Ta’limga investitsiya kiritishni rag‘batlantirish yo‘llari


-rasm. O‘zbekistonda ta’lim darajasining ish haqiga ta’siri



Download 5,4 Mb.
bet17/19
Sana17.07.2022
Hajmi5,4 Mb.
#814178
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Diplom ishi

17-rasm. O‘zbekistonda ta’lim darajasining ish haqiga ta’siri
Ta’lim tizimiga investitsiyalar haqida gapirar ekanmiz, ta’limni, xususan oliy ta’limni va fan-texnikani rivojlantirish, xodimlar malakasini oshirish iqtisodiyotga va insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi degan o‘rinli savol yuzaga keladi.
Bu savolga ilmiy asoslangan javoblarni olish uchun Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ish haqining taʼlim darajasiga bogʻliq holda ortib borishini oʻrganib chiqdi.
Buning uchun 18 yoshdan katta fuqarolar ishtirokida onlayn soʻrov oʻtkazildi va mamlakatimizning turli hududlaridan 1 ming 152 ta (61 foiz erkaklar, 39 foiz ayollar) javob olindi.
PMTIdan maʼlum qilishlaricha, tahlil jarayonida “Minserning daromadlar tenglamasi qoʻllanildi va baholash Stata dasturiy taʼminotida eng kichik kvadratlar uslubida amalga oshirildi. Tadqiqot natijasida Oʻzbekistonda ish haqidagi ustama fan doktori (yoki DSc) ilmiy unvoni uchun 61 foizdan, PhD yoki fan nomzodi uchun 41 foizdan yuqori ekanligi, shu bilan birga, bakalavr bosqichining imtiyozli diplomiga ega xodimlar mehnat bozorida oddiy diplom sohiblariga qaraganda 8,5 foiz koʻproq maosh olishi aniqlandi.
Soʻrovda ishtirok etganlar orasida iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha kompyuter texnologiyalari sohasida band boʻlganlarning oʻrtacha maoshi eng yuqori ekanligi maʼlum boʻldi. Ular boshqa tarmoqlarda band boʻlganlarga nisbatan 28 foizdan 37 foizgacha koʻproq ish haqi oladi. Iqtisodchilar 24-37 foiz, moliyachilar 29-30 foiz, professional va ilmiy-texnik faoliyat bilan shugʻullanuvchilarning oʻrtacha oyligi 27-38 foiz koʻp ekanligi oydinlashdi.
Baholash natijalariga koʻra, yurtimizda har bir qoʻshimcha taʼlim yili ish haqining oʻrtacha 10 foiz oshishiga imkoniyat yaratadi va bu koʻrsatkich BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti - YUNESKO ning bahosiga mos keladi.
Institut ekspertlari tadqiqotning keyingi bosqichida zarur bilim, mahorat va yuqori malakaga ega boʻlib, maʼlum bir kasbni egallash uchun qancha miqdorda sarmoya kiritish zarurligini hisoblash imkonini beradigan kalkulyatorni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda26.
Demak yuqoridagi tahliliy ma’lumotlardan kelin chiqib aytishimiz mumkinki, ta’lim sohasiga kiritilgan ozgina investitsiya ham kelgusida o‘zining samarali natijasini berishi mumkin ekan.
O‘zbekistonga xorijiy investorlarni jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Aslida OTMlar ham yaxshi investitsiya manbaasi ekanligini unutmaslik kerak.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra YuNESKOning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistondan chetga o‘qishga ketgan talabalar soni 34990 nafar bo‘lgan. Buni 35 ming deb yaxlitlab olsak, xorijda o‘rtacha o‘qish puli 7 ming dollar, yashashga yana 5 ming dollar ketsa, demak, O‘zbekistondan bir yilda 420.000.000 (to‘rt yuz yigirma million) AQSh dollari chiqib ketadi, buni yana 4 yilga ko‘paytirsak 1.680.000.000 (bir milliard olti yuz sakson million) AQSh dollariga teng bo‘ladi.
Ha, bu ancha-muncha mablag‘, shunday emasmi? Uning ozroq qismiga bir nechta yangi OTMlar tashkil etish yoki borlarini kuchaytirib, ko‘proq talabalarni qabul qilish hamda xorijdan manaman degan professorlarni olib kelib, OTMlarimizda ishlatish mumkin. Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q deb shunga atishsa kerak-da! Buni amalga oshirish uchun bizga nima to‘sqinlik qilmoqda?!
Bunga bir yechim sifatida yuqorida keltirilgan takliflarni jadallik bilan joriy etish darkor. Agar shu kabi mablag‘lar jalb etilib, to‘g‘ri yo‘naltirilsa, bizdagi OTMlar ham dunyo reytinglaridan bemalol joy olishi mumkin hamda haqiqiy innovatsiya markazlariga aylanishi ham hech gap emas.
Yuqorida qayd etilganidek, davlat NNT shaklidagi yangi OTMlarni tashkil etish va faoliyati uchun teng shart-sharoit yaratishi zarur. Kerak bo‘lsa, ushbu masalada davlat dasturi qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Shu o‘rinda hozirda tashkil etilayotgan xususiy OTMlarni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etish amaliyoti oliy ta’lim tizimi xususiyatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Buning sababi quyidagilardan iborat.
MChJlar tijorat tashkilotlar turiga kiradi. Ularning maqsadi daromad olish va tashkil etgan muassislar o‘rtasida taqsimlashdan iborat. OTM esa daromad topib, bo‘lishib oladigan dargoh emas.
Shu bois ularning NNT shaklida tuzilishi maqsadga muvofiq. Chunki NNT shaklidagi OTMlarning ishlab topgan pul mablag‘lari faoliyatini rivojlantirish va professor-o‘qituvchilarga maosh to‘lash va boshqa ehtiyojlarga ishlatiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, NNTlar ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin, faqat ularda olingan daromadni muassislar o‘rtasida taqsimlash huquqi yo‘q — bu esa OTMning maqsadiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, har bir xususiy OTM bo‘yicha alohida hukumat qarori qabul qilinishi, turli imtiyozlar berib, faoliyatini yo‘lga qo‘yish amaliyoti ham yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Chunki oliy ta’lim tizimida ham sog‘lom raqobat muhiti bo‘lishi shart. Yuqorida ta’kidlanganidek, barcha OTMlarning faoliyat olib borishi uchun yagona huquqiy asos – bir xil sharoitlar yaratilishi lozim.
Shu o‘rinda chet el OTMlari filiallarini tashkil etish masalasiga to‘xtalsak. Xalqaro hamkorlik yaxshi, biroq bizda mavjud OTMlarimiz rivojiga e’tibor berish va milliy brendlarni yaratishga erishish darkor. Hozirda ushbu filiallarda ham asosan o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Chet ellik mutaxassislar kelib muammolarimizni hal etib beradi deb kutib o‘tirishimiz noto‘g‘ri, ularni o‘zimiz o‘z bilim va mehnatimiz orqali bosqichma-bosqich hal etishga harakat qilishimiz kerak. Agar mahalliy OTMlarimiz rivojlansa, xohlagan paytda chet ellik professorni yollab ishlatish mumkin. Hozirda OTMlarimiz o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarni to‘liq qamrab olmaganligi hech kimga sir emas. Ko‘p yoshlarimiz xorijiy universitetlarga o‘qishga ketyapti.
2021 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistondagi bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi27. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida taqdim etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligining Ichki audit xizmati hisobotida aytiladi.
Yanvar-sentabr oylarida vazirlik tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbiri o‘tkazilib, ulardan 106 tasi (37%) fuqarolarning murojaati asosida bo‘lib o‘tgan.
Tadbirlar davomida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd so‘m kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish xolatlari aniqlangan. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish xaqilari 2,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Jumladan:

  • Chilonzor tumanidagi 291-sonli MTT 2020−2021 yillarda 8 nafar ishlamagan va vazifalarini bajarmagan xodimlarga 32 mln so‘m;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi 1-son DMTTda ishlamagan va vazifalarini bajarmagan xodimlarga 8 mln so‘m;

  • Samarqand shahardagi 58-sonli MTTda 2019−2021 yillarda 5 nafar ishlamagan va vazifalarini bajarmagan xodimlarga 17 mln so‘m noqonuniy xisobdan chiqarilgan.

Bundan tashqari, profilaktika natijasida 5,5 mlrd so‘mlik mablag‘ va tovarlarning talon-taroj bo‘lishi oldi olingan. Jumladan, Andijon viloyatining 9 ta tuman shaharlarida 2,8 mlrd so‘mlik mebel jihozlar buxgalteriya balansiga kirim qilinmaganligi aniqlangan. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida 2021 yilning yanvar oyida xarid qilingan mebel jihozlari 5 oydan buyon kirim qilinmasdan kelayotganligi aniqlanib, tashkilot xisobiga kirim qilingan.
Tashkilotlar mulkini qayta xatlar inventarizatsiya qilish natijasida 962 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar ortiqchaligi aniqlanib tashkilot xisobiga qayta kirim qilindi. Boshqa holatda oziq-ovqat maxsulotlari to‘liq olinmagan bo‘lsada, Navoiy viloyati Xatirchi tumani MTB tomonidan 100% pullarni ta’minotchiga o‘tkazib berish oqibatida 152 mln so‘m muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Shundan 66 mln so‘m 2018−2019 yildan buyon undirilmagan va undirish choralari ko‘rilmagan. Shuningdek, mulkni sotishdan tushgan mablag‘lardan 242 mln. so‘mi tegishli maxalliy budjetlarning daromadiga o‘tkazib berilmagan. Bundan tashqari, vazirlikning ma’lum qilishicha, tizimdagi tashkilotlar tomonidan davlat xarid qonunchiligi talablariga amal qilmasdan amalga oshirilgan xaridlar 10,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
2021 yilda xalq ta’limi muassasalarida 91,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xato-kamchilik aniqlandi, shundan 27,1 mlrd so‘mi noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi Ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi28.
Ta’kidlanishicha, Hisob palatasi boshchiligida o‘tgan yili Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan tekshirishda, xodimlarning daromad solig‘ini Davlat byudjetiga o‘tkazmasdan, tizimda ishlamaydigan begona shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish orqali 11,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. (2020 yilda vazirlik tomonidan Andijon shahrida 28,4 mlrd so‘m mablag‘ kassaga kirim qilmasdan va ishlamaydigan xodimlarga to‘lash orqali o‘zlashtirilgan).
Ma’lumot uchun, 2020 yilning hisobot ko‘rsatkichlariga nisbatan jami qonunbuzilish holatlari (228,3 mlrd so‘m) 1,5 baravarga, kamomad va o‘zlashtirish holatlari (70,7 mlrd. so‘m) 2,6 baravarga kamaygan.
Tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 161 ta 76 mlrd so‘mlik o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
Bu kabi noqonuniy o‘zlashtirishlar esa tabiiyki tizimni to‘g‘ri va mukammal ishlamasligidan dalolat beradi. Ayni shu sababdan kerakli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish zarur, davlat atshkilotlari ustidan davlat nazoratini kuchaytirishimiz lozim. Qolaversa, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarishimiz lozim. Zero, farzandlar ta’lim tarbiyasi mamlakat kelajagini belgilab berar ekan, bunga jiddiy e’tibor qaratish va yuzaga kelayotgan kamchiliklarni esa darhol bartaraf etishimiz zarur.



    1. Download 5,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish