Ta’limi vazirligi jizzax viloyati baxmal tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabining sonli buyrug’I



Download 278,5 Kb.
bet13/26
Sana10.07.2022
Hajmi278,5 Kb.
#772658
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
xotin qizlar xujjatlari

asosiy imtiyozlar
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo’yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab 2019 yilning 1 yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to’lanadigan mablag’larga teng miqdorda, mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lovni to’lashdan ozod qilinadi.
Korxonaning buyurtmasi yuzasidan tuzilgan shartnoma bo’yicha ishlarni bajarish uchun kasanachiga tekin foydalanish uchun korxona tomonidan berilgan asbob uskunalar, jihozlar va inventarlar foydalanish davrida mulk solig’i to’lovidan ozod qilinadi.
Korxonalar bilan mehnat shartnomasi tuzgan kasanachilar band aholi toifasiga kiradi va ularga mehnat daftarchasi beriladi, pensiyalar va ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar tayinlashda ishlagan vaqti mehnat stajiga qo’shiladi. Kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun mo’ljallanmagan joylar toifasiga o’tkazish talab etilmaydi.
Kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qo’shimcha sertifikatlash va standartlash talab etilmaydi. Kasanachilar faoliyatini alohida tekshirishga ruxsat berilmaydi, tekshirish buyurtmachi korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilganda nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirishi mumkin.


Kasanachiga xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar berish tartibi, mahsulotlarni olib ketish hamda bajarilgan ishlar uchun hisob- kitob qilish kafolatlari
Ish beruvchi kasanachiga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun tegishli sifatga ega bo’lgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar taqdim etadi (beradi). Korxonalar buyurtmalari bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun kasanachilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar beriladi.
Ish beruvchi mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarishi uchun zarur bo’lgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni kasanachiga berishi hamda yetkazib berishni ta’minlashi shart.
Kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarish uchun xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni mustaqil ravishda sotib olishga haqli emas.
Buyurtmaga muvofiq bajarilgan mahsulotlarni ish beruvchi tomonidan qabul qilib olish, qoidaga ko’ra, kasanachining ishlarni bajargan joyida amalga oshiriladi. Qabul qilib olish vaqtida mahsulotlarni topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi tuziladi, unda ishlab chiqarilgan mahsulot (buyumlar, xizmatlar)ning miqdori, ish beruvchi tomonidan buyumlar (mahsulotlar, xizmatlar)ning sifat standartlariga qo’yiladigan talablarga muvofiq sifati ko’rsatiladi. Kasanachi tomonidan ish beruvchi talab qiladigan standartlarga muvofiq mahsulotlarni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi qabul qilingandan keyin, mahsulotlarning keyinchalik sotilishidan qat’i nazar, ular uchun ish beruvchi tomonidan haq to’lanishi shart.
Kasanachilar tomonidan buyurtmachi korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to’liq rioya qilingan taqdirda, kasanachilik sharoitlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va ko’rsatilgan xizmatlarni qo’shimcha ravishda sertifikatlash va standartlashtirish talab qilinmaydi.Uyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining belgilangan standartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik, ular sanoat korxonalariga qaytarilgan taqdirda – kasanachilarga yuklanadi, oxirgi iste’molchilarga sotilgan taqdirda esa – sanoat korxonasiga yuklanadi.
Kasanachilik” tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs – kasanachining yashash joyi bo’yicha yoki unga yoki uning oila a’zolariga tegishli bo’lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo’yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish bo’yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.
Kasanachi – 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi jismoniy shaxs.
Basharti kasanachilik xususiyati kasanachi bilan to’liq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilishi zarurligini taqozo etsa, 18 yoshga to’lgan shaxslar kasanachilikni amalga oshirishga qo’yiladilar.
Ish beruvchi – kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachi uchun ishlab chiqarish binosini belgilaydigan, uni asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan, bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va unga haq to’laydigan yuridik shaxs.
Kasanachilikni tashkil etishga agar mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun kasanachi o’z yashash joyida zarur binolarga, shu jumladan turar joy binosiga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi, yoxud malakaga o’qitilishi sharti bilan yo’l qo’yiladi.
Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joy binolarini noturar joy binolar toifasiga o’tkazish talab qilinmaydi.
- Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlari va xizmat ko’rsatish sohalarida korxonalar bilan korxonalarning buyurtmalari bo’yicha uyda mahsulotlar ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko’rsatayotgan fuqarolar o’rtasidagi kooperasiya asosida tashkil etiladi.
- Qonun hujjatlarida belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga lisenziya olish talab qiladigan, shuningdek, uyda quvvatli, energiyani ko’p talab qiladigan va texnik asbob-uskunalardan, shuningdek, uy sharoitlarida nazorat qilib bo’lmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab etadigan xavfli kimyoviy komponentlardan foydalanib kasanachiga ishlarni bajarishga (xizmatlar ko’rsatishga) va mahsulotlar ishlab chiqarishga (xizmatlar ko’rsatishga) yo’l qo’yilmaydi.
Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin bo’lmagan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va mahsulotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- Yong’in xavfsizligining belgilangan qoidalariga, sanitariya va gigiyena normalariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek, kasanachilarning uy-joy-maishiy sharoitlari xususiyatlariga muvofiq kasanachilikning ayrim turlariga yong’in va sanitariya inspeksiyasi, shuningdek, Davlat mehnat texnik inspeksiyasi organlarining ruxsati bilan yo’l qo’yilishi mumkin.
- Kasanachilar ishining aniq turlari ularning kasb malakasi, salomatligi hisobga olingan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi (ish xususiyati, foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar, xom ashyo, materiallarning xossalari, nogironlarga nisbatan TMEK tavsiyalari e’tiborga olinadi).
- Kasanachilar tomonidan ishlarni bajarish kasanachi oilasining a’zolari ishtirokida (yordamida) ish beruvchining roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda kasanachi unga yordam beradigan oila a’zolari tomonidan bajariladigan ishlar sifati uchun ish beruvchi oldida javob beradi.



Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish