Vazifa : 10 ta Tarmoqlanuvchi fikr tuzing?
Mavzu: Fikr turlariga oid amaliy ish.
Bugungi darsimizda o’tgan darsimizda o’rgangan fikr turlariga oid nazariy bilimlarimizni amaliy ko’rib chiqamiz. Bunda berilgan matnlarning qaysi argument turiga tegishli ekani, aynan qaysi asos qaysi xulosani asoslayotganini aniqlash talab qilinadi.
Berilgan matnni tahlil qilishda, fikrning biz tahlil qilayotgan bo’lagi xulosa sifatida kela oladimi, agar xulosa bo’la olsa, matndagi qaysi mulohaza yoki mulohazalar bu xulosani
asoslash uchun xizmat qilayotganini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Buning uchun fikrlarni juftligini olib, ularning bog’lanishini ko’rib chiqamiz.
☝Ikki mulohazadan iborat oddiy fikrda biror fikr xulosa yoki asosligini aniqlash uchun ikki xil usul mavjud.
Birinchi usul:
Birinchi usulda birorta mulohazaga “nimaga?”, “nima uchun?” yoki “qanday?” savollaridan birortasini berganda, ikkinchi mulohaza bunga javob bo’la olsa, bu holda
birinchi mulohaza xulosa, ikkinchi mulohaza asos bo’ladi, yoki aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |