Jadval 16 Yevropada qurilgan ayrim tematik parklarning qiymati
Parklar
|
Joylashgan o‘rni, ochilgan yili
|
Investitsiyalar sarfi, mln. AQSH doll.
|
Yevro Disneylend
|
Fransiya,
1992
|
3 150,0
|
Valibi Flevo
|
Niderlandiya,
1994
|
12,0
|
Port Aventura
|
Ispaniya,
1995
|
458,7
|
Varner Broz. Muvi Uorld
|
Germaniya,
1996
|
243,8
|
Legolend Vindzor
|
Buyukbritaniya 1996
|
130,0
|
Sega Uorld
|
Buyukbritaniya,
1996
|
68,8
|
Varner Broz. Muvi Uorld
|
Buyukbritaniya,
1996
|
344,0
|
Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
Bu sayr-tomosha muassasini turizm industriyasida «og‘ir» sektorga qo‘shilishi ham tasodifiy emas. Ayrim yirik zamonaviy attraksionlar ularning egalariga o‘n millionlab amerika dollariga tushadi. Misol uchun, nemis tematik parki
«Fantazialand»da 1994 yilda ko‘rilgan «Galaktika» attraksioni 20,8 mln. Amerika dollari turadi, «Kolarado Edvenchur» parkidagi attraksion esa 17,6 mln. dollar. Ularning qiymati uncha katta bo‘lmagan tematik parklar harajatlariga teng. Tematik parklar yuqori raqobatbardoshligiga oqilona narx siyosati yurgizish orqali erishiladi. Avalgi dam olish ob’ektlaridan farqli ravishda ularga yagona kirish bileti (chipta) joriy etilgan. Unga parkni tomosha qilish ovqatlanish, yashash, xohlagan tomoshasini ko‘rish qiymatlari qo‘shilgan.
«Disneylend» yangi tip biletlar – «Fleks Pasport» («Egiluvchan pasport») taklif etib, yana oldinroqqa qarab ketdi. U parkka keluvchilarga katta imkoniyatlar yaratdi. Uning egalari «Disneylend» da uzluksiz besh kun dam olishlari mumkin, yana rasmiy ochilishidan 1,5 soat oldin parkka bemalol kirish mumkin. Bundan tashqari, egiluvchan pasport bilan qo‘shimcha to‘lovlarsiz Janubiy Kaliforniya basseynlari va plyajlariga borishlari mumkin. Yaqinda Florida shtatining uch yirik tematik parklari «Si Uorld», «Yuniversal Styudios» va «Ueti Uayld» mijoz uchun kurashda o‘z kuchlarini birlashtirishda va umumiy ko‘p kunlik pekijlar joriy etishdi. Ular bir yo‘la bemalol uchala parkda ham besh kun bo‘lishga biletlar sotishadi. Boshqaruvchilarning fikrlaricha, ko‘p parklikka yagona bilet joriy etilishi tashrif buyuruvchilarga qulayligi bilan manzur bo‘layapti, ularning sayr-tomosha ob’ektlariga keluvchilar soni ko‘payapti.
Tematik parklar faqat xizmatlarga to‘lov tizimigagina, xizmatlar hajmini ham qayta ko‘rib chiqdilar. Narxning to‘g‘ri belgilanishi har qanday ishda muvaffaqiyat garovidir. U juda ham tushirib yuborilmasligi kerak. Aks holda AQSH dam olish sohasidagi an’anaviy parklarda bo‘lgan singari inqirozga olib keladi. Boshqa holat – narxni haddan tashqari oshirib yuborishdan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Bunday vazitdan oldin korxonaga daromad kela boshlaydi, keyinchalik esa doimiy mijozlarni yo‘qotadi va inqirozga yuz tutadi.
Shu o‘rinda Parijning «Yevro Disneylend»i ko‘rsatkichlari yaxshi misol bo‘la oladi. 1993 yilda u ochilganda har yili zarar ko‘ra boshladi, 1994 yilda bu 1,8 mlrd. frankni tashkil qildi va «Yevro Disney» guruhini moliya - narx siyosatini o‘zgartirishga majbur etdi.
Birinchi navbatda ko‘rilgan chora-tadbirlardan biri kirish biletlari va park otellarida yashash narxlarini tushirish bo‘ldi. Natijada 1995 yilda «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar soni 21 % ga ko‘paydi va rekord kattalikka – salkam 11 mln. kishiga yetdi. Mehmonxona bazasining yuklanishi 68,5 % gacha o‘sdi.Fransiya bo‘yicha bu sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan o‘zib ketdi. Tashkil etilganidan buyon birinchi marta park (23,3 mln. Amerika dollari) daromad olishga erishdi.. Har bir tashrif buyuruvchi o‘rtacha harajatlari 10 % ga qisqartirildi. «Yevro
Disney» guruhlari prezidentining e’trof etishicha, park o‘z kelajagiga diqqat – e’tiborni qaratish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibdi.
Tematik parklar daromadlari biletlar, (barcha tushumlarning asosiy statiyasining 70 % gacha), ovqatlanish, suvenir mahsulotlar va o‘yinchoqlar sotishdan hosil bo‘ladi. Parklarda katta miqdorda suvinerlar sotiladi va ular albatta park ramzlari bo‘ladi.
«Disneylend» ramzi baland minorali go‘zal ertaksimon qasr hisoblanadi. Bavariyadagi dunyoga mashhur Noyshvanteyn qayeri uning prototipi bo‘lib xizmat qiladi. Uning go‘zalligiga asir bo‘lgan U. Disney bu yodgorlikni sotib olib, bo‘laklab Amerikaga olib ketmoqchi edi. Ammo mahalliy hokimiyat bunga rozi bo‘lmadi. Kinorejissyor esa orzusini amalga oshirish uchun o‘zining amerikacha Noyshvanshaynini o‘ylab topish va qurishga to‘g‘ri keldi. Ertaksimon qayer ko‘rinishidagi suvenirlardan tashqari, «Disneylend»ga tashrif buyurayotganlarga mashhur Disney qahramonlari bo‘lgan o‘yinchoq sichqoncha Mikki Mausa va boshqalar ham juda manzur bo‘layotir. Dunyoning hamma burchaklaridan tashrif buyurayotgan turistlar kamdan –kam hollarda ularni sotib olmasdan ketishadi.
Tematik parklarni bozorga dosh berishi va ulgurishi shunindek uni tashkil etishning har tomonlama xilma-xil loyihalari ishlab chiqilishi tufayli hamdir. Taklif qilinadigan xizmatlarning soddaligi, turistlarni qoniqtirishi, marketing, menejerlik izlanishlarning izchilligi, a’lo darajada xizmat ko‘rsatish, saranjom – sarishtalik, malakali xodimlarga e’tibor – bularning hammasi mijozlarni ko‘proq jalb etishga yordam bermoqda. U.Disneyning uning boshlovchilariga qarata aytgan quyidagi so‘zlari ham buni tasdiqlaydi: Nima qo‘lingizdan kelsa, hammasini odamlarga bering, ideal ozodlikni saqlang. Do‘stona munosabatda bo‘ling, bu joyni dunyodagi eng quvnoq maskanga aylantiring.
Birinichi tematik parklarning mashhurligini ta’minlangan yangi yo‘nalish (konsepsiya), ish shakllari va usullari keng yoyildi. Birinchi parklar boshlang‘ich tarmoqlari ko‘proq yoki qisman darajada AQShni qamrab oldi.
Hozirgi paytda faqat AQShning o‘zida 600 dan ko‘proq tematik parklarni sanash mumkin. AQShda «Mo‘’jizalar mamlakati» poytaxti Florida bo‘lib qoldi. Bu shtatda na faqat Amerikadagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi tematik parklar joylashgan: «Disney Uorld», «Yuniversal St’yudios» shular jumlasidandir. Ular bir necha marta jahon turistik biznesi sohasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha nufuzli mukofatlarga sazovar bo‘lishgan.
Amerika tematik parklari dunyoda eng mashhurlari hisoblaanadi. Har yil 90 mln. dan ziyod tashrif qayd etilgan. Kanzas – Sitidagi (Missuri shtati) «Uorlds ov Fan» tematik parki Amerikaning barcha 50 shtati va dunyoning 65 davlatidan mehmonlarni qabul qiladi, «Uorld Disney» parkida esa har qanday xorijiy tildagi so‘zlarni eshitish mumkin. Yevropada ham eng yaqin hisob-kitoblarga ko‘ra, bir necha o‘nlab yirik tematik parklar qurilgan. Ko‘p sonli akvo parklar bu hisobga kirmaydi. Ulardan ko‘proq mashhurlari yiliga 2 mln.dan 10 mln. gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bu avvalo o‘sha eslatilgan «Yevro Disneylend», u o‘zining amerikalik birodarlari singari U Disney konserni tomonidan qurilgan va
«Yevro Disneylend» kompaniyasi boshqaruviga berilgan.
Navbatdagi tematik parkni joylashtirish uchun Yevropaning tanlanishi bejiz emas. Potensial mijozlar bozori juda keng -350 mln. kishi AQSH aholisidan salkam 1,2 marta ko‘p. Qisqa sayohatlarga talab kattaligi, hududga keluvchi sayyohlar ko‘pligi, yevropaliklar o‘rtasida tematik parklarning mashhurligi – bularning hammasi ko‘hna qit’ada sayr – tomosha biznesiga katta ufqlar ochadi.
Yevropa «Disneylend»ini joylashtirishga Fransiyadan tashqari, Ispaniya va
Do'stlaringiz bilan baham: |