M.M. Gluxov (1995-yil) Ittifoqdagi asalga boy o’simliklarning harakteristikasini batafsil keltiradi, ularning mahsuldorligini tekshirish metodikasini, hisobotini, tarqalishi va asalarilarning changlatish faoliyatini ko’rsatib o’tdi. U shuvoq, otquloq, lola, chingil, zizifora, dushitsa, paxta, gulxayri, akatsiya, tol, piyoz va boshqalarni nektarga boy o’simliklar deb xisoblaydi. Muallif o’simliklar mahsuldorligiga ta’sir etuvchi tashqi sharoit sabablarini aytib o’tdi.
Ushbu qo’llanma muallifi O’rta Osiyodagi serasal o’simlikli yaylovlarni harakterlash bilan birga, ayrim tuproq-iqlim zonalarini cho’l, yarimcho’l, voha, tog’ etagi, tog’ga ajratadi. U asalarichilarga asalga boy zonalarni aniqlashda aniqlik tavsiya etadi. (N .F.Kraxatin, “O’zbekistonda asalarichilik”, Tosh “Mehnat” 1991-y)
Do'stlaringiz bilan baham: |