4-ilova Hujjatlarni xronologik-nominal tamoyil asosida turkumlanishi: 1. 1970 yil 1) Farmonlar 2) Rejalar 3) Hisobotlar 4) Yozishmalar 5) Bayonnomalar 2. 1971 yil 1) Farmonlar 2) Rejalar 3) Hisobotlar 4) Yozishmalar 5) Bayonnomalar 31 Tayanch iboralar O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv Fondi (O’zR MAF) -O’zbekiston xalqlarining moddiy va ma’naviy hayotini o’zida aks etgan davlat va nodavlat arxiv fondlari hujjatlari majmui Davlat arxiv fondi (DAF) - davlat arxivlari hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar majmui Nodavlat arxiv fondi – nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to’plangan hujjatlar hamda fuqarolarning shaxsiy arxivlari DAF hujjatlarini turkumlashtirish – hujjatlarni eng muhim belgilariga qarab guruhlarga bo’lish DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash – hujjatlarning qaysi davlat arxivida saqlanishini aniqlash
Hujjatlarni arxiv miqyosida turkumlash
– hujjatlarni arxiv fondlariga bo’lish
Hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash
– hujjatlarni fond ichida saqlash tartibini aniqlash
Arxiv fondi
–
ma’lum muassasa, tashkilot, korxona yoki
shaxsning faoliyati davomida vujudga kelgan hujjatlar majmui Arxiv kolleksiyasi (to’plami) - alohida fondlarni tashkil etish uchun yetarli bo’lmagan hujjatlar to’plami Yig’majild – bitta yoki shakl va mazmun jihatidan yaqin bo’lgan bir necha hujjatlarning alohida papkaga tikilgan to’plami Nazorat savollari 1. O’zR Milliy arxiv fondi nima? 2. O’zR MAF tarkibiga nimalar kiradi? 32 3. Davlat arxiv fondi qanday hujjatlarni o’z ichiga oladi? 4. Nodavlat arxiv fondlari haqida gapirib bering. 5. Arxiv hujjatlariga mulkdorlik masalasida nimalar deya olasiz? 6. Hujjatlarni O’zR MAFga kiritish yoki undan chiqarish masalasini kim hal qiladi? 7. O’zR Vazirlar Mahkamasining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari haqida so’zlang. 8. Davlat arxiv fondiga tegishli hujjatlar qanday holatda xususiylashtirilishi mumkin? 9. Arxiv hujjatlariga ega bo’lgan fuqaro vafot etsa, bu hujjatlar kimning tasarrufiga o’tadi? 10.DAF hujjatlari necha bosqichda turkumlanadi? 11.DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash chog’ida qanday vazifalar hal etiladi? 12.«Hujjatlarni arxiv doirasida turkumlash» deganda nimani tushunasiz? 13.Hujjatlar arxiv fondi doirasida qanday turkumlanadi? 14.DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlashda qanday asosiy mezonlar inobatga olinadi? 15.«Arxiv fondi birligini saqlash» degan iborani izohlab bering. 16.Arxiv fondi nima? 17.Arxiv kolleksiyasi nima? 18.Arxivshunoslikda «yig’majild» degan atama qanday tushuniladi? 19.Yig’majildlarni turkumlash qanday tamoyillar asosida amalga oshiriladi? 20.Yig’majildlar qay tarzda ro’yxatga kiritiladi?