Ta’limda innovasion texnologiyalar a. A. Karimov, «informatika va axborot texnologiyalari»


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy



Download 14,54 Mb.
bet5/73
Sana30.04.2022
Hajmi14,54 Mb.
#599677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
IAT texnologiya

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy
jihatdan uzviyligi

«Informatika va axborot texnologiyalari» fani «Oliy matematika», «Fizika», «Elektronika» fanlariga asoslanib, «Dasturlash texnologiyasi», «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», «Axborot xavfsizligi», «Elektron tijorat», «Kompyuter grafikasi va dizayn» fanlariga ega - asoslardan biridir.




Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanining o’qitilishi hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, barcha yosh mutaxassislar uchun o’rinli hisoblanadi. Bu bilan birga jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamon talablarini bajarish uchun har bir mutaxassis kompyuterdan foydalana olish malakasiga ega bo’lishi kerak. Bu o’rinda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining o’qitilishi mohiyati bilan maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.


Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ko’p turdagi ishlab chiqarish sohalari avtomatlashtirilmoqda, shu asosda fanni o’zlashtirish davomida talabalar avtomatlashtirilgan tizimlar ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Olgan bilimlarini esa ishlab chiqarishning barcha sohalarida qo’llashlari mumkin.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

«Informatika va axborot texnologiyalari» kursining jihatlarini hisobga oluvchi modulli prinsipi qo’llanilishi yangi modul elementlarini modulining ichki strukturaviy o’zgarishini, ularning mantiqiy butunligi saqlangan holda yangilanish imkoniyatlarini beradi.


«Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo’yicha ta’lim berish jarayonida yangi pedagog texnologiyalar va o’qitishning zamonaviy vositalaridan foydalaniladi.
Fanni o’zlashtirishda masofadan o’qitish, darslik, o’quv qo’llanmalar va ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, elektron plakatlar va virtual laboratoriya ishlaridan foydalaniladi. Bu esa talabalarni nafaqat nazariy, balki olgan bilimlarini amaliyotda ko’rish va tushunchaga ega bo’lishlariga yordam beradi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashgulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.

Download 14,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish