Taqrizchilar: S. J


CHaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 2,09 Mb.
bet27/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

CHaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi
CHaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • xomashyoni qazib olish;

  • maydalash;

  • sortirovkalash (groxotlash).

Xomashyoni qazib olish
CHaqiq toshni ishlab chiqarish uchun xomashyo asosan karerdan tolinadi. Konda qazilma ishlar olib borish buldozer yordamida er-o’simlik qatlam va qum-gilli jinslarni olib tashlashdan boshlanadi.
Jinslarni portlatish natijasida turli yiriklikdagi tog’ jinslari xosil bo’ladi. Yirik sang toshlar qayta portlatiladi.
Olingan toshlar transport vositalari yordamida maydalash-sortirovkalash zavodlariga yuboriladi.
CHaqiq toshni maydalash
Maydalash - tog’ jinslari parchalarini buzish (siqib, zarba bilan, ezib va b.) jarayonidir.
Materialni maydalash bir-, ikki-, va ko‘p bosqichli bo‘lishi mumkin. Maydalanadigan material bir, ikki yoki bir nechta maydalagichlardan va groxotlar tizimidan o‘tishda o‘lchamlari kichrayadi.
Maydalash usullari (1-rasm) : ezish; parchalash, bolg‘alash va b. . Mustahkam va abraziv materiallar asosan ezib maydalanadi, mustahkam va bog‘lanuvchan materiallar ezib ishqalab, yumshoq va mo‘rt materiallar maydalab va bolg‘alab maydalanadi.

Rasm-4.1 Maydalash usullari:

a - ezish; b - parchalash; v - ishqalash; g - urish (bolg’alash).
Maydalash - maydalash darajasi bilan xususiyatlanadi, ya’ni eng katta donalarning maydalashdan oldin va keyingi o‘lchamlarini nisbati.
Boshqa ko’rsatkich - energiyaning nisbiy sarfi, ya’ni kWs miqdorini 1 t maydalangan materialga nisbati.
Maydalash groxotlash bilan birgalikda olib boriladi.
Maydalash ochiq ( 4.1, a - rasm) va berk ( 4.1, b - rasm) sikllarda bajariladi. Birinchi holatda yirikligi bo‘yicha tayyor maxsulot maydalashdan oldin groxotdan o‘tkaziladi, shuningdek maydalashdan keyin olinadi. Ikkinchi xolatda material maydalagichdan so‘ng groxotga tushadi va yirik va mayda (tayyor) fraksiyalarga ajratiladi, yirigi yana maydalash uchun maydalagichga qaytadi.


Rasm-4.2. Ochiq (a) va berk (b) sikllarda maydalash:
1 - groxot; 2 - maydalagich
Maydalagichlar turlari va qisqacha ta’rifi
Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipi bo‘yicha jag‘li, konusli, valkali, bolg‘ali turlarga bo‘linadi.
Jag’li maydalagichlar
Erkin tebranadigan jag‘li maydalagichlarda material ikkita jag‘ orasiga tushib eziladi, ulardan bittasi siljimaydigan, ikkinchisi siljiydigan-tebranadigan. Tebranadigan jag‘ harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan o‘qga sharnir osib qo‘yilgan va damaki-damaki siljimaydigan jag‘ga yaqinlashadi va uzoqlashadi.
Maydalanadigan material (shag‘al) ikki jag‘ orasiga yuqoridan tushadi. Maydalangan maxsulot siljiydigan jag‘ orqaga qaytganda maydalagichdan pastga tushadi.
Maydalangan maxsulotda parchalar maksimal yirikligi jag‘lar orasidagi chiqish joyidagi tirqish eni bilan ifodalanadi.


Rasm -4.3. Jag‘li maydalagich
Konusli maydalagich
Konusli maydalagich uzining tipovoy o‘lchamlari tartibi bo‘yicha yirik, o‘rtacha va mayda maydalash turlariga bo‘linadi.
Konusli maydalagichning asosiy maydalash harakati - ezish b’zida parchalash. Materialni maydalash uzluksiz davom etadi, bu esa jag‘li maydalagichga nisbatan materialni maydalash kamerasida ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlaydi.

Rasm -4.4. Konusli maydalagich

Rotorli maydalagich
Rotorli maydalagich yumshoq materiallarni maydalashga mo‘ljallangan.
Rotorli maydalagich shuningdek kam abraziv (charxlash, silliqlash asboblari uchun ishlatiladigan mayda donador qattiq materiallar) materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.
Qattiq jinslarni rotorli maydalagichda maydalash samarasizdir, chunki maydalash elementlari tezda ishdan chiqadi.
Rotorli maydalagichlarning afzalliklari:

  • ishlab chiqarish quvvati yuqoriligi (yuqori samarador);

  • konstruksiyasi soddaligi;

selektiv maydalash imkoniyati ( mustahkamligi bo‘yicha yumshoqroq zarralar yaxshi maydalanadi).


Rasm -4.5. Rotorli maydalagich
Bolg’ali maydalagich
Bolg‘ali maydalagich asosan o‘rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladi. SHuningdek rotorli maydalagich kabi kam abraziv materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.
Tayyor maxsulot o‘lchamlari bolg‘alar soni va shakli bo‘yicha tartibga solinadi (sozlanadi). Bunda, bu o‘lchamlar, bolg‘a mahkamlangan rotor aylanish 89
chastotasi, tayyor maxsulot tushiradigan panjara kolosniklari orasidagi masofa, shuningdek bolg‘alarni aylanish doirasi orasidagi tirshiqga bog‘liq
Bolg‘ali maydalagichning asosiy afzalliklari:

  • ishonchli, konstruksiya ishonchliligi va oddiyligi;

  • materiallarni maydalash yuqori darajasi;

  • maxsus maydonchalar tashkil etilishi va beton fundament bo‘lishini

zuruiyati yo‘q;

  • ob’ekt o‘zida va karerda ishlatilishi mumkin.



Rasm -4.6. Bolg‘ali maydalagich
a - birrotorli; b - ikkirotorli bir bosqichli maydalash; v - reversli; g - vertikal valli; d - tozolov polotnoli
Valetsli maydalagichlar
Valetsli maydalagichlar kompression maydalagichlar turkumiga kiradi.
Valkovli maydalagichlar materialni zarralarini yirikligi 2 mm gacha maydalaydi va ikkita aylanadigan vallar kompressiyasidan foydalanadi. Vallar orasidagi masofa maxsulot yirikligini belgilaydi. Asosiy afzalligi materiallarni talabdagi o‘lchamda maydalaydi va chang kam xosil bo‘ladi.
Valetsli maydalagichlarda ishchi organ - bir-biriga intilib aylanadigan ikkita vallar, chiqadigan maxsulot yirikligiga mo‘ljallangan tirshiqlari bilan. Maydalaniladigan material vallar orasidagi ishqalanish natijasida ular orasiga tortiladi va maydalanadi, Maxsulot yirikligi vallar orasidagi tirshiq eniga bog‘liq.

Rasm - 4.7. Valsli maydalagich


Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish