Asalarilarning rivojlanishi. Ishchi, erkak va ona arilar har xil kataklarda va har xil oziqlanish rejimida rivojlanadi. Ona va erkak arilar yetishadigan kataklar yirik, ishchi arilar yetishadigan kataklar esa nisbatan mayda bo’ladi. Ona va ishchi arilar urug’langan tuxumdan yetishib chiqsa, erkak arilar uruglanmagan tuxumdan rivojlanadi. Kelgusida ona ariga aylanadigan qurtlar og’iz qismidagi maxsus bezlardan ajralib chiqadigan oqish suyuqlik —«ari suti» bilan oziqlantiriladi. Ishchi yoki erkak arilarga aylanadigan qurtlar ari suti bilan faqat bir necha kun boqiladi, keyinroq, ular o’simlik changi — perga bilan boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |