23
bo’lgan edi. U Sibir bo’ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o’pirilgan joyidan odam suyaklari saqlangan yog’och quti,
kumush boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg’a qiladi. Lekin bu topilmalar va Yozuvlar qaysi xalqqa
tegishli ekanligi noma`lum edi. Oradan 5 yil o’tgach 1696 yilda Tobolslik boyar o’g’li Semen Remezov
ham Sibir erlarining
haritasini chizayotib , bir punktiga Urxun toshi deb belgi qo’yadi. Noma`lum Yozuv bitilgan bu tosh haritada chegara
vazifasini o’tay boshlaydi. Bunday Yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti
Filipp Ioganin Stralanberg
to’liqroq ma`lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma`lum Yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu Yozuvlar
run Yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab , got Yozuviga tash qi jixatdan o’xshashligidir.
Runa - sir
ma`nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run Yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy Yozuvlar esa G’arbdagi
run Yozuvlari paydo bo’lgunga qadar ham mavjud edi.
1716 yili Pyotr I Dantsigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib ko’radi. SHundan s o’ng olimdan bu sohada
iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi . Breyn do’sti , tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. U
tarix, jug’rofiya, botanika soxasida ham bilimdon edi. Oradan ko’p o’tmay D.Messershmidt Peterburgga cha qirildi. Unga
Sibirning fizik tasvirini yaratish topshirildi. U etti yil tinimsiz ishladi.
Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to’plovchisi va tadqiqotchisi bo’lgan F.I Stralanbergning faoliyati ham
D.G.Messershmidt nomi bilan bog’liq.Ular 1720 yili Tobolsk shahrida tanishadi. Messershmidt xukumatdan uni ham o’z
ekspeditsiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishlashadi. 1730 yili ular Lyubenda «Ovro’pa va
Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jug’rofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning
kundaliklaridan iborat bo’lib , unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. SHundan so’ng
Enasoy Yozuvlari
haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu Yozuvlarni shakliga qarab , gox slavyan, gox keltlarga, va greklarga nisbat berdilar.
Bu
nazariya tarafdorlarining fik richa : ―turk iy xalqlar Sibirning erli axolisi emas shuning uchun bu Yozuvlarning Turk iy
xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo’lishi mumkin emas‖.
XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy,Abakan daryosi
qirg’oqlaridan ,Oltinko’l
yaqinidan ,Buluk daryosi bo’ylaridan ko’plab toshga yozilgan Yozuvlarni topdilar. Lekin bu
Yozuvlarning taqdiri ham avalgi Yozuvlarning taqdiriga o’xshab noma`lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga
tegishli ekanligini birinchi bo’lib
N.Yadrintsev isbotlab berdi. U topilgan Yozuvlarning taxminan 2000
yillar ilgari
yaratilganini , turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo’shni bo’lganligini , bu Yozuvlar turkiy xalqlarga taalu qqli ekanligini
aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma`lumligicha qolaverdi.
N.M.YAdrintsev boshliq ekspeditsiyaning Urxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga
mashhur qildi. U topgan «tangacha» li bitigtoshlar ko’pchilik tarixchilarning diqqatini o’ziga jalb qildi.
Kultegin bitigida xitoycha Yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma`lum bo’lishicha , bitigtoshlarning biri Biliga
xoqon
va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultigin sharafiga bitilgan ekan.
N.YAdrintsev topilmasidan so’ng bu Yozuvlar
Do'stlaringiz bilan baham: