6-mavzu. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
Axborot jarayonlarning dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minot turlari: amaliy, tizimli va uskunaviy. Kompyuter amaliy dasturiy ta’minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi. Amaliy dasturlar paketi va ular yordamida yechiladigan masalalar turkumi. Kompyuter uskunaviy dasturiy ta’minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi. Uskunaviy dasturiy vositalar paketi. Kompyuter tizimli dasturiy ta’minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi. Operatsion tizimlar, ularning turlari va ahamiyati. Kompyuter va mobil qurilmalar operatsion tizimlari. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va o’tiladilar. Axborotlarni siqish usullari. Axborotlarni arxivlash dasturlari.
7-8-mavzular. Operatsion tizimlar
Operatsion tizimlar, ularning vazifasi, tarkibi va asosiy funksiyalari. Kliyent va server operatsion tizimlari. Operatsion tizimlarning omillar bo’yicha tasniflanishi: razryadli, buyruqli va obyektga yo’naltirilgan, bir va ko’p masalali, tarmoq va lokal operatsion tizimlari. Fayllar va papkalar. Fayl tizimi va uni boshqarish. Operatsion tizim grafik dasturlari va ularning imkoniyatlari. Qurilmalarni boshqarish tizimi. Mantiqiy obyektlarni boshqarish. Operatsion tizim fayllar menejeri. Diagnostika va monitoring vositalari. Kommunikatsiya va xavfsizlik vositalari. Tarmoqlar orqali murojaatlarni boshqarish. Tarmoqlar va uning resurslarini boshqarish. Dasturlarni o’rganish va o’chirish. Chop etuvchi qurilmalarni o’rnatish va sozlash. Qattiq dsiklarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish.
9-10-11-12- mavzular. Axborotga ishlov berish texnologiyalari
Axborotlarni hujjatlar shaklida tahrirlash texnologiyasi. Matnli fayllar. Matn protsessorlarining imkoniyatlaridan samarali foydalalnish yo’llari. Matn protsessorlari yordamida murakkab, rasmiy va elektron hujjatlarni shakllantirish. Soha va idoraviy axborotlarni yaratish va ishlov shablonlar. Mundarijalar, kolontitullar, ko’chirmalar va giperbog’lanishlarni shakllantirish. Hujjatlar ustida jamoa bo’lib ishlash. Hujjat xususiyatini va sahifalarini parametrlarni sozlash. Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi.
Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval protsessorlarining funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish. Formula va standart funksiyalar va ulardan oqilona foydalanish yo’llari. Sohaga oid jadval ma’lumotlarini guruhlash, tartiblash, saralash va filtrlash. Umumlashgan elektron jadvallar bilan ishlash texnologiyasi. Grafik va diagrammalarni shakllantirish va ularni bezash. Shablonlardan foydalanish. Elektron jadvallarda axborotlarni himoyalash. Elektron jadval fayllari xususiyatini va chop etish parametrlarini sozlash.
Axborotlarni taqdimotlar ko’rinishida shalklantirish texnologiyasi. Taqdimot texnologiyalari imkoniyatlarini sohaga samarali tadbiq etish yo’llari. Konstruktorlar, maketlar va shablonlardan taqdimotlar yaratishda optimal foydalanish. Taqdimotda turli obyektlarni joylashtirish. Animatsiya masalalari. Tovush, tasvir matn va harakatlar uyg’unligini ta’minlash. Taqdimotni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |