2.2 O`rta maxsus,kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda vatanparvarlikni tarbiyalash imkoniyatlari
Akademik litsey o'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlab olgan ta'lim yo'nalishi (gumanitar, tehnika, agrar va boshqa sohalar) bo'yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o'zlarida fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo'nalishlar bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta'lim muassasalari bo'lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puhta tanlanganligi, shuningdek, o'quv jarayonining zamonaviy tehnika va tehnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e'tiborga loyiq.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilar ta'limning keyingi bosqichlarida o'qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug`ullanish huquqini qo'lga kiritadilar. O`quvchilar qaysi sohaga aynan yo`naltirilgan bo`lmasin,baribir hammada Vatanga nisbatan muhabbat va insoniylik tuyg`usini shakllantirish asosiy masala bo`lib qolaveradi.O`rta asrlarga oid tarixiy ma`lumotlar asosida matematika fanini o`qitishda o`quvchilar ongida vatanparvarlik tuyg`usini umumiy o`rta ta`limda shakllantiramiz, o`rta maxsus ,kasb –hunar talimida uni tarbiyalaymiz. Buning uchun o`sha davrlarda matematikada erishilgan yutqlarni bugungi kundagi yutuqlar uyg`unlashtirib o`tish maqsadga muvofiq. Masalan o`rta asrlarga amalga oshirilgan matematikadagi yangiliklarni aytib o`tamiz.
Ya.S.Brodskiy, L.A.Katolrves, A.L. Pavlovlar o‘rta maxsus ta‘lim
muassasalarida matematik ta‘lim samaradorligini oshirishga ta‘sir etuvchi asosiy omil sifatida:
Ta‘lim olishning birinchi va ikkinchi bosqichlarida muntazam ravishda ta‘lim yo`nalishlarini hisobga olgan holda rejalashtirilgan bilimlarni tekshirish va nazorat o‘tkazish;
Matematikani o‘qitishda nazorat qilish tiziminy takomillashtirish va uni davlat standarta darajasida amalga oshirish;
Texnik, iqtisodiyot, gumanitar va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha matematikadan o‘quv-metodik adabiyotlar majmuasini yaratish zarurligini ko‘rsatgan.
Bizning fikrimizcha, matematik ta‘lim samaradorligini oshirish muammosining hal etilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchining o‘quvchilarga matematik predmetlarda matematik bilimlarning yaxlitligi va xilma-xilligini qay darajada ochib berishiga bog‘liq.
Pedagogik omil ta‘lim mazmuni, uni yetkazib berish va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga taalluqli. Bu uchta komponent birinchi navbatda ta‘lim mazmuniga: tanlangan material, ya‘ni nimani o‘qitishga, uni qanday ketmaketlikda, uzviylikda joylashtirish va bayon etishga bog‘liqligini qayd etib o‘tish lozim. Matematikani o`qitish jarayonida vatanparvarlikni tarbiyalsh uchun ta`limni strukturalash lozim.Ta‘lim mazmunini tanlash va strukturalash ma‘lum bir uzviylikka asoslanadi va u alohida e‘tiborga loyiqdir. Sababi, o‘quv materiali qay tartibda va qanday dastur asosida bayon etilsa, o‘quvchi ongi va tafakkurida xuddi shunday tartibda mujassam bo‘ladi. Ta‘lim mazmunida uzviylikni ta‘minlash muayyan fanning o‘quv dasturi, darsligida o‘z ifodasini topgandagina o‘quv materialini yetkazib berish haqida so‘z yuritish mumkin.Muayyan bilimlarni yetkazib berish esa, o‘sha fanning metodikasi, uning eng samarali usullarni tanlashiga bog‘liq. Ta‘lim samaradorligi ko‘p sondagi ta‘lim elementlaridan biri bo‘lganligi sababli, unga bir butun, yaxlit yondashish talab etiladi.O‘qitishning samarali usullarini tanlash o‘qituvchining bilim saviyasi, o‘z vazifasini ma‘suliyat bilan bajarishiga bog‘liqligi ma‘lum. Demak, ta‘limni vatanparvarlashtirishni ta‘minlashda o‘qituvchi muhim o‘rin tutib, u ta‘lim samaradorligini ta‘minlovchi javobgar shaxs hisoblanadi. Bu borada P.Musayev «Sir emaski, dasturlar va darsliklar har qancha ilmiy-metodik jihatdan puxta ishlanmasin, uni amaliyotga joriy etuvchi o‘qituvchi bilimsiz, kasbiy noshud bo‘lar ekan, risoladagidek dastur tugul, darslik ham ahamiyatsiz, jonsiz bir narsa bo‘lib qoladi»-deb aytib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |