(Zoologiya O.Mavlonov, O Usmonova , Z.Norboyev, H Rasulov T-O’qituvchi 1992 y)
Asalarilarning tana tuzilishi bilan tanish.
Hamma hasharotlar tuzilishida umumiylik bo’ladi, ammo har bir sinf doirasida tana tuzilishining juda xilma-xilligi kuzatiladi. Bu narsa hasharotlar organizmining rivojlanishidagi o’zgaruvchanlikka va tashqi sharoitga tez moslashish qobiliyatiga ega ekanligini ifodalaydi. Asalarilar tuzilishiga ko’ra, hasharotlar orasida eng yuqori pogonani egallaydi. Ular tanasining tuzilishini yashash sharoitiga moslashishga yaqqol misol qilib ko’rsatish mumkin.
Asalarilar tanasining ustki qaplami xitindan va boshqa organik moddalardan tashkil topgan. Bunday qoplam ularning ichki organlarini qurib qolishdan, zaharli moddalar, jumladan, ishqor va kislotalar ta’siridan saqlaydi. Shu bilan birga qoplamlar tashqi skelet vazifasini bajaradi va unga ichki organlar birikib turadi.
Asalari tanasi uch qismga: bosh, ko’krak va qoringa bo’linadi. Boshi xitin moddadan iborat bulib, bo’ginlarga bo’linmagan, uchburchak shaklda (ishchi asalarilarda). Tanasi gorizantal holatda turganda uchburchakning tubi yuqoriga qaragan bo’lib, uchki tomoni pastga qaraydi. Boshining ikki yon tomonida murakkab yoki fasetkali ko’zlari joylashgan. Boshining ustki qismida uchburchak shakldagi uchta oddiy ko’zi, old qismida mo’ylovi bor .
Boshining orqa tomonida ensa teshigi bo’liban u orqali ko’krak qismidan boshga qizilo’ngach, nerv zanjirining iplari, traxeya naychalari, aorta o’tadi. Ensa teshigidan pastroqda chuqurcha bo’lib, unda xartumi joylashgan. Boshining pastki qismida xartumining oldida ikkita yuqorigi jag’ va yakka ustki lab birikkan. Shunday qilib, asalari boshida ko’rish, hidlash (mo’ylovlar) va qisman sezish organlari va og’iz apparati joylashgan. Boshining ichida yuqori darajada tuzilgan barcha hayvonlarga xos eng muxim qismi — bosh miya yoki halqum usti gangliysi joylashgan. U asalarining butun xatti-harakatini tartibga solib turuvchi asosiy markazdir . Boshi pishiq xitin qoplami bilan qoplangan. U bosh ichida joylashgan organlarni, avvalo markaziy nerv sistemasi asosiy qismini himoya qiladi. Bundan tashqari boshqa funksiyalarni ham bajaradi, masalan, ishchi asalari mum katakchalarga qo’ygan gulchangni boshi bilan shibbalaydi. Boshining mexanik mustahkamligini faqat ustki xitin qoplam emas, balki ichki devorlaridagi xitin o’simtalardan hosil bo’lgan skelet ham ta’minlaydi. Bu o’simtalar butsimon shaklda bo’lib, boshining oldingi va orqa qismlarini birlashtiradi. Erkak va ona asalarilarning boshi ishchi arilar boshidan biroz farq qiladi. Ona asalarilarning boshi biroz kattaroq va enli bo’lib, ustki yuzasi yumaloq; uning oddiy ko’zlari boshining o’rta chizig’idan ikki tomonga surilgan va bir-biriga juda yaqin bo’lib peshanada joylashgan. Erkak asalarilarning boshi deyarli sharsimon bo’lib, bu murakkab.
Do'stlaringiz bilan baham: |