Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor



Download 0,71 Mb.
bet116/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Buyukbritaniya ham da’vogarlik qiladi. Boshqa ikki mamlakatga qaraganda Buyukbritaniyani qit’adan geografik ajralgani, aytib bo‘lmas iqlim sharoiti omadini choptirmadi. Ispaniya qulay iqlimi yil davomida quyoshli kunlarining ko‘pligi bilan farq qiladi. U Yevropaning kontinental qismida joylashgan, ammo uzoqda. Bu tematik parkni bu yerda joylashtirishga to‘sqinlik qildi.
Fransiya esa bu nuqsonlardan xoli. Parkni mamalakatning qoq yuragi, Parijdan uncha uzoq bo‘lmagan, G‘arbiy Yevropada aholining yuqori darajada gavjum rayonida qurishga qaror qilindi. Yana boshqa afzalligi – bu joy Shimoliy va Janubiy Yevropa chegarasida edi. U yerdan ikki subregionni tutashtiruvchi muhim tranzit yo‘llar o‘tgandi. U. Disney kompaniyasi yana Fransiya poytaxti dunyo ahamiyatiga ega turistik markazlardan ekanligini ham hisobga oldi – har yili 20 mln. tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bundan tashqari Parij taraqqiy etgan infratuzilmaga ega, bu esa tematik parkni bir me’yorda ishlashi uchun juda muhimdir.
U. Disney korporatsiyasi Yevropa «Disneylend»ining original g‘oyasini olg‘a surdi. Shunga o‘xshash nomdagi Amerika tematik parki singari bolalar ertaklaridagi sevimli qahramonlar harakatlanadigan joyga aylantirildi. Kompaniya «Oqqor va yetti alvasti» syujetlarini oddiygina qayta takrorlashdan voz kechdi. U organik ravishda sinovdan o‘tgan, ko‘p asrlik Yevropa madaniyatiga tayangan tematik park konsepsiyasiga asoslandi. Shu maqsadda yevropa ertaklari va adabiy asarlari («Mahluq va sohibjamol», «Suv parisi», V.Gyugoning «Bibimaryamning Parij sabori» va boshq.) tanlab olindi va ular asosida «Yevro Disneylend» - da hayotiy quvnoq, optimistik tomoshalar qo‘yila boshladi.
Tanqidga qaramasdan «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘paydi, Fransiyada tematik parklar tarmog‘i kengaymoqda. Eng mashhur Fransuz parklariga kino havaskorlari uchun Makko hisoblangan «Fyutyuroskop», «Valibi Frans», va «Asteriks» kabi bolalar multfilmlari ishlab chiqaruvchilar kiradi.
Ispaniya o‘zining «Port Aventura» tematik parki bilan faxrlanadi. Sakkiz yil davom etgan loyihalashtirishdan keyin u 1995 yilda yozgi turistik mavsumda ochildi.
Park Yevropada kattaligi jihatdan «Yevro Disneylend»dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va O‘rta yer dengizi zonasidagi shunday turdagi yagona diqqatga sazovar joy hisoblanadi.
Park 115 gektar maydonni egallagan va 30 attraksion, 30 restoran va kafe – bar, 22 magazin va 260 avtobus, 6 ming yengil mashinani saqlovchi maydonga ega. «Port Aventura» xilma-xil sarguzashtlar olamida olingan taasurotlar, park infratuzilmasi ko‘lami haqida hikoya qilishga til ojizdir. Uning mehmonlari zamon va makonda besh tematik zonaga ko‘chib sayohat qiladilar. «O‘rta yer dengizi» bo‘limida tipik ispan qishlog‘i qayta tiklangan, xushbuy atirgullar va qaynoq hayot, ehtirosni ko‘zlovchi xalq raqslari, hunarmand ustalar taklif etgan ajoyib buyumlar kishini lol qilib qo‘yadi. «Polineziya» bo‘limida esa xushmanzara orolchalar diqqatni tortadi. ular ustida an’anaviy shinam turar joylar joylashgan. Ko‘priklar bilan tutashgan, tashrif buyuruvchi maori rasm-rusumini ado etgach, Marko Polo zamonidagi Xitoy imperiyasida paydo bo‘ladi. Buyuk Xitoy devori ortidagi milliy teatrlarda akrobotlar va gimnastikachilar, qo‘g‘irchoqlar va sehrgarlar tomosha ko‘rsatdilar. Chichen – Itsa piramidasi yonida esa boshqa qit’aga o‘tib ketiladi. Meksikada, mayya sivilizatsiyasi darida paydo bo‘lib qolinadi. Afsonaviy Yovvoyi G‘arb Penitens degan joychada, Amerikaning mustaqilligi yuz yilligi bayrami ko‘rinishida namoyish qilinadi. Qo‘rg‘oncha bayramona bezalgan, kioskalarda turli shirinliklar sotiladi. Shu yerda tir va hamma uchun sevimli bo‘lgan kamon otishmalari musabaqasini tomosha qilish mumkin.
O‘zining huquqiy maqomiga ko‘ra «Port Aventura» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Uning 40 % aksiyasi «Tussaude» guruhiga, 30 % «Kaiksa» ispan bankiga tegishli, 20 % aksiyani esa Amerikada yirik tematik parklar egasi «Anneuser Bush» firmasi sotib olgan. Qolgan 10 % aksiyani esa Ispaniyaning «Feksa» elektrotexnika kompaniyasi sotib olgan. Umumiy qiymatda loyihaga 50 mln. pest qo‘yilgan. Turistlar o‘rtasida shuningdek Germaniya, Daniya, Niderlandiya tematik parklari ham mashhur.
Tematik parklar sayyoramiz bo‘ylab o‘zlarining shohona yurishlarini Sharqiy va Janubiy Osiyo va Okeaniyada davom ettirdi. Jahon turizm bozoriga shiddat bilan kirib kelgan hududda parklar turistik industriyaning ajralmas qismi sifatida gurkirab rivojlanayapti.
Osiyoda eng mashhur «Hayolat mamlakati» Yaponiyada, Tokio yaqinida joylashgan. U olti zona: Butunjahon yarmarkasi, Romantika va sarguzashtlar mamlakati, Amerika Yovvoyi g‘arbiy, do‘stona alvastilar mamlakati, ertaklar va Disney qahramonlari, ertangi kun mamlakatlari yoki kosmik sarguzashtlardan iborat. Tokio «Disneylendi», «Oriyentallayend» guruhi boshqaruvi tasarrufida. Yaqinda u Tokio fond birjasida 23 dan 25 mln. gacha aksiyasi, shu jumladan 15 dan
18 mln.gacha yangilari sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shu yo‘l bilan kompaniya o‘z mablag‘ini ko‘paytirishni mo‘ljallayapti. Tushgan pul mablag‘i esa hozir ishlab turgan park qatorida ikkinchi Disney tematik parkni qurishga sarflanadi. Uni shu o‘n yillik oxirida – 2010 yilda ochish mo‘ljallangan.
Tematik parklar tarmog‘i jahonning boshqa mamlakatlari va regionlarida ham kengaymoqda. Shotlandiyada birinchi tematik park tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni boshlamasdan, britaniyaning «Renk» firmasi Em-Si-Ey bilan hamkorlikda Yevropada navbatdagi attraksion parki loyihasini yaratish ustida ish olib bormoqda. «Lego» - bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi guruh, har uch yilda «Hayolot mamlakati» ochishni mo‘ljallayapti. Bir vaqtning o‘zida yangi tipdagi tematik parklar paydo bo‘layapti, ularning tematikasi rang-barang tus olayapti.
AQShda, Virjiniya shtatida Fuqarolar urushi davrida eng qonli jang kechgan joylardan birida «Xeritidj Amerika» parki ochilgan. Florida shtatida 1998 yilda «Eniml Kindom» tematik parki birinchi tashrif byuuruvchilarni qabul qildi. Bu yerda Afrika ekzotik hayvonlari va ulkan baobab daraxtlari qad ko‘targan savanna tiklangan. Yaponiyada qumlik plyaji bor suv parki ishlab turibdi. Unda sun’iy ravishda to‘lqin mavjlari hosil qilinadi. Italiyada qadimgi Rim qiyofasidagi tematik park qurilmoqda. Bularning barchasi jahon turizm industriyasi va parkchilik ishlari yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish