Ta‘lim vazirligi



Download 65,73 Kb.
bet2/11
Sana23.07.2022
Hajmi65,73 Kb.
#845774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
matematika oqitish jarayonida vatanga muhabbat hissini tarbiyalash

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ta‘lim tizimi ham o‘ziga xos rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bu o‘ziga xoslik boy milliy tarix, madaniyat, til, yuksak ma‘naviy-axloqiy mazmunga ega bo‘lgan milliy qadriyatlar, urf-odatlar asosida hamda dunyodagi rivojlangan davlatlar ta‘lim tizimlarining ilg‘or jihatlariga tayangan holda ta‘lim tizimining milliy modelini yaratishdan iboratdir.
Milliy mustaqillikni mustahkamlashning birinchi sharti - har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni tarbiyalash sanaladi. Mustaqillik yillarida ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta‘lim tizimi isloh qilinib, o‘ziga xos uzluksiz ta‘lim tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi «...O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soxadir.O‘rta maxsus, kasb-xunar ta‘limi uzluksiz ta‘lim tizimida va shaxsning shakllanishida muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarni ijtimoiy hayot hamda mehnat faoliyatiga tayorlaydi.Ma‘lumki, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‘quvchilar tomonidan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda umumta‘lim fanlari asoslarini o‘zlashtirishni ham nazarda tutadi.
Bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur, mantiqiy xotira va ijodiy tasavvurni muntazam rivojlantirib borish lozim. Bu borada matematika fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fanini izchil, bosqichma-bosqich va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganish o‘quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.O`quvchilarda matematikani o`qitish jarayonida vatanparvarlikni shakllantirish esa bugungi kunda eng dolzarb muammodir.Chunki insonga tarbiya berish, ruhiy ta`sir o`tkazish,juda katta mahoratni talab etadi.Ushbu kurs ishida bugungi kunning asosiy masalasiga aylangan ―Vatanga muhabbat hissini tarbiyalashning usullari va yo`llari‘‘ ko`rsatib o`tilgan.Kurs ishining I-bobida ―Pedagogika nazariyasida vatanparvarlikni tarbiyalash muammolari‖yoritilgan.Bobning 1-qismida shaxsga xos bo`lgan vatanparvarlik tuygusi, hamda bu haqida buyuk insonlarning aytgan hikmatli gaplari o`rin olgan. 2-qismida esa ta`lim tizimida vatanparvarlikni o`quvchilar ongida shakllantirishning yo`llari va usullari, hamda ta`lim tizimida bo`layotgan tub islohotlar haqidagi fikrlar o`rin egallagan. Kurs ishining II-bobida esa,‖O`rta asrlarga oid tarixiy ma`lumotlarga asoslanib vatanparvarlikni tarbiyalash‖ yoritilgan.Bu bobning 1-qismida umumiy o`rta ta`lim maktablarida matematika o`qitish jarayonida vatanparvarlikni tarbiyalash masalasi ko`rilgan.Bu bobni ochib berishda o`rta asrlarda yashab ijod etgan mashhur matematik olimlarning ishlari, ilm-fan yutuqlari uchun qo`shgan hissasi aks ettirilgan. Ya`ni bu orqali o`quvchilarda milliy g`ururni shakllantirish, yaratuvchanlikka undash va o`quvchilarda o`z-o`ziga nisbatan kuchli motivatsiya hosil qilish orqali fidoiylik va vatanparvarlikni shakllantirish ko`rsatib o`tilgan. 2-qismda esa,o`rta maxsus va kasb–hunar ta`limda vatanparvarlikni shakllantirish aks ettirilgan.Bunda matematika darslarida ham turli vatanparvarlikka oid fikrlarni yuritish,ayniqsa bu yoshdagi o`quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish orqali tarbiyalash nazarda tutilgan. III-bobda esa, mustaqilligimizdan keying yillarda ta`lim tizimida bo`lgan o`zgarishlar. Yosh avlodga ko`rsatilayotgan e`tibor va buning qay darajada samara berayotgani haqida,hamda prezidentimizning bu borada aytgan fikrlari o`rin egallagan. Ta`lim tizimida bo`layotgan o`zgarishlar o`quvchilarda Vatanga bo`lgan muhabbatni qay darajada oshiryapti.Mustaqilligimizdan keyin erishilgan yutuqlarimiz ,nafaqat ta`lim balki barcha sohadagi yutuqlar asosida matematika darslarini tashkil etish va bu orqali vatanparvarlikni tarbiyalash aytib o`tilgan.Bu bobning 1- va 2- qismlarida ham mustaqillikdan keyin erishgan yutuqlarimiz va buning o`quvchi psixikasiga ta`sir etish darajasi ko`rsatilgan. Demak biz bu kurs ishi orqali o`quvchilarda vatanparvarlikning bir necha samarali usullari haqida so`z yuritamiz. Lekin shuni aytib o`tish kerakki, insonda ruhiy tiniqlikni hosil qilish ancha qiyin masaladir.Lekin biz ta`lim berishning turli usullari bilan bunga erishishga harakat qilamiz. Bu borada biroz qiyinchiliklar bo`ladi. Lekin ta`lim rivojlangani sayin buning imkoniyatlari ochilib boraveradi.Prezidentimiz shuni ta`kidlaydilarki:‖ Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib ajdodlarimiz ma‘rifat, ma‘naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish-ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarni muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan.
Tarbiyadagi keng ma‘noli ta‘lim, rivojlanish, ma‘lumot bilan boylangan holda barkamol insonni voyaga yetkazishni o‘zida mujassamlashtiradi.Qabul qilingan
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ning milliy modelidagi bosh muddaosi komil inson tarbiyasi, mustaqil fikrlovchi ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasidir.

Download 65,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish