Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
nisbatan soddaligi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda faqat ikki sub’ektiv – ishlab chiqaruvchi va so‘nggi iste’molchi (sayyoh) – ma’lum munosabatga kirishadi; xizmatlarni realizatsiya qilishda uchinchi shaxs ishtiroki talab etilmaydi;
Sotuvchi va haridor oldi-sotdi masalalarini o‘zaro osongina kelishib olishadi, zarur bo‘lganda esa ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritishadi; bozorga chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari. Iste’molchi bilan bevosita aloqa yetkazib beruvchiga qo‘shimcha xizmatlarni sotish va bron rasmiylashtirish (masalan, orqaga qaytish hujjatlarini rasmiylashtirish) imkonini beradi. Turist esa o‘zini qiziqtiruvchi axborotlarni (xususan, xizmatlar haqida va ularning amaldagi narxlari) birinchi manbadan olish imkoniga ega bo‘ladi;
egiluvchanlik. Uyushtirilmagan sayyohlar mustaqil ravishda marshrut va sayohat programmasini ishlab chiqishganda, ko‘pincha ularni yo‘l-yo‘lakay aniqlab olishadi, ular ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni ma’qul ko‘rishadi. Negaki bu mijozlarni individual tarzda o‘zgaruvchanlik talablariga osongina moslashadi. Erkin qaror qabul qilishga monilik qilmaydi;
iqtisodiy xususiy qulayliklar. Uchinchi shaxs orqali sotishga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish kanali ishlab chiqaruvchini ko‘proq daromad olishini ta’minladi. Bir haridorga yoki taklif etilayotgan tovar (xizmat) birligi hisobiga;
sotilish ustidan shaxsan nazorat qilish imkoniyati. Ko‘pchilik turistlar aldanib qolishdan xavfsirashadi va turistik firmalarga ishonishmaydi. Bunday sayohat ishqibozlari shaxsan safarga tayyorgarlik ko‘radilar: joylashish vositalarida bron qilishadi, biletlar sotib olishadi. Ular birlamchi turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zlarining huquqiy munosabatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirib ko‘radilar va qo‘llariga buyurtma va safar hujjatlarini olishgach, o‘zarini bexavotirroq sezishadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish iste’moli uchun qaltis tavakkalchilikka o‘rin qoldirmaydi.
«Yetkazib beruvchi - iste’molchi» kanali afzalliklari bilan birga bir qator cheklanishlarga ham ega. Ular o‘z xususiy savdo nuqtalari tarmoqlarini yaratishga ishlab chiqaruvchi sarflangan harajatlar, turistik firmalar kasb mahorati o‘sishi bilan bog‘liqdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bozorga olib chiqishni ayni mavsum qizig‘ida uyushtirilmagan sayyohning sayohatga tayyorgarlik ko‘rishi ham rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi (bo‘sh o‘rin yo‘qligi va h.k.). Bu qiyinchilik ko‘pincha vositachini jalb etmasa uning uchun hal etilmay qoladi.
Boshqa taqsimlash kanalning bazis tipi – bilvositadir. Uning belgi ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vositasi mavjudligidir. «Tekinxo‘rlar» degan nom orttirishganiga qaramay vositachilar muhim vazifani bajarishadi. Ular qimmatli axborotlarni tashuvchilar hisoblanishadi. Axborot muhim rol uynaydigan hozirgi jamiyatda iqtisodiy tizimda ularning o‘rni beqiyos. Vositachilik uning egasiga imkoniyatlarning kengligi haqida to‘liq tasavvur beradi va faoliyat samaradorligini ta’minlaydi. Axborot yetishmasligi esa aksincha imkoniyatlarni boy berib qo‘yilishiga olib keladi.
Yuqori sifatli axborotni olish qiyin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda iste’molchi hamma ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘lanishi lozim. Bu zarur mahsulotlar (xizmatlar) variantlarini taqqoslab ko‘rish va muvaffaqiyatli harid uchun muhimdir. Bilvosita taqsimlashda bu ishlarni vositachi bajaradi. U mijozni ma’qulroq kotrogent qidirishdek tinkani qurituvchi tashvishdan xolos etadi.
Ana shunday vaziyatga tushib qolgan ishlab chiqaruvchi ham operatsiyalar almashinishida vositachi ishtirokidan yutadi. O‘zlarining aloqalari, tajribalari, ixtisoslashuvlari va qamrovi kengligi tufayli professional savdogarlar va agentlar, tovarlar (xizmatlar) ni iste’molchilarga yetib borishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishadi. Bu bilan ular korxona savdo imkoniyatlarini kengaytiradi. To‘g‘ridanto‘g‘ri oldi-sotdi va aloqalarni qisqartirish evaziga sezilarli tejamkorlikni ta’minlaydilar. Vositachi sotish bo‘yicha ish hajmini kamaytirishga, ortiqcha to‘planib qolgan mahsulot sotilishiga yordam beradi.