Taniberdiyev Akmal Abdug’anievich yengil atletika va uni o’qitish metodikasi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/56
Sana13.07.2022
Hajmi2,28 Mb.
#785304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
disk uloqtierish



Taniberdiyev Akmal Abdug’anievich 
 
 
 
 
 
YENGIL ATLETIKA 
VA UNI O’QITISH 
METODIKASI 
(uloqtirish turlari)
O’QUV QO’LLANMA 
 
 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
 
 
 
 
YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISH 
METODIKASI 
(uloqtirish turlari)
 
 
 
O’quv qo’llanma 5112000 – Jismoniy madaniyat fakultetlari murabbiy - 
o’qituvchilari va talabalariga mo`ljallangan. 
Muallif: 
Taniberdiyev Akmal Abdug’anievich 
 
Taqrizchilar: 
Saribayev Shuxrat Turdibekovich - p.f.n., dotsent 
Egamberdiyev Asilbek Qozihaydarovich - sport ustasi, “Do’stlik” ordeni sohibi 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Yosh avlodni jismonan sog’lom, aqlan yetuk bo’lib o’sishida jismoniy tarbiya 
va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bu borada 
qabul qilingan qonunlar jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng 
yo’l ochib bermoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy 
tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun,
 
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport 
sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini 
mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirishga oid masalalarga e’tibor qaratilgan. 
Jismoniy tarbiya orqali talabalarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy 
tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini 
kamol toptirishda yengil atletika sport turining o‘rni kattadir. Yengil atletika sport 
turi insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy sport turlaridan 
hisoblanadi. Talabalarni etuk, sog‘lom bo‘lib tarbiya topishida yengil atletikaning 
yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurash turlari orqali ularni jismoniy 
sifatlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida 
o‘tkaziladigan yengil atletika darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik 
sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni 
organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, yengil atletika darslarini samaradorligini 
ta’minlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish 
vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan biridir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risidagi” O’zbekiston 
Respublikasi qonuning qoidalariga muvofiq holda yangi o’quv rejalari, 



dasturlarining zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqish Oliy o’quv yurtlari 
faoliyatida milliy tajribalarning tahlili va jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yangi 
darsliklarni o’quv adabiyotlarini yaratish vazifalari ko’rstib o’tilgan. 
Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat 
siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Sport sohasida iste’dodli o’smir va 
qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini 
o’stirish bo’yicha ishlarni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yirik 
musobaqalarga tayyorlash va xalqaro toifadagi sport ustalariga munosib zahiralarni 
tayyorashdan iborat bo’ladi. 
Shunday ekan yengil atletika mashqlari nafaqat jismoniy tarbiya va 
sportda, balki, ta’lim sohalarining barcha tarmoqlarida har bir soha xodimlarining 
kundalik hayot tarziga aylanib bormoqda. Yengil atletika orqali aholini sog’ligini 
mustahkamlashda yurish, yugurish mashqlarining inson salomatligidagi o’rni juda 
kattadir. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, akademik-litseylar, kasb 
hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarining ta’lim jarayonlariga kiritilganligi o’qitish 
va o’rgatish metodikasini yildan-yilga takomillashtirib borishni taqozo etmoqda. 
Bu esa nafaqat ta’lim sohasini takomillashtirish balki, o’qitish va o’rgatish 
amaliyoti darslarini samarali tashkil qilishda ham muhum ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu yaratilgan o’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining 
5112000 Jismoniy madaniyat bakalavr ta’lim yo’nalishi faoliyat yuritayotgan 
o’qituvchi, murabbiy va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib.
 
Yengil atletika va 
uni o’qitish metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan bo’lib o’quv qo’llanmada 
uloqtirish turlarining texnikasi asoslari, nayza uloqtirish, disk uloqtirish, yadro 
itqitish, bosqon uloqtirish texnikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Mualliflar o’quv qo’llanmani tayyorlashda foydalangan adabiyotlarning 
mualliflariga o’z minnatdorlchiligini bildiradi. Ishonamizki ushbu o’quv qo’llanma 
ta’lim muassasalarining professor – o’qituvchilari va murabbiylarining kasbiy 
tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish