10-mavzu
|
Elektron jadvallar to’g’risida ma’lumot. Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari. Excelda ma’lumotlarni qayta ishlash.
|
|
10.1
|
Ma’ruza mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi
|
|
10.2.
|
Bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish bo’yicha amaliy mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi
|
|
11-mavzu
|
Excel funksiyalari va ulardan foydalanish. Excelda diagrammalar tuzish.
|
|
11.1
|
Ma’ruza mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi
|
|
11.2.
|
Bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish bo’yicha amaliy mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi
|
|
12-mavzu
|
Power Point grafik muharriri to’g’risida tushuncha. Ko’rgazmali namoyish va slaydlar tashkil qilish.
|
|
12.1
|
Ma’ruza mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi
|
|
12.2.
|
Bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish bo’yicha amaliy mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi
|
|
K I R I SH
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ta’lim texnologiyasi «Oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’qitish texnologiyasi» o’quv qo’llanmasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda Prezidentimiz I.A. Karimovning «O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor» degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala «Barkamol avlod yili» Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Majmuada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi.
Majmua tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan.
Majmuaning konseptual asoslari qismida dastlab «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o’quv fanining tarkibiy tuzilishi, o’qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikasiyalar, axborotlar berilib, so’ngra loyihalashtirilgan, o’qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
Ma’ruzaning xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mavzu o’ziga xos ta’lim texnolo- giyasi asosida tuzilgan.
Mualliflar jamoasi mazkur ta’lim texnologiyasini yaratishda professor B.Yu. Xodiyevning umumiy tahriri ostida ishlab chiqilgan «Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi» majmuasidan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |