Manbalar va adabiyotlar Arxivlar to’g’risida: O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelp Qonuni // O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. Toshkent, 1999. Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980. Alimov I va b. Arxivshunoslik: O’quv qo’llanma. Toshkent, 1997. 7- Mavzu: Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish Reja: 1. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish tushunchasi. Ekspertizaning vazifalari 2. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazishning tamoyillari, me’yorlari va uslublari 3. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish 33 Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish deganda ularning ilmiy qimmatini aniqlash va davlat arxivlari uchun tanlab olish bilan bog’liq ishlar tushuniladi. Ekspertiza arxivshunoslikning eng muhim va mas’usliyatli ishlaridan biridir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati aniqlanadi. Shu asnoda davlat arxivlariga yangi hujjatlar tanlab olinadi va O’zR MAF shakllanib boradi. Ma’lumot manbai bo’lgan hujjatlarning nihoyatda xilma-xilligi ularni ekspertizadan o’tkazishni taqozo etadi. Ayrim hujjatlar jamiyatning siyosiy, ilmiy va madaniy hayoti haqida, xalq xo’jaligining taraqqiyoti, davlat apparatining faoliyati to’g’risida va boshqa masalalarga doir qimmatli ma’lumotlar beradi. Ular ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Boshqa hujjatlarning ma’lumotlari esa tor amaliy maqsadlar doirasidan chiqmaydi. Bu hujjatlar ayrim ma’muriy, tashkiliy va xo’jalik masalalarini aks ettirgan holda, asosan muassasaning operativ faoliyatini ta’minlashga qaratilgandir. Ular tarixiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega emas. Shunday hujjatlar ham borki, ular bir necha kun davomida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish shart. Ekspetizaning asosiy maqsadi qaysi hujjatlar davlat, fan, jamiyat hamda fuqarolarni kerakli ma’lumotlar bilan to’laroq ta’minlashini aniqlashdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarni arxivlarda saqlash muddatlari ham belgilanadi. Qimmatli ma’lumotlar manbai bo’lgan muhim hujjatlar muassasa arxivlarida ma’lum muddat davomida saqlangandan so’ng doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Muhim bo’lmagan hujjatlar esa belgilangan muddat davomida muassasa arxivlarida saqlanadi, so’ngra yo’q qilib yuboriladi. Muassasa va tashkilotlarda qimmatli ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lgan hujjatlar nisbatan oz qismni tashkil etadi. Ekspertiza chog’ida avvalo ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatarni aniqlash va saralab olishga e’tibor beriladi. Ekspertizaning birinchi va eng asosiy vazifasi – qaysi hujjatlar qimmatli ma’lumotlarga ega ekanligini aniqlash va ularni davlat arxivlariga topshirishdan iboratdir. Demak, ekspertizaning bu vazifasi davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish bilan bog’liqdir. Hujjatlarni saralash chog’ida hujjat qaysi davlat arxiviga yuborilishi va qaysi fondda saqlanishi ham aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, ekspertiza jarayonida har bir davlat arxivining yo’nalishini e’tiborga olgan holda ular saqlanayotgan fondlarning hujjatlar tarkibi aniqlanadi. Ekspertizaning ikkinchi vazifasi – hujjatlarni saqlash muddatini belgilashdir. Bu qiyin vazifa emas. Odatda, hujjatlar uzoq muddat yoki doimiy saqlanishi kerak bo’lgan va qisqa muddat davomida saqlanishi lozim bo’lgan guruhlarga bo’linadi. Hujjatlarni saqlashning aniq muddatlarini belgilash chog’ida tashkilotning manfaatlari, mavjud nizomlar va yo’riqnomalar hamda arxivlar va muassasalarning hujjatlardan foydalanish borasidagi ko’p yillik tajribalari hisobga olinadi. Ekspertizaning uchinchi vazifasi – hujjatlarni saqlanish darajasini aniqlash, ularning ayrimlari yaroqsiz holga kelgan taqdirda arxiv fondidagi bu kemtiklikni qoplash yo’llarini topishdir. Ekspertiza jarayonida arxiv fondi tarkibida qanday hujjatlar yetishmayotganligi aniqlanadi hamda qaysi fonddagi shunga o’xshash