Mundarija: Kirish :________________________________________________ 1. Adabiyotlar sharxi:___________________________________________________ Asalarilarning zotlari va ularning qisqacha harakteristikasi.___________________________________________
2. Ish uslubi: 3. Ekspermental qism.
Uchish fenologiyasini organish.
3.1 Asalarning xatti – harakati va ularni sharbat tashishga jalb qilish.
3.2 Asalarichilikda o’kaziladigan kuzatish va tajribalar.
3.3 Asalarilar har xil zotlarida asal tarkibini o’rganish.
Xulosalar: Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish. Asalning shifobaxsh xususiyati insoniyatga ko’p yillardan buyon ma’lum xaqiqatdan ham ming bir dardga da’vodir. Zaxmatkash asalarilar o’z uyasidan uch kilometrgacha bo’lgan atrofdagi gullardan nektar to’plashadi. U mitti tinibtinchimas hasharot o’z mexnatining lazzatli maxsulotini insondan darig’ tutmasdi. Faqat buning evaziga ularni yaxshilab parvarishlay olsangiz bas!
Asalarilar nektar to’plash bilan birgalikda qishoq xo’jalik ekinlarining xosildorligi oshirishda xam samarali ta’sir ko’rsatadi. Ular yordamida gullari changlangan ekinlar xosildorligi sezilarli tarzda oshadi. Asalarilar yordamida changlan paxta xosildorligi 20% gacha ko’payadi. Shuningdek paxta chanog’i 8-12 kun erta ochiladi va tolasining mustaxkamligi ortadi. Barglar xosildorligining esa 50 % gacha oshishi kuzatiladi.
Voxamizning asalarichilik tarmog’iga 1335 yilda asos solingan. Bu tarmoq ana shundan buyoniga 63 yil mobaynida uzoq oydin yo’lni bosib o’tdi. Dastlab 400 ta uyadan iborat asalarichilik xo’jaligi davlat xo’jaligiga aylantirildi. Asta sekin bu soxa takomilga yuz burib, asalarichilikga ixtisoslashgan xo’jaliklari soni 10 taga etkazildi. Avval viloyat asalarichilik birlashmasi, so’ngra viloyat "Asalchi" firmasi tashkil qilindi.
Xorazmlik asalarichilar har yili o’z tajriba va maxoratlarini ishga solib jumhurriyat miqyosida etishtiriladigan asalning 3/1 kisminii yetkazishga muvaffak bo’lyapdi. Ayniqsa “Bog’ot”, “Gurlan”, “Xiva”, hamda “Shovot” asalarichilik davlat xo’jaliklari bu soxa ravnag’i yo’lida fidoyi mexnat qilmaqda. Endilikda viloyat “Asalchi” firmasiga qarashli xo’jaliklarning soni mingdan ziyod asalari uyalari parvarishlanyapdi.
Bizning hududimizda tarqalgangan asalarilar tuzilishi va xulk-atvori bilan boshqa asalarilardan farq qiladi. Bir olimlar geografik o’zgaruvchanlikni aniqlanaganlar.
Asalarilarning tur xillari biologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Janub tur xillari Shimol tur xillariga nisbatan bir muncha yuvosh bo’ladi. Tog’ asalarilari ham shunday, lekin asalarilaridan Kiprda yashaydigan sariq arilar tur xili juda serjaxl bo’lib, uni boqish qiyin.
Shimol qora asalarilari xar bir oilada ona ari uyasini 20 tadan ko’p qo’ymaydi. Kavkaz sariq asalarilari esa 150 tagacha ona ari uyasi qo’yadi. Misr, Suriyada yashaydigan arilar tur xillari ham shunday xususiyatga ega. O’rta Rus va Italiya asalari ko’pi bilan 6 ta yangi oila yaratishi mumkin. Kavkaz sariq asalarilari esa 12 ta oila yaratadi. Tog’ qo’ng’ir asalari ona ari uyasi va yaratgan oilalari soniga ko’ra o’rta rus asalarilaga o’xshab ketadi. Kavkaz asalarilari oilasida 2 ta ona ari yanma-yon yashashi mumkin. Kavkaz asalarilari inidagi asalni "xo’l pechatlab " ,ya’ni tamg’alab shuvab qo’yish xususiyati bilan o’rta rus asalarilaridan farq qiladi. Bu usulda qapqoq o’rtasida xavo bo’shlig’i qolmaganidan asal bilan mum qapqog’i yopishib turadi va xo’lbo’lib qoladi. O’rta Rus va Ukraina asalarilarining shuvagan tamg’asi oq bo’ladi. Kavkaz asalarilari ishchi va erkaklari uchun qurgan inlarining diametri, o’rta Rus va bokird asalarinikidan kichik bo’ladi.
Tog’ qo’ng’ir asalarilari tashqi muhit temperaturasi ancha past bo’lganda ham nektar va gul chang yig’ish uchun chiqa olishi bilan o’rta Rus asalarilaridan farq qiladi. Asalarilar turli xillari zoologik sistematikada ba’zan kenja tur va irq deb ham yuritiladi.
Qanotli do’stlarimiz asalarilar insonga juda qadimdan beri "xizmat" qilib kelmoqda. O’zbekiston sharoitida asalarichilikyaxshi rivojlanib, ko’plab daromad beradigan soxa xisoblanadi. Asalarichilikni rivojlantirish uchun bizda xamma imkoniyatlar mavjud dalalarimiz serjilo gullar, turli-tuman o’simliklar bilan bezanib arilarni o’ziga jalb qiladi.
Bizning mutadil iqlimimizda asalarilar yovvoyi va madaniyholda juda ko’plab uchraydi. Endilikda asalchilikning turli soxalardagi ahamiyatini xisobga olib qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaliklarida keng yo’lga qo’yish maqsadga muofiqdir.Asalarilar birinchilar qatorida xonakilashtirilgan hashoratlardan xisoblanadi.
Endilikda 7 xazinaning biri asalarichilikni qadrlash va rivojlantirish payti keldi chog’i. Asalarichilik qancha yaxshi yo’lgaqo’yilsa ekinzorlar xosiliga xosilqo’shilaveradi. Bu shubxasiz xalqimiz faravonligining oshuviga salmoqli xissa qo’shadi. Shuning uchun ham biz oldimizga asalarilar tug’risida yozilgan moteriallarni o’rganish va shu asosda kolxoz, savxoz va ayrim korxonalarda asalchilikni rivojlantirishga o’z xissamizni qo’shmoqchimiz. Asalchilikning bundan keyingi rivojlantirish va xosildorlikni oshishi mutaxassis qadrlar ham bog’liq bo’lib qoldi.
Turkistonga asalari birinchi marta 1848-yilda Semirechedan(Semipalatinsk viloyati) olib kelingan. 1872-yilda Toshkentga, shundan 21 yil keyin Samarqandga keltirilgan.
Tashabbuskor asalarichilar tomonidon tashkil qilingan ko’rgazmalar mahalliy aholi o’rtasida asalarichilikning muvaffiqiyatli rivojlanishiga ta’sir etdi. Bu ko’rgazmalarda asalari boqish texnikasi va asalarichilikdan olinadigan mahsulotlar targ’ibot qilindi. Ulug’ oktabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyin asalarichilar maktabi ochildi, asalarichilikni yuritish madaniyati oshirildi. Asalarilar ramkali yig’ma uyalarga ko’chirildi, endi asalarichilar aktiv ravishda asalarilar hayotiga aralashib, ularga o’z vaqtida zarur sharoit yarata oladigan bo’ldi. 1926 yilda revalyutsiyadan oldingiga nisbatan 40%, yani hammasi bo’lib 1970 ta asalari oilasi saqlanib qolgan. 1930 yili O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ministrligining kolxoz-sovxozlar sektorida 20 080 asalari oilasi, 1934 yili 13 672 ta asalari oilasi, 1940 yili 37 690, 1970 yili 71 672 ta asalari oilasi bor edi (S.Komilov). Bulardan tashqari havaskor asalarichilarda (individual sektor) 70 000 dan ko’proq asalari oilasi borligi aniqlangan. 1980 yilga kelib jumhuriyat bo’yicha asalari oilasi 190 mingga yetdi.