Ta’limi vazirligi jizzax viloyati baxmal tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabining sonli buyrug’I


Mahallada, oilalarda aholi, ayniqsa xotin-qizlar



Download 278,5 Kb.
bet15/26
Sana10.07.2022
Hajmi278,5 Kb.
#772658
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
xotin qizlar xujjatlari

Mahallada, oilalarda aholi, ayniqsa xotin-qizlar
o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy
ta’sir ko’rsatuvchi holatlar yuzaga kelishining oldini
olish va ularni bartaraf etishga ko’maklashish masalalari

Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi.


Bu, albatta, isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Sh. Mirziyoyev,
Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan
2017 yil 4 martdagi uchrashuvidagi nutqidan


Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro’yobga chiqarish masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Shu asosda onalik va bolalikni himoyalash, oila institutini qo’llab-quvvatlash, ayollarning og’irini yengil qilish, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko’maklashish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtiroki va ma’naviy kamolotini ta’minlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Zotan, har qanday davlatning ijtimoiy taraqqiyoti oila, xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o’rni, ularning vatan taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi, farzandlarining barkamolligiga bog’liq.
Ma’lumki, hayotimizning yarmidan ko’pini qamrab oladigan, chinakam to’laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
Milliy qadriyatlarga munosabatning dastlabki o’chog’i ham oila bo’lgani bois, aynan uning muhiti inson o’z hayotida o’zlashtiradigan ijtimoiy tajribaning asosi hisoblanadi. Oila davrasida, o’z yaqinlarini kuzatish va qizg’in muloqotlar chog’ida insonda bo’lg’usi oila to’g’risidagi muayyan bilimlar shakllanadi. Shu sababli yoshlarda oila xaqida to’g’ri tasavvurlarni shakllantirish nafaqat ilmiy, balki, amaliy ahamiyat kasb etadiki, bu yo’nalishdagi tadbirlarda ham an’anaviylik va zamonaviylikka asoslangan barcha ishlar uzviy bog’liqliqda, o’zaro uyg’unlashgan holda olib borilishi lozim.
Demak, mustahkam oilani shakllantirish, oilaviy barqarorlikni ta’minlashda ota-onalarning oilani boshqarish borasida bilim darajasi va xayotiy tajribasi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, dunyoqarashi oilada va jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga bevosita ta’sir etadi. Shu bois yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, bilan cheklanib qolmasdan, balki kattalar, ota-onalar, xotin-qizlar orasida ham turli xil tashviqot va targ’ibot ishlarni amalga oshirish, ota-onalarning oilani boshqarish bobida savodxonligini oshirish ham dolzarb masala hisoblanadi.
Xo’sh, bu yo’nalishda olib borilishi zarur bo’lgan amaliy ishlar samarali bo’lishi uchun qay tarzda va qayerda olib borilishi kerak? - degan o’rinli savol tug’iladi.
Albatta, har bir oila istiqomat qiladigan makon mahalla bo’lib, u chindan ham milliy qadriyatlar maskani bo’lib kelmoqda. Bugungi kunda “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmatli naql fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi deb hisoblanmish mahalla har bir oilaning ishonchli tayanchi ekanligini ifodalamoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida” Qonuni 13-moddasida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rishi fuqarolar yig’ini kengashining vakolatlariga kirishi belgilab qo’yilgan.
Mazkur Qonunning 18-moddasida fuqarolar yig’inining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalari aniq belgilab berilgan. Mazkur komissiyalardan biri xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasidir.
Fuqarolar yig’inining xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiyasi faoliyatining maqsadi – fuqarolar yig’ini hududida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi o’rnini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga ko’maklashishdan iborat.
Komissiyaning xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilashdagi o’rnini oshirish, oilani mustahkamlashga, aholi salomatligi va sog’lom turmush tarzini milliy qadriyatlarimizga tayangan holda keng targ’ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish vazifasi komissiya a’zolari zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Bu borada “Oila – muqaddas dargoh”, “Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’laylik!”, “Farzandlari sog’lom oila – yurt ardog’ida” “Oila – muqaddas dargoh”, “Oilaviy nizolar va ularning oldini olish”, “Yoshlar tarbiyasida ota-onaning o’rni”, “Yoshlarni “ommaviy madaniyat” va yot g’oyalar ta’siridan asraylik”, “Giyohvandlik – umr zavoli”, “Oila ma’naviyati”, “Bola – aziz, odobi undan aziz”, “Oila – muqaddas, uni asrash burchimiz”, “Er-xotinning oiladagi huquq va majburiyatlari”, “Nikoh shartnomasi va uning afzalliklari”, “Erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzularida suhbatlar tashkil etish va o’tkazish, ushbu suhbatlarning qiziqarli, mazmunli va ta’sirchan bo’lishi, bahs-munozaralarda xotin-qizlarning fikr bildirishlari uchun sharoit yaratish, faol qatnashishlariga erishish, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarning to’laqonli javob berishlari o’tkazilgan tadbirning samaradorligini ta’minlaydi.
Xotin-qizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga ko’maklashishda “Ota-onalar universitetlari” mashg’ulotlari imkoniyatidan samarali foydalanish, mashg’ulotlarga onalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Qaysi oilada ayol – ona ma’naviyati yuksak bo’lsa, shu oilada ahillik, samimiylik muhiti hukm suradi, farzandlar esa ma’naviy jihatdan yetuk insonlar sifatida voyaga yetadilar, ma’naviyatli ona o’z farzandida odob, insoniylik, mehribonlik, hamjihatlik, do’stlik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalay oladi, farzandlariga kun tartibini to’g’ri tashkil etishga o’rgatadi, bola faoliyatini talab darajasida nazorat qiladi. Oilada ma’naviy ozuqani yetarli darajada olgan inson kelajakda o’zining baxti va kamoloti yo’lida adashmaydi, yot g’oyalarga ergashmaydi, o’z oilasi va vatanining sha’nini himoya qiladi.
Bu borada, yoshlar, ayniqsa, qizlarni 12 yillik ta’lim bilan to’liq qamrab olish, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini egallashlari yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, aqliy qobiliyatini yuksaltirishda muhim rol o’ynaydi.
Xotin-qizlarning sog’lig’ini saqlash, sog’lom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish hamda ushbu yo’nalishda qabul qilingan davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda ishtirok etish komissiya a’zolaridan bu borada targ’ibot ishlari va amaliy chora-tadbirlarni manzilli va izchil olib borishni talab etadi. Shu bois, komissiya tomonidan xotin-qizlarning sog’lig’ini saqlash, sog’lom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sog’lom turmush tarziga oid ishlarning muntazam va tizimli ravishda ish olib borilishi maqsadga muvofiq.
Jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, “o’zbek modeli” deya tan olingan “Sog’lom ona – sog’lom bola” yo’nalishida amalga oshirib kelinayotgan ishlar hamda bu sohada qo’lga kiritilgan ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar mamlakatimizda oilalar salomatligiga ko’rsatilayotgan e’tiborning yuksak namunasidir.
Joylarda komissiya a’zolarining sog’liqni saqlash tizimi mutaxassislari bilan hamkorlikda oilada tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini tizimli olib borishlari, targ’ibot tadbirlarida hududdagi barcha xotin-qizlarni qamrab olishga e’tibor qaratilishi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning muntazam ravishda tibbiy ko’rikdan o’tish samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor berishlari zarur. Bu, o’z navbatida, xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi madaniyatini, ularning o’zi va oila a’zolari salomatligini saqlashga mas’uliyat hissini shakllantirish, xotin-qizlarning kasalliklarini erta aniqlash, o’z vaqtida davolash, shuningdek, erta nikoh, qarindoshlar o’rtasi-dagi quda-andachilikka chek qo’yishda muhim omil bo’ladi.
Ayollarni, ayniqsa, homilador ayollarni ishga qabul qilishdagi hozirgi qiyinchiliklar jamiyatimiz bozor munosabatlariga o’tayotgan hamda xususiy ish beruvchilar toifasi vujudga kelayotgan bir paytda, yanada dolzarb masalaga aylanmoqda. Xususiy ish beruvchi ko’pincha o’z manfaati nuqtai nazaridan yondashib, “homilador ayolni ishga olib nima qilaman, ma’lum vaqtdan keyin ta’tilga ketadi, yosh bolasi bor ayolning esa bolasi kasal bo’lishi bor, yaxshisi qabul qilmaganim ma’qul” qabilida ish tutmasligiga kafolat bormi? Bu savolga milliy qonunchilik tizimimizdagi kafolatlar javobdir.
Ayollarning ishga kirishida erkaklar bilan tengligini ta’minlashga qaratilgan jiddiy davlat choralaridan biri bu – homilador ayolni ishga qabul qilmaganlik uchun mansabdor shaxslarning huquqiy javobgarligidir. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 224-moddasida homilador ayollarni va bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar mustahkamlangan, ushbu moddaga muvofiq “homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish ta’qiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”1.
Xotin-qizlarning mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilishning eng ta’sirli davlat choralaridan biri bu – homiladorligi yoki yosh bolasi borligini bila turib, uni ishga olishdan g’ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo’shatish harakati uchun jinoiy javobgarlikning o’rnatilganligidir. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 148-moddasi shunday harakatlarni sodir etganlarga nisbatan eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishni ko’zda tutadi.
Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlashda jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jumladan, xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlarini to’la bilishlari va amalda foydalana bilishlariga erishish, onalik va bolalikni muhofazalashni yangi sifat darajasiga olib chiqish, ushbu muhim masalani nafaqat davlat, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarashni shakllantirish dolzarb masala ekanligini yana bir bor ta’kidlash zarur.
Yosh oilalarning ajralish holatlari, notinch oilalarning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil etish orqali ularni bartaraf etishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko’maklashishda komissiya tomonidan mahalla hududidagi yosh oilalarning ro’yxati doimiy ravishda yangilab borilishi, yosh oilalardagi vaziyat, ijtimoiy-ma’naviy holat, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlardan xabardor bo’lish, oilaviy notinchliklarning sabablarini aniqlash va o’z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rib borishga ko’maklashish, yosh oila a’zolari, ayniqsa, xotin-qizlar o’rtasida oilada sog’lom muhitni shakllantirishga daxldorlik va mas’uliyat hissini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir.
Darhaqiqat, oila bor ekan, hayot abadiy. Oila – jamiyatning asosi, millatning davomiyligini ta’minlay-digan muqaddas dargoh. Shu bois, mahallada oila va nikoh munosabatlarining qonuniyligini ta’minlashga alohida e’tibor berish, buning afzalliklarini oila a’zolariga tushuntira bilish otalikni belgilash va yolg’iz onalikning oldini olishda muhimdir.
Oilaviy ajrimlarning oldini olish bo’yicha namunali oilalar tajribalarini ommalashtirish, “Oila – muqaddas dargoh”, “Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’laylik!”, “Farzandlari sog’lom oila – yurt ardog’ida” kabi mavzularda targ’ibot tadbirlari, suhbat va uchrashuvlar o’tkazish orqali oilaviy nizolarni bartaraf etish, erta nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oiladagi ijtimoiy ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga erishish mumkin.
Shu o’rinda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi holatlarga oid ko’rsatkichlarga e’tiborni qaratish lozim. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida otalikni belgilash holatlari ko’rsatkichlari 2016 yil yakuniga ko’ra jami 55505 tani tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 1735 taga kamaygan, oilaviy ajrimlar 29350 tani tashkil etib, 297 taga kamaygan, 15,16 yoshli qizlar o’rtasidagi erta tug’uruqlar 58 tani tashkil etib, 17 taga kamaygan, 17 yoshli qizlar o’rtasidagi tug’ruqlar 188 tani tashkil etib, 2taga kamaygan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra qayd etilgan yo’nlishlar bo’yicha ko’rsatkichlar bir muncha kamaygan bo’lsada, lekin mavjud muammolarni bartaraf etishda olib borilayotgan ishlar hali yetarli emasligi, aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot tadbirlari va tushuntirish ishlar samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi.
Mahallalar yig’ilishlarida oilaviy notinchliklarning sabablarini chuqur tahlil qilish, uni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish, oilalar mustahkamligiga xavf tug’dirayotgan muammolarni hal etish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Xotin-qizlar o’rtasida o’tkaziladigan targ’ibot tadbirlari orqali ularga oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari (noto’liq oilalar, tirik yetim bolalar soni, bolalarning nazoratsiz qolishi natijasida ular o’rtasida qonunbuzarliklar ko’payishi; oila a’zolari va qarindoshlar o’rtasida adovat paydo bo’lishi; nikohdan tashqari munosabatlar paydo bo’lishi va rivojlanishi; shaxsning ijtimoiy faolligi susayishi)ni anglatish muhim ahamiyatga egadir.
Fuqarolar yig’ini huzuridagi komissiyalar ishini tashkil etishda mahalla maslahatchilari alohida faollik ko’rsatmoqdalar. Xususan, ushbu komissiyaning Yarashtirish komissiyasi bilan hamkorlikda kelib tushayotgan murojaatlar asosida mavjud nizolarni ijobiy va tinch yo’l bilan hal etish bo’yicha olib borilgan ishlar natijasida 2016 yil davomida komissiyasiga kelib tushgan 114 666ta murojaatlarning 101 826 tasi muhokama etildi va mahalla aralashuvi bilan 79 205 ta oilaviy nizolar bartaraf etildi.
Ta’kidlash joizki, notinch oilalardagi muhit bolalarning nafaqat bolalik davrida, balki kelgusida o’zi mustaqil oila qurganda ham o’z asoratini saqlashi mumkin. Oiladagi notinchlik, oila a’zolari o’rtasidagi uzluksiz davom etadigan nizolar, shaxslararo munosabatlarning o’zaro hurmat axloq va odob mezonlari asosiga qurilmagani, oila a’zolari (er-xotin, ota-ona- farzand)da mehr-oqibat yetarli ravishda shakllanmagan qiz yoki o’g’il kelajakda oila qurganda, turmush o’rtog’iga ham mehr-oqibati va hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi, onalik yoki otalik burchini talab darajasida bajara olmaydi.
Shuning uchun fuqarolar yig’ini huzuridagi komissiya a’zolarining yosh oilalardagi muhitdan doimiy ravishda xabardor bo’lishi, muammolarni o’z vaqtida bartaraf etishga ko’maklashishi, oilaviy ajrimlarga yo’l qo’ymaslik, oilani mustahkamlash masalasiga jiddiy yondashish, oilalar mustahkamligiga xavf tug’dirayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga e’tibor qaratishlari, ayniqsa, mustaqil hayot bo’sag’asidagi yigit-qizlarning oila, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyatini anglab yetishlariga ko’maklashish, “mustahkam oila” g’oyasining mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish bo’yicha tizimli va ta’sirchan targ’ibot ishlarini tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Ushbu vazifa ham o’z navbatida komissiya a’zolaridan juda katta mas’uliyatni talab etadi. Komissiya a’zolari bu borada, ya’ni yosh yigit va qizlarni mustaqil hayotga sifatli tayyorlash, ularda oilaviy mas’uliyat hissini shakllantirish, ayniqsa, ota-onalarning bu boradagi tushunchalarini to’g’ri yo’naltirish ishlarini tizimli tashkil etish va amalga oshirish orqali oilalarda ma’naviy muhitning barqarorligi hamda oilalarning mustahkam bo’lishiga hissa qo’shadilar.
Mustaqil hayot bo’sag’asida turgan yigit va qizlar o’rtasida tashkil etiladigan va o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hududdagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etish, tadbirlarning maqsadi va mazmuni ssenariysini puxta ishlab chiqish va o’tkazish, bunday tadbirlarda oilalarda sog’lom ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning inson kamolotidagi o’rni, yoshlarning oila qadriyatlariga munosabati yuzasidan yoshlarning shaxsiy fikrlarini eshitish tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadbirlarda mustaqil hayotga sifatli tayyorgarlikning mohiyati, yoshlarning oila, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati masalasiga alohida e’tibor qaratish, ushbu masalalarni hayotiy misollar orqali yoshlarga anglata bilish muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi yo’lidagi bunday sa’y-harakatlar mahalla hududida oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar va yoshlar o’rta-sida huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, noqonuniy oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga xizmat qiladi. Ayniqsa, qizlarni oilaga tayyorlash, yigitlarda ham oilaviy burch, erlik va otalik mas’uliyati borasida bilim va tushunchalarini oshirishga ko’maklashish, yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda uyda ish bilan band bo’lmagan xotin-qizlarni aniqlash va ishga joylashtirishga yordamlashish zarur.
Qizlar o’rtasida “Salomatlik – tuman boylik”, “Qiz bolaning burchi va mas’uliyati”, “Hayo – qiz bolaning libosi”, “Erta turmushning salbiy oqibatlari”, “Muomala, libos va biz”, “O’g’lim senga aytaman.. .” kabi mavzulardagi muloqotlar, “Mahallamiz chevarlari”, “Mahallamiz malikasi”, “Oshxona malikasi”, “Qo’li shirin, oqila qiz” mavzularida bellashuvlar, tanlovlar o’tkazish ularning ma’naviyatini, madaniyatini yanada yuksaltirishda qo’l keladi, ta’lim muassasalarida o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
“Eng namunali oilaviy kutubxona” tanlovini tashkil etish ham o’z navbatida xonadonlarda yangi oilaviy kutubxonalar paydo bo’lishi, ota-onalar va ularning farzandlarining kitobxonlik madaniyatini rivojlanti-rishga yordam beradi. Bular oxir-oqibatda oilada ota-onalar va farzandlarning ma’naviy kamolotiga, oilada ma’naviy muhitning barqaror bo’lishiga xizmat qiladi.
Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayri-ijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularni vujudga keltiradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga ko’maklashish ham komissiya faoliyatining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Konstitusiyamizning 64-moddasida: “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”, deb belgilab qo’yilgan. Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatning barcha sohalarida faol ishtirok etmoqdalar, uy-ro’zg’or, ish faoliyati, bolalar tarbiyasining ham uddasidan chiqayotgan ayollar ko’p, albatta. Bundan jamiyatimizga ham, oilaga ham manfaat yetadi. Lekin afsuski, hayotda oiladagi ayollik, onalik burchi va mas’uliyatini, ayollik latofati, iffat va hayo-andishani unutib qo’yayotgan, ayollar ham yo’q emas. Ma’naviyatimizga, qadriyatlarimizga zid bo’lgan, xotin-qizlar sha’niga dog’ tushiradigan, ijtmioiy ma’anviy muhitga salbiy ko’rsatayotgan illatlardan yana biri – bu fohishalikdir. 2016 yil yakuniga ko’ra respublika bo’yicha profilaktik hisobda turgan fohisha ayollar 1730 nafarni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 288 nafarga oshgan, qo’shmachi ayollar 530 nafarni tashkil etib, 117 nafarga oshgan, fohishahona saqlovchi ayollar 785 nafarni tashkil etib, 221 taga oshgan.
Ba’zi onalar esa o’zlarining bolaga nisbatan e’tiborsizliklarini tirikchilik bilan “o’ta band ekanliklari” orqali oqlashga harakat qiladilar. Ammo bu sabablar bundaylarning o’zini oqlashlariga asos bo’la olmaydi.
Ba’zan oilada ota-onalarning murosasizligi, ayniqsa, ayolning o’z umr yo’ldoshini hurmat qilmasligi, ayrim ayollarning esa salbiy odatlar bo’lgan ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, turli yot g’oyalar ta’siriga berilib ketishi, farzand tarbiyasiga qiziqmasliklari, o’zlarining xulq-atvor va xatti-harakatlari bilan oilada voyaga yetayotgan farzandlariga ibrat bo’la olmaganliklari, hattoki, o’z farzandlariga umuman vaqt ajrata olmasliklari, befarqliklari, oilada ota tomonidan bolaga tanbeh berilganda, onaning noo’rin aralashuvi yoki bolani nazorat qilmaslik holatlari, uning qayerda, kimlar bilan aloqada ekanliklarini bilmasliklari, bolaning kun tartibi va faoliyatini to’g’ri tashkil etishga, maqsadli yo’naltirishga e’tiborsizliklari va mas’uliyatsizliklari, farzand oldidagi burch va majburiyatlarini anglamasliklarini namoyon qilmoqda. 2015-2016 yil yakunlariga ko’ra profilaktik hisobda turgan farzandlar ta’siriga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ota-onalar 4284 nafarni tashkil etib, 76 nafarga oshgani fikrimiz dalilidir.
Jamiyatdagi global muammolar va axborot xurujlari kuchaygan ayni paytda bolalarni asrashda har qachon-gidan ham hamjihat bo’lib harakat qilishni davrning o’zi taqozo etayotir. Bu borada eng katta tahdid Internet tarmog’i orqali yuz berayotgani sir emas. Bolalarni tobora qamrab olayotgan Internet saytlarining hammasi ham foydali emas. Xalqaro ekspertlar tomonidan dunyo miqyosida 38 foiz bola zo’ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foiz bola millatchilik targ’ib etilgan veb-sahifalarni muntazam kuzatishi aniqlangan. YuNISEF ma’lumot-lariga ko’ra, Internetdan foydalanadigan bolalarning 90 foizi axloqsiz surat va videolarga duch kelishi, 60 foizi bu turdagi axborotni maqsadli izlagani aniqlangan. “Ommaviy madaniyat” illatlari aynan Internet orqali bolalarning ongi va qalbiga tahdid solmoqda.
Fuqarolar yig’inlari huzuridagi komissiyalar, faollar, profilaktika nozirlari hamkorlikdagi faoliyatida “yopirilib” kelayotgan, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo’lgan xurujlarga qarshi kurashishi, har bir oilada sog’lom ma’naviy muhit hukm surishi, yoshlarda fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish ko’nikmasi shakllanishi uchun intilishlari, bu borada ta’sirchan mehanizm sifatida har bir oila bilan individual suhbatlar o’tkazish, yoshlarning qiziqishi va bandligini nazoratga olish, ta’lim muassasalarida turli tadbirlarni tashkil etish lozim.
Tadbirlar doirasida aholi, ayniqsa, yoshlarning ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik mafkurasi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari ta’siriga tushib qolmasliklari hamda huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan aniq manzilli targ’ibot tadbirlarini o’tkazish ham ko’zda tutish, davra suhbatlarini dolzarb mavzularga bag’ishlash va ishchan ruhda o’tishiga e’tibor qaratish, xususan, odam savdosi, giyohvandlik, axborot xuruji, noqonuniy mehnat migrasiyasi kabi mavzularda hayotiy misollar orqali suhbatlar tashkil etish, interfaol usulda mashg’ulotlar olib borish muhim ahamiyatga egadir.
Xotin-qizlar o’rtasida aholi sog’lig’ini va millatimiz genofondini saqlashga qaratilgan “Sog’lom ona – sog’lom bola” loyihasining mazmun va mohiyatini tushuntirish, oilalarda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, xotin-qizlarni turli kasalliklardan himoya qilish bo’yicha tibbiy bilim va tibbiy madaniyatini oshirishga, sog’lom turmush tarzining asosi sifatida sog’lom ovqatlanishni targ’ib etish, kasalliklar tarqalishining oldini olish, ayniqsa, xorijiy davlatlardan qaytgan yoki nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rikdan to’liq o’tishlariga erishish, bu borada tushuntirish ishlari, tavsiya, maslahat, munozaralarni muntazam tashkil etish muhim o’rin tutadi.
Insonning salomat bo’lishi, uzoq umr ko’rishida oila va oilaviy munosabatlarning o’rni katta. Reproduktiv salomatlik – insonnning nasl qoldirishga tegishli bo’lgan aqliy, jismoniy va ijtimoiy yetukligidir. Targ’ibot tadbirlarida ota-ona farzandlaridagi faqatgina tartib-intizom, axloq-odob masalalarinigina emas, balki ularning jismoniy ahvoli, o’g’il farzandlarda ayolga hurmat va munosabat, muomala madaniyati shakllanishini kuzatib, nazorat qilib, tushuntirib borishlari, oilani to’g’ri va oqilona tashkil qilish kishi salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib borish kerak.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 365-sonli qaroriga muvofiq, nikohlanuvchi yoshlar, albatta, tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Ayrimlar ana shu shartni bajarmaslik uchun rasmiy nikohdan o’tmasdan oila qurmoqda. To’ydan keyingi tibbiy ko’rik ba’zan tuzatib bo’lmas xatolarni keltirib chiqaradi.
Mazkur qarorga binoan nikohlanuvchilar FHDYo bo’limiga nikohni qayd ettirish maqsadida murojaat qilgach, ularga tibbiy ko’rikdan o’tishi uchun yo’llanma beriladi. Tibbiy ko’rik nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi psixiatr shifokorlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari mutaxassislari tomonidan bepul o’tkaziladi. Buning natijasida kelin yoki kuyovda qandaydir kasallik aniqlansa, tibbiyot muassasasining mas’ul xodimi xulosa ma’lumotnomasi berishda nikohlanuvchi shaxsga aniqlangan kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo’ladigan oqibatlarini tushuntiradi. Afsuski, ba’zilar tibbiy ko’rikni ortiqcha dahmaza hisoblashadi, uning mazmun-mohiyatini tushunib yetishmaydi. Bu aslida oila mustahkamligi va sog’lom avlod yo’lidagi katta g’amxo’rlik. Faqat O’zbekistondagina nikohlanuvchi shaxslar bepul tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi, boshqa biror mamlakatda bunday imtiyoz yo’q.
Qizlarni erta turmushga uzatish ham bugungi ijtimoiy muammolardan biridir. Bu faqat birgina oilaning emas, jamiyatning muammosi. Chunki endigina 17-18 yoshga kirgan qiz kelin bo’ldi, u hademay farzand ko’radi. Lekin aslida uning o’zi hali bola. Bolalik erkaliklarini tark etmagan qiz ro’zg’or yumushlarini bajarishga, oilaviy munosabatlarga, kuyov va uning yaqinlarining xizmatini qilishga tayyor emas. Ayrimlar bunga “Oila Kodeksining 15-moddasida ham qizlar uchun nikoh yoshi 17 yosh qilib belgilangan-ku, bu qonun buzilishi emas-ku”, degan fikrni bildirishadi. Umuman olganda, gap qonunlarda yoki qonunni buzganligi uchun beriladigan jazoning og’ir yoki yengilligida emas, balki erta turmushning yoshlar hayotiga, salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olishdadir. O’ylamay qo’yilgan qadam bir emas, bir necha oilaning tashvishiga sabab bo’ladi. Erta turmushga chiqqan qizlarimizda kamquvvatlik, bolalari nogiron bo’lishi, tug’ruqdan keyingi kasallik asoratlari, birinchi marta farzandli bo’lishning og’ir kechishi oqibatida boshqa homilador bo’la olmaslik holatlari kuzatiladi.
Shunday ekan, ota-onalar “tengi chiqsa, tekin ber” qabilida ish tutmasdan, qizlarini hyech bo’lmaganda 19 yoshga to’lganidan keyin uzatishlari lozim. Farzand ko’rish uchun ham 20-30 yosh har tomonlama qulay hisoblanadi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib mahalla, oilalarda aholi, ayniqsa xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
- mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda jamoat tashkilotlari bilan davlat organlari o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda ushbu jarayonlarga jamoatchilikning ta’siri va rolini yanada oshirish;
- manfaatdor davlat, jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlikda erta nikohga yo’l qo’ymaslik, oilaviy ajrimlar, o’z joniga qasd qilish, erta tug’ruq hamda diniy ekstremistik oqimlarga mansub yoki moyilligi sezilgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlarni o’tkazishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
- mahallalarda hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar hamda fuqarolar yig’inlari huzuridagi komissiyalar faoliyatini notinch oilalar, jinoyat sodir etgan yoki shunga moyilligi bor fuqarolar va ularning oilasidagi muhitning nazoratini kuchaytirishga yo’naltirish;
- mehnat migrantlari bo’yicha olib borilayotgan monitoring ishlarini yanada takomillashtirib borishga hamda mehnat migrantlarining turli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot tadbirlarining samaradorligini oshirish;
- xotin-qizlar o’rtasida nosog’lom diniy g’oyalar ta’siriga tushib qolish, o’z joniga qasd qilish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish holatlarining oldini olish, vaqtincha ishsiz ayollar va uy bekalari hamda notinch oila hotin-qizlari bilan tizimli uchrashuvlar, manzilli ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- fuqarolar yig’inlari xodimlari hamda jamoatchilik tuzilmalari a’zolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda qabul qilingan yangi qonun xujjatlari, kundalik yangiliklar bilan tanishib borishlarini ta’minlash.



Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish