Taqrizchilar: S. J


-§. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar



Download 2,09 Mb.
bet31/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

1-§. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan emas.
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt “keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10 15% ni tashkil etsa,
ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda ko‘miladi.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga nisbatan 2 3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik
chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin.
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza qilishda ham samaralidir.
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir- kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
YUrtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m3 ni tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng engil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun etarli hisoblanadi.
2-§. Metallurgiya shlaklari.
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga har yili katta miqdorda domna shlaklari tashlanadi. YA’ni po‘lat eritishda asosiy mahsulotdan tashqari 0,5-1 t shlak chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p miqdorda shlak chiqadi. SHu sababli shlaklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
Metallurgiya shlaklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan mahsulot narxiga ham tasir etadi, ya’ni shlaklarni olib kelish, chiqindi omborlariga ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya shlaklarining kimyoviy tarkibi turlichadir. Domna shlaklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo‘ladi: SaO - 3O- 50%; SiO2 - 30-40%; Al2O3 - 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha shlaklarning ikki turi mavjud:
SaO+MgO

  1. . Asosiy, asosiy modul -M0= >1;

SiO2+Al2O3

  1. Nordon , M0<1

Domna shlaki sement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi shlakli tola va quyilma buyumlar olishda ishlatiladi. Asosan shlakning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Domna shlaklari asosidagi chaqiq toshning silindrda maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘rtta markaga bo‘linadi: Dr45- mustahkamlik chegarasi 20MPa dan past betonlar uchun; Dr35- mustahkamlik chegarasi 20-30MPa betonlar uchun; Dr25- mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun; Dr15- mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi.
Domna shlaklari asosida chaqiq toshdan turli konstruksiyalar uchun yuqori mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. Metallurgiya sanoati rivojlangan hududlarda shlakli chaqiq tosh boshqa tabiiy tosh asosidagi chaqiq toshga nisbatan arzon bo‘lib, uni qo‘llash yuqori iqtisodiy samara beradi.
Biroq shlaklarda mavjud oltingugurt po‘lat armaturani emirilishiga olib kelishi mumkin.
SHu sababli shlakli chaqiq toshni temir-beton zo‘riqtirilgan armaturali konstruksiyalarda qo‘llashda maxsus tadqiqotlarga asoslanish kerak, agarda otingugurt 2,5% dan oshsa, u holda barcha turdagi konstruksiyalar uchun ishlatiladigan betonlar ustida tadqiqotlar o‘tkaziladi.
SHlakli chaqiq toshning uyilma zichligi og‘ir beton uchun 1000 kg/m3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu zich va mustahkam, qora hamda to‘q-kulrang rangdagi to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Granullangan shlaklar- suyuq qizib turgan metallurgiya shlaklarini suv yordamida qayta ishlashda olinadi. Bunda shlak eritmasini tez sovitishda va uni granulyasiya va maydalashda alohida mayda donalar olinadi. Donalar strukturasi- amorf va shishasimon bo‘ladi.
Granullangan shlaklar donadorlik tarkibiga ko‘ra yirik qumga mos keladi: uning donalari o‘lchami 0,6-5mm bo‘lib, yirikligi 2,5 mm bo‘lgan donalari umumiy tarkibda 50%ni tashkil etadi. Yirik donalar (10mm) ham oz miqdorda bo‘lsada uchraydi.
Granullangan shlaklarning uyilma zichligi 600 - 1200kg/m3 atrofida bo‘ladi. Buni shu narsa bilan tushuntirish mumkinki, shlak eritmasining xususiyatlari va granulyasiya texnologiyasiga bog‘liq holda zich yoki g‘ovak granullangan shlak olish mumkin.
Granullangan shlaklarning donalar orasidagi bo‘shliqlik yuqori bo‘lib, 60­70% gacha tashkil etadi.
Granullangan shlaklarning donalari asosan shlakoportlandsement ishlab chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
3-§. Yoqilg‘i shlaklari.
Eski chiqindi omborlaridan olinadigan shlaklarni maydalash va saralash natijasida beton uchun yaroqli chaqiq tosh ishlab chiqariladi. CHiqindi omborlaridagi shlaklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir jinsli emas. Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda eski chiqindi omborlarini ochish va olingan chaqiq toshni boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Toshko‘mir, antratsit va boshqa qattiq yoqilg‘ilarni yoqishdan so‘ng shlak qoladi. Ularda qazib olingan ko‘mirlar tarkibida uchraydigan qo‘shimchalar va jinslar, minerallar mavjud bo‘ladi.
SHlaklar bo‘lakli yoqilg‘ini va maydalangan, changsimon yoqilg‘ilarni yoqishda olinganligi bilan farqlanadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish