3. Barmoq teatri. Bunda bolalar faqatgina tomoshabin emas, balki bevosita ana shu jarayonda o‘zlari ham ishtirok etishlari mumkin. Teatr qahramonlarini qog‘oz va paralondan ham yasash mumkin. Qog‘ozdan odam va hayvonlarning kichik tasvirini barmoqlarga kiyib olinadigan tarzda yasash tavsiya etiladi. Qo‘g‘irchoqlar stilindr, konus, quti shaklida tayyorlanishi mumkin. Bezash uchun turli gazlamalardan foydalanish mumkin.
Gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va teskari tomonidan tikilib, so‘ng ag‘darilib, kerakli joylari tikiladi. Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi shundaki, unda ertak qahramonlari bolalarning barmoqlariga mos kichik va ertak ko‘rsatuvchining barmog‘iga to‘g‘ri keladigan xolatda tayyorlanishidir.
4. Qo‘lqopli qo‘g‘irchoqlar. Ushbu qo‘g‘irchoqlarni bolalar qo‘lga kiyib ushlagan holda stol teatrlarida foydalanishlari mumkin (tarbiyachilar bolalarda yanada yaqqol tushuncha hosil qilishda teleekran orqali bolalar uchun namoyish etiladigan "oqshom ertaklari" dagi qo‘g‘irchoqlarning xatti-harakatlarini ko‘z oldilariga keltirishlari mumkin). Qahramonlarni eski qo‘lqoplardan tayyorlasa bo‘ladi. Agar eski qo‘lqop topilmasa uni tikish mumkin. Bolalar bunday qahramonlarni o‘zlari yasay oladilar.
Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan) qo‘lqoplar, uzun paypoqlar, qaychi, !nina, ip; paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin), bezash uchun tabiat materiallari, elim (PVA).
Tayyorlash jarayoni: qo‘g‘irchoqni tayyorlash jarayonida qo‘lqopning qismlari (ma’lumki, qo‘lqop beshta barmoqqa moslangan) ertak uchun tanlangan qahramonlarga qarab olib tashlanadi. Ammo, olib tashlangan qismlari ham keraksiz emas, balki ulardan dum, qo‘l-oyoq qismi uchun foydalaniladi. Uzun paypoqlardan esa ilonni yasash mumkin.
1-ko‘rinish. Qo‘lqopning ikki chekka qismi qolib, o‘rtadagi uch qismi olib tashlanadi. Undan mushuk, it, bo‘ri, cho‘chqa kabi hayvonlarni yasash mumkin.
2-ko‘rinish. Qo‘lqopning ikky! chekka! va o‘rtasidagi qismlari olib tashlanadi. Qirqilgan joyi tikib qo‘yiladi. Undan quyonni yasash mumkin.
3-ko‘rinish. Qo‘lqopning faqat o‘rtadagi qismi qirqib tashlansa, undan echkini yasash mumkin.
Shuningdek, har bir har bir qirqib o‘rni tikilgan qo‘lqopning ichi paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin) bilan to‘ldiriladi. Har bir hayvonning
tashqi ko‘rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Bundan tashqari bolalar qo‘g‘irchoqlarni qo‘llariga kiyib harakatlantirishlari uchun qo‘lqopga maxsus moslama
tikish ham mumkin.
4-ko‘rinish. Uzun paypoq ichi ; ham paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin) bilan to‘ldiriladi. Ilonning tashqi ko‘rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Ilonning bosh va bel qismiga sim o‘rnatib, uni o‘rnatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |