Ta‘lim vazirligi



Download 65,73 Kb.
bet5/11
Sana23.07.2022
Hajmi65,73 Kb.
#845774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
matematika oqitish jarayonida vatanga muhabbat hissini tarbiyalash

b) Tarbiyaviy- O‘quvchilarga iqtisodiy,axloqiy, tarbiya berish ,ajdodlarimiz -Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sinolar va boshqa allomalar qoldirgan ma‘naviy merosni o‘rganib, o`quvchilarni ma‘naviy-madaniy ruhda tarbiyalash;
v) Rivojlantiruvchi-O‘quvchilar diqqatlarini jalblab, matematik fikrlash
qobiliyatini o‘stirish ,dunyoqarashlarini kengaytirish;
d) DTSlarga asosan ta‘lim mazmunini majburiy minimumi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida o'ziga xos, takrorlanmas, tarixiy an'analarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to'la javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Milliy modelning asosiy maqsadi har tomonlama komil insonni tarbiyalash va shaxs qalbida Vatanga muhabbat hissini uyg`otish.Komil insonni shakllantirish uchun ehg avvalo shaxsga yetarlicha tarbiya va ta`lim berish lozim.Demak ta`lim tizimida vatanparvarlikni shakllantirish uchun boy tariximizni va milliy qadriyatlarimizni bilishimiz zarur.
II-bob.O`rta asrlarga oid tarixiy ma`lumotlar asosida vatanparvarlikni tarbiyalash
2.1 Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda vatanparvarlikni tarbiyalash
Inson aqli insoniyat yaratgan turli bilimlarni o`rganish, uni o`zlashtirish asosida doimo rivojlanib boradi. Aqlni yanada rivojlantirmoq uchun inson to`g`ri fikrmulohaza yuritmog`i darkor. Buning uchun esa aqliy bilish, xususan, mantiqiy bilish usullariga suyanmog`i lozim. Mantiqiy bilish yordamida inson haqiqiy bilimni yolg`ondan ajratadi va noma‘lum narsalarni o`rganadi.Turli mantiqiy usullarni ta‘riflash, hukm, xulosa chiqarish, ayniqsa, isbotlash tufayli inson aqliy qobiliyati borgan sari rivojlanib boraveradi. O`quvchini mantiqiy fikrlashga, izlanishga, ijod qilishga, o`z navbatida mustaqil ta‘lim olishga, o`z-o`zini rivojlantirishga tayyorlash maktabning asosiy vazifasidir. Mantiqiy fikrlashni shakllantirishga oid olib boriladigan ta‘lim jarayonining asosiy mazmuni va mohiyatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.Umumiy o`rta ta`lim maktablarida vatanparvarlikni shaklllantirish ham aynan shu mantiqga borib tutashadi. Vatanparvarlik, pedagogik tushuncha sifatida ta‘limning maqsadi va vositasiga birdek tegishlidir. Ya‘ni ta‘limdan maqsad, avvalo, mantiqiy fikrlaydigan,insoniy fazilatlarni egallagan, o`z Vataniga nisbatan sodiq shaxsni tarbiyalashdan iborat. Bugun ta‘lim-tarbiya jarayonini davr talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo‘lgan zamonaviy darsning har biri o‘quvchi-yoshlar uchun o‘ziga xos quvonch doirasiga, har bir ta‘lim dargohi esa shodlik maskaniga aylanishi lozim. Xususan, darsga ishonch bilan kelib, o‘z o‘qituvchisini alohida hurmat va e‘zoz bilan kutib olish tuyg`usini shakllantirish bugungi kun ta‘lim-tarbiya jarayonining asosiy mezonlaridandir. O‘qituvchi dars paytida o‘quvchilarga to‘g`ri yo‘l-yo‘riq berib tursa, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan bolalar faol ishtirokchiga aylanganini o‘zlari bilmay qoladilar.
Prezidentimiz alohida ta‘kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta‘lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko‘pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
O`quvchilarda matematika darslaridan quyidagi natijalar ko`zlanadi:
-masalani yechish jarayonida o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning imkoniyatlarini aniqlash va ulardan foydalanish;

  • o‘quvchilarda nostandart masalalarni turli usullar bilan yechishni ijodiy fikr yurita olish ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali o`ziga nisbatan ishonch, vatanga nisbatan iftixor tuyg`usini shakllantirish;

  • o‘quvchilarda turli xil yangi adabiyotlarni taqdim etish,buning natijasida ta`lim tizimida bo`layotgan rivojlanishni ko`rsatib berish;

  • o‘quvchilarda matematik masala va misollarda to`g`ri yondashuvni ta`minlash va hayotda ham to`g`ri yo`lni tanlashga yo`naltirish;

-o‘quvchilarda kurashuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarda dastlabki negizni tashkil etishga imkon yaratish;
-misol va masalani yechish jarayonida o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish, umumlashtirish, masalalarni mustaqil tuzishi, yechish uchun ma‘qul usulning tanlanishi, yechilgan masalaning ko‘pchilik o‘quvchilarga amaliy qo‘llanilishi tushunarli bo‘lishiga erishish va bu esa o`quvchilarda egoistlik tuyg`usini yo`qotadi,har xil o`zbekligimizga yot bo`lgan tuyg`ularni o`zida shakllanishiga yo`l qo`ymaydi;
-o‘qituvchilardan esa darsni qiziqarli o`tish, o`quvchilarni boshqa keraksiz ishlarga o`zlarini chalg`itishga yo`l qo`ymaslik kerak. Chunki barcha yomon illatlar o`quvchilarni bekor va nazoratsiz yurishidan kelib chiqadi.
Ijodiy yondashuv o`quvchilarda ruhiy quvvatini oshiradi, fikrlashini kengaytiradi. Boshlang`ich sinfdanoq o`quvchilarni mantiqiy fikrlashga o`rgatish, ularda izlanuvchanlik, ijodkorlikni o`stirish bugungi kunda har bir o`qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biri. Buning asosida ta`lim natijada tarbiya berishimiz hech kimga sir emas. O`qituvchi birinchi navbatda bolalarning bilimlarga qiziqishlarini, mantiqiy qobiliyat – mantiqiy fikrlash, umumlashtirish qobiliyatini, abstraktsiyalashni, tasavvur va hokazolarini, shuningdek, bilim, ko`nikma va malakalarini mustaqil egallash va amalda qo`llay olish imkonini rivojlantirishi kerak .Ayniqsa bu o`rta ta`lim maktablari, ya`ni mantiqiy fikrlashi endi rivojlanib kelyotgan kelajak-avlodga o`rgatish,uni to`g`ri yo`lga boshlash, bizning oldimizda turgan eng dolzarb muammodir. Negaki aynan shu davrlarda o`quvchilar hayotning faqat yengil-yelpi tomonini ko`radi. Bunday vaqtda ta`lim berishdan oldin, aynan matematika darslarida tarbiyaviy jihatdan ko`proq o`rnak bo`ladigan misol va masalarni o`quvchilarga taqdim etish lozim. Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o`zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.Demak mamlakatimizda olib borilayotgantub islohotlar,aynan ma`naviy komillikka erishgan shaxslarni tarbiyalash uchun. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek: «… bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu- niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz har jabhada doimo birdek anglab yetmoqdamiz»1.
O`qituvchilar darslarini muammoli izlanish usulidan foydalangan holda tashkil etmoqlari kerak.Negaki hayotda inson oldida juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi.Agar matematika darslarida hosil qilinadigan muammoli vaziyatlarni hal qila olsagina,o`quvchida mustaqil fikrlash uyg`onadi.To`g`ri masala yoki misolni hayotga har doim ham tadbiq qilish mumkin emasdir, lekin bu orqali hosil qilingan muammoni hal qila olish qobiliyati shakllanadi. Biz esa mustaqil fikrlay oladigan o`quvchilarni shakllantirgan bo`lamiz. KTMD talablaridan kelib chiqib, faqat bilim berish bilan chegaralanmasdan, o`quvchilarga o`quv jarayoniga ijodiy yondoshishni o`rgatishlari lozim. Ta‘lim jarayonida o`quvchining mantiqiy fikrlashini faollashtirish zarur. Ularni evristik muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va ularni yechish uchun o`z loyihalarini tuzish va himoya qilish o`quvchilar tafakkurining ma‘nodor va unumdor bo`lishiga xizmat qiladi. Biron bir muammoni turli usullarda mushohada yuritib yechish orqali
o`quvchining mantiqiy fikrlashi ortadi, ular ijodiy izlanish, erkin fikrlash, narsa va hodisalarni taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish hamda hukm va xulosalar chiqarishni o`rganadi. O`quvchida mustaqillik, ijodkorlik, zehnlilik, maqsadga intiluvchanlik,muammolarni osonlik bilan hal qilish kabi xislatlar tarbiyalanadi.
Buning natijasida o`quvchilarda kurashuvchanlik,qiziquvchanlik,vatanparvarlik tuyg`ulrini shakllantirgan bo`lamiz va bunga to`laqonli erishishimiz mumkin. Mantiqiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish oson ish emas.Uning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o`quv sharoitlarini hisobga olish kerak. Buning uchun:
-o`quvchilarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
-turli-tuman g`oya va fikrlarni qabul qilish;
-o`quvchilarning o`quv jarayonidagi faolligini ta‘minlash;
-har bir o`quvchining mantiqiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o`zlarida ishonch hissini uyg`otish;
-ijodiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o`quvchilar:
-o`ziga ishonchni orttirish va o`z fikri hamda g`oyalarining qadrini tushunish;
-o`quv jarayonida faol ishtirok etish; turlicha fikrlarni e‘tibor bilan tinglash;
-o`z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Turli fikrni diqqat bilan eshitishi uni mulohaza bilan,o`ylab fikr yuritishini ko`rsatadi.

Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o`zi ham ta'sir eta boshladi.
Shulardan ba'zilarini qayd etib o`taylik.

  1. Nyutonning (differensial va integral hisobining ilk qadamlari) funksiyalarni hisoblash usuli darhol mexanikani masalalarini hal qilishni umumiy metodi darajasigacha ko`tarildi.

  2. Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda hal kilish muammosini izlaganda tenglama ildizlarini ―gruppalash masalalarini‖ qaragan edi. Keyinroq esa E.Galua gruppalar nazariyasini rivojlantirib, yuqoridagi muammoni hal etdi.

  3. So`ng XIX asrda A.Keli gruppaga ta'rif berdi. S.Li esa uzluksiz gruppalar nazariyasini yaratdi.1890 yilda Е.S.Fedorov gruppalar nazariyasi kristollografiyaga tatbiq etdi.Hozirda esa gruppalar nazariyasi kvant fizikasining ilmiy quroliga aylangan.

Bulardan ko`rinadiki matematika nafakat o`z-o`zini rivojlantiradi, balki boshqa fanlarning rivojlanishiga va aksincha boshka fan yutuqlari asosida o`zi ham rivojlanadi.XIX-asrga kelib qarashlar yanada o`zgardi.Bazi olimlar o`rta asrlardagi ta`lim timiga o`zgartirish kiritishni taklif qilib chiqdi.
Ta‘limni samarali amalga oshirish va o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotchilardan
V.S.Filinovaning ta‘kidlashicha, matematikani o‘qitish samaradorligini oshirish g‘oyalari va nazariyalarning rivojlanishi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshmokda:

    1. maktabda o‘rganadigan matematikaning har bir sohasi bo‘yicha

bilimlarni chuqurlashtirish;

    1. ushbu sohalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;

    2. matematikani o‘quv predmeta sifatidagi bir butunligini ta‘minlash.

A.Baydakning ko‘rsatishicha,o`rta asrlarda matematika o‘qitish jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, avval o‘zlashtirilgan bilimlar ta‘lim metodlari o‘rtasida aloqalorni o‘rnatish natijasida rivojlanib borishgan.

Download 65,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish