Xulosa……………....……………………………………………………….94
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………….97
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir. Investitsiyalarni faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida iqtisodiyotda amalaga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini soni oshib bormoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”1 deb qayd etgani eʼtiborga molikdir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish juda katta risklilikni talab etadi-ki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, bunda loyiha risklarini uning ishtirokchilari o‘rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud bo‘lishini ham ko‘zda tutishi zarur. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo‘lib qolaveradi. Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog‘liq bo‘lib, har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelishi sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, ularni ekspertizadan o‘tkazish, risklilik darajasini baholash borasida ko‘pgina tajribalar to‘plandi. Biroq, resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaror emasligi, axborot ta’minoti bazasining shaffof emasligi, amaliyotda ma’muriy aralashuv holatlarining hali ham to‘liq barham topib ulgurmaganligi va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi. Bu esa investitsiyalash moyilligini so‘ndiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shu jihatdan ham O‘zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, ehtimolligi mavjud bo‘lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, ularni samarali boshqarish eng muhim vazifalardan hisoblanadi-ki, aynan mana shu masala hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |