslangan.
SHlak eritmasining (13000S haroratgacha) suv bilan bog‘lanishda qaynab, bug‘ hosil bo‘ladi. Bug‘ pufakchalari shlak eritmasidan erkin chiqa olmaydi, chunki eritmani sovitishda uning qovushqoqligi ortadi. Natijada u shishadi, ko‘pchiydi va yacheykali strukturaga ega bo‘lgan g‘ovaklashgan massaga aylanadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor shlakning kimyoviy tarkibiga, shlak eritmasining qovushqoqligi, tashqi cho‘zilishini ifodalovchi singan gazlar miqdoriga beriladi.
SHlak pemza chaqiq toshini sanoatda ishlab chiqarishning to‘rtta usuli mavjud:
Hovuz sig‘imi (16,5 m3) shlak uzatuvchi cho‘michdagi eritmani birdaniga qabul qilish imkonini beradi. Hovuzning ostidagi teshikdan suv beriladi va uning fontanli tomchilariga shlak eritmasi quyiladi.
SHlak eritmasi ko‘pchiydi va qotadi, hovuz tagiga cho‘kib, bo‘laklar shaklida soviydi, shundan so‘ng bu massa maydalanadi va fraksiyalarga elanib ajratiladi (rasm-7.21). Ishlab chiqarish sikli cho‘michda shlak eritmasini hovuzga quyish va to‘ldirish, ko‘pchishi (1,5-2 minut), sovishi va kristallanishi (suv quymagan holda), hovuzni bo‘shatish va uni keyingi siklga tayyorlash 15-20 minutni tashkil etadi. Olingan shlakli pemzaning hajmi 25m3 gacha tashkil etadi. SHlak eritmasining g‘ovaklashtirish rejimini uning tarkibini o‘zgarishiga qarab tartibga solish mumkin.
Rasm-7.21. SHlakli pemzani hovuzda olishning texnologik sxemasi: 1-kukunsimon qo‘shimchalarni purkovchi mashina; 2-shlak uzatish cho‘michi; 3- to‘nkaruvchi hovuz; 4-maxsus chuqurlik; 5-dastlabki ombor; 6-greyferli ko‘prik krani; 7-maydalash-navlarga ajratish bo‘limining qabul jihozi; 8-birinchi bosqichli maydalash; 9- ikkinchi bosqichli maydalash; 10-groxot-elak; 11-shlakli pemza chaqiq toshini ikkita markaga ajratuvchi separator
Xandaq-sachratish usuli o‘ta sodda hisoblanadi. SHlak eritmasi xandaqqa tushishida perforirlangan quvur yordamida suv bilan sug‘oriladi, kupchiydi va unda qotadi, sovitilgandan so‘ng ekskavator yordamida olinib, maydalash va elanadi va fraksiyalarga ajratiladi. Biroq bu usulda shlakli pemza ishlab chiqarish istiqbolli emas, chunki olingan mahsulotning sifati past va strukturasi bir jinsli bo‘lmaydi.
Suv-purkash usuli shlakli eritma massasini suv-havoli aralashmaning kuchli oqimi ta’sirida alohida granulalarga ajratish, keyin esa eritmaning suyuq granulalarini shiddatli ravishda suv-havoli aralashma bilan aralashtirish va ko‘pchitishdan iborat. SHlak eritmasini g‘ovaklashtirish purkovchi qurilmada (rasm-7.19) bajariladi.
Aralashtirish kamerasida ko‘pchigan granulalar ekranga tashlanadi, u erdan esa shlak qabul uskunasiga tushadi va palaxsalarga ajraydi. Olingan shlakli pemza
birjinsli mayda g‘ovakli tarkibga ega bo‘li, g‘ovaklari o‘lchami 1mm gacha tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |