1-rasm. Noaniqlik va risklarning investitsiya loyihalaridagi yoʻqotishlarga bogʻliqligi5.
Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega, deb ataladi.
Investitsion loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarning har bir turini alohida hisobga olish, o‘rganish va tahlil qilish, aniqlash hamda ularni pasaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi-ki, bu risklarga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bunda risklarning o‘ziga xos hususiyatlari ham e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.
1.Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: iqtisodiy risk; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; tijorat riski; informatsion risk va boshqalar.
2.Muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar.
3.Olinadigan natijaga qarab risklar: sof risklar va spekulyativ risklarga bo‘linadi (-rasm). Sof risklarga ekologik, siyosiy, tabiiy, transport va tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari) tegishlidir. Spekulyativ risklar ham ijobiy, ham salbiy natijalarni olish imkoniyatiga namoyon bo‘ladi, ular moliyaviy risklardan iboratdir.
Moliyaviy risklar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-inflyatsion risklar – pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq risklar;
-defilyatsion risklar – deflyatsiyaning o‘sishi holatiga baho darajasining tushishi, daromadlarining pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarining yomonlashuvi sodir bo‘ladi;
-valyuta risklari – valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq valyuta yo‘qotilishi xavfi sifatida namoyon bo‘ladi;
-likvizidlilik risklari – qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va istemol qiymatini baholashning o‘zgarishi oqibatida ularni sotishda mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy risklar tarkibiga kiruvchi investitsion risklar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
-daromadlarning pasayishi riski – qo‘yilmalar, kreditlar, portfelli investitsiyalar bo‘yicha foizlar va dividentlar miqdorining kamayishi natijasida yuzaga keladi, daromadlikning pasayishi risklari o‘z ichiga foiz va kredit risklarini qamrab oladi;
-foydaning boy berilishi risklari – bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar natijasida kelib chiqadigan qo‘shimcha (bilvosita) zararlar hisoblanib, bu risk tarkibiga quyidagilar kiradi, yani birjaviy bitimlardan ko‘riladigan zararlar xavfi mavjud bo‘lgan risklar;
-selektiv risklar – kapital qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar turini to‘g‘ri tanlanmaganligi bilan bog‘liq risklar.
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: mumkin bo‘lgan risklar – ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar – loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatlari ; katastrofik risklar – daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
5.Loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk tahdidlariga ta’sir etishning imkoniyatlari mezonlari bo‘yicha riskni: ichki va tashki risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lib, ularga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqich, yani investitsiya oldi bosqichida ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, information va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilmiy-texnika risklari, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilaridan texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlilik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud.
Investitsion risk umumiy moliyaviy riskning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida moliyaviy yo‘qotishlar ehtimolini va investitsiyalashdan daromadlarni to‘liq ololmaslik yoki qo‘shimcha investitsion harajatlarning paydo bo‘lishini namoyon etadi. Moliya bozorida faoliyat yuritish jarayonida investor turli xil risklarga uchrashi mumkinligini hisobga olish zarur. Moliya bozori dastaklarining ko‘p sonli risklar ta’siriga tushishidan kelib chiqib, investitsion risklar tizimli va tizimsiz turlarga ajratiladi.
Investitsion loyihaga ta’sir etuvchi risklar: tasniflanishi va xususiyatlari.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holada, investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklarning quyidagi guruhini keltirish mumkin:
-loyiha ishtirokchilari riski;
-loyiha-smeta qiymatining oshish riski;
-qurilish o‘z vaqtida tugamaslik riski;
-ish va obyekt sifatining pasligi riski;
-konstruksion va texnologik risklar;
-ishlab chiqarish riski;
-boshqaruv riski;
-sotish riski;
-moliyaviy risk;
-mamlakat riski;
-ma’muriy risk;
-huquqiy risk;
-fors-major riski;
Mazkur risk turlarining har biriga izoh berib o‘tamiz.
Loyiha ishtirokchilari riski – bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lish mumkin. Loyiha ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasining pastligi, moliyaviy holatining nabarqarorligi ishtirokchilarni turli risklardan еtarlicha sug‘urtalanmaganligi natijasida kelib chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p hollarda tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning еtarli tajribaga ega emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonida xatolar pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishi taminlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi va boshqalar.
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarining o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha harajatlar kelib chiqishi; kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash narxlarning inflyatsiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi obyektga hom ashyo еtkazib beruvchilar va kelgusidagi loyiha mahsuloti istemolchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtatilishi mumkin. Kapital qurilish bilan bog‘liq risklar quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
-loyiha – smeta hujjatlaridagi xatolar tufayli;
-mutaxasislar malakasi еtarli bo‘lmaganligi sababli;
-fors-major holatlari;
-qurilish materiallar, texnologik mahsulotlarning sifati pastligi sababli;
-shartnoma shartlari buzilishi tufayli;
-ta’minotning kechikishi tufayli va h.k.
Ish va obyekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi hatolar va boshqalar natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo‘ladi. Bu harajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishda qo‘shimcha harajatlar qilish kerek bo‘ladi.
Konstruksion va texnologik risk. Konstruksion risk – bu investitsiya bosqichidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni еtarli yoki aniq emasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Texnologik risk – bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlaridan obyekt ekspluatatsiyadagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya harajatlarining oshishi, ekologik meyorlariga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi.
Ishlab chiqarish riski – bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu risklar taminotdagi uzilishlar, resurs zaxiralarining еtishmasligi, hom ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqa resurslar miqdori va sifatiga malum talablarni aniq emasligi natijasida yuzga keladi.
Boshqaruv riski – bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini еtarli darajada darajada emasligini natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar tushuniladi.
Sotish riski – bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor konyunkturasining o‘zgarishi, marketing yoki baho riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa, bahoni taxmin qilish ancha kiyin bo‘lgan, yangi maxsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarni yuqori bo‘ladi.
Xullas, loyiha risklarining barcha turlarini ularning ta’siri jihatidan ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Loyiha risklari kichik bir texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, halqaro miqiyosdagi turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog‘liq holda kelib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |