114
30-rasm. Bosqon uloqtirishga tayyorlanish
Bosqonni dastlabki aylantirish –
uloqtirishning ajralmas qismi bo’lib,
qolgan harakatlarning to’g’ri bajarilishi shunga bog’liqdir. Dunyoning eng kuchli
uloqtiruvchilari dastlabki aylantirishni ikki davrada bajaradilar va bunda bosqon
sharini burilishlarni boshlash uchun kerakli tezlikda (13-14 m/sek) harakatlantira
boshlaydilar. Bosqonning aylanish yuzasi ufqqa nisbatan taxminan 38-40
0
og’ma
bo’ladi. Burilishlar vaqtida esa aylanish yuzasining og’ishi 42-44
0
gacha oshadi.
Dastlabki aylantirishning birinchi davrasi oyoq
va gavdani chala tiklangan
holatda boshlanadi. Shu bilan birgalikda yelka kamari tos bilan bir yuzada chapga
buriladi va uloqtiruvchi to’g’ri uzatilgan qo’llari bilan bosqonni aylanma harakatga
keltiradi. Bosqon oldinga-yuqoriga harakatlanayotganida, taxminan chap poy
uchining qarshisida bo’lishi lozim. Dastlabki aylantirish vaqtida bosh to’g’ri
tutilishi kerak, chunki boshni burish va egish muvozanatni saqlashga to’sqinlik
qiladi.
Oldingi-yuqoriga harakatlanayotgan to’g’ri qo’llar ko’krak balandligiga
etgach, chapga aylana boshlaydi. O’ng qo’l chap qo’ldan balandroq ko’tariladi,
keyin ikkala qo’l ham tirsak bo’g’imidan
bir oz bukiladi; qo’l panjalari bosh
orqasidan, bilaklar esa bosh ustidan aylanib o’tadi. Gavda sal orqaga egilgan
bo’lib, tosni oldinga, bukilgan oyoq ustiga chiqarilgan.
115
Keyinchalik yelka kamari yuqoridan tushayotgan bosqon ro’parasiga eng
oxiriga qadar o’ngga buriladi. Qo’llar harakatni davom ettirib, o’ngga-pastga tusha
boshlaydi, chap qo’l to’g’rilanadi, o’ng qo’l esa tag’in ham ko’proq bukiladi, uning
tirsagi pasayadi. Bosqon shari uloqtiruvchining orqasidan uzoqlab o’tadi; agarda
oldindan
kuzatilsa, asbob sportchi gavdasinining chap tomonidan ancha uzoqda
ekanligi yaqqol ko’rinadi(31-rasm).
31-rasm. Bosqon uloqtirishda dastlabki siltashlar
Dastlabki aylantirishning ikkinchi davrasi bolg’aning o’ngdan-orqaga qarab
tushish harakati bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi harakatning boshlanishida bukilgan
qo’lini to’g’rilab, bosqonni gavdasining o’ng tomonidan pastga tushiradi,
yelka
kamarini esa tos bilan bir tekislikda chapga buradi.
Shundan keyin birinchi davradagi aylantirish harakatlari takrorlanadi, lekin
bunda chap qo’lning yuqoriga siljiyotgan vaqtdagi aylanishi ertaroq boshlanadi.
Gavda og’irligini o’ng oyoqqa o’tkazayotganda bu oyoq ko’proq bukiladi, gavda
esa orqaga ko’proq engashadi.
Qo’llar bosh ustida harakatlanishining oxirida uloqtiruvchi yelka kamarani
o’ngga, oxiriga qadar burib chap tovonini ko’taradi. Bu harakat tosni o’ngga
ko’proq burishga va yelka kamarining o’ngga burilishini oshirishga yordam beradi.
Dastlabki aylantirishda tana og’irligini bosqonga
qarama-qarshi tomonga
ko’chirish (asosan tos qismining joy o’zgartirishi) katta rol o’ynaydi. Bosqon
uloqtiruvchining chap yoki o’ng tomondan o’tayotganda tana og’irligi bolg’adan
116
uzoqroq joylashgan oyoqqa ko’proq tushadi. Bu esa uloqtiruvchining muvozanatni
saqlashi va bolg’aning harakat tezligini oshirishiga yordam beradi. Bosqon shari
o’z orqasidan o’tayotganda sportchi oldinga engashadi, shar oldinga o’tganda esa
orqaga ko’chadi. Gavda og’irligining tasavvur qilinadigan aylanish o’qi atrofida
bunday o’rin almashtirib turishi faqat bosqonni bir joyda
turib tez aylantirishdan
burilishga o’tish vaqtida ham muvozanat saqlab turishiga yordam beradi, bu esa
juda muhim ahamiyatga ega.
Bosqon o’zining eng yuqori holatidan gavdaning o’ng tomoniga, yelka
bo’g’inlarigacha pasayib harakatlanayotgan paytda uloqtiruvchi qo’llarini boshdan
o’ng tomonga tushiradi va bunga o’ng qo’l bukilgan
holda tirsagi bilan pastga
tushadi, chap qo’l esa to’la yoziladi. Xuddi shu paytdan birinchi burilishga
kirishish boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: