Ta`lim vazirligi



Download 9,18 Mb.
bet21/47
Sana26.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#466791
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Donli ekinlarning biologik va ekolik xususiyatlari

TRITIKALE. Tritikale - O'zbekistonda keng tarqalgan yangi oziq-ovqat, yem-xashak ekini. U serhosil, kasalliklarga, yotib qolishga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamli o'simlik. Doni oqsil va lizin, triptofan singari almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy. Bug'doy va javdarga nisbatan donida oqsil 1-4% ko'p. Kleykovinaning miqdori bug'doynikiga teng yoki 3-4% ko'p, ammo sifati past. Shuning uchun tritikale donining non yopish hamda tegirmonboplik sifatlari bug'doynikidan past.
O'zbekistonda tritikale, asosan, kuzda sug'oriladigan va lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda, Surxandaryo viloyati sharoitida gektaridan 350-600s yashil massa hosili olingan. Don hosili suvlikda 50-60s/ga ga yetadi. Lalmikorlikda doni uchun yetishtiriladi. Dunyoda ekin maydoni 2004-yilda 3,04mln ga ekinlar yalpi hosili 13,7mln tonna, hosildorlik 11,1s/ga ni tashkil etgan. Tritikale yangi va yosh o'simlik (15-rasm). U bug'doy va javdar avlodlarini chatishtirish natijasida olingan yangi o'simlik avlodi. Tritikale nomi Triticum (bug‘doy) va Secale (javdar) so‘zlarming birinchi qismlarini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tritikale bug'doy-javdar duragayi amfidiploidlarga mansub (16-rasm). Dastlab bug‘doy-javdar duragayi Germaniyada yaratilgan. Rossiyada G.M. Meyster, V.N. Lebedov, V.Ye. Pisarov, A.I. Derjavinlar (1939) tritikalening hosil bo‘lishini o‘rganishgan va duragaylarini yaratishgan.
Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Tritikale urug‘lari 3-50C da una boshlaydi. Haroratning ko'tarilishi bilan urug‘ unib chiqish davri tezlashadi. Unib chiqishi uchun o‘rtacha optimal havo harorati 20–220C. Urug’lar ekilgandan keyin 6-8 kunda unib chiqadi. Kuzgi tritikale 18-200C sovuqqa bardosh beradi.

15-rasm. Tritikale bug`doyi.


Namlikka talabi. Namlikka talabchan. Yetarli issiqlik, havo bo'lganda urug‘lari o‘z og'irligiga nisbatan 55-60% namlikni yutib una boshlaydi, o’simlikning namlikka eng talabchan davri naychalashdan donning to‘lishigacha. Tuproqqa talabi. O’zbekiston sharoitida tritikale bo‘z, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Mexanik tarkibi yengil, qumoq-qumloq, tuproqlar ham tritikale yetishtirish uchun qulay. Faqat botqoqlashgan og‘ir hamda sho‘r tuproqlar tritikale uchun yaroqsiz. Tuproq muhiti pH 6-7 bo‘lishi ma’qul.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish