Ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 103,81 Kb.
bet37/99
Sana29.01.2022
Hajmi103,81 Kb.
#416414
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Hujjatlarni ekspertizada
o’tkazish tushunchasi.
Ekspertizaning vazifalari
34
hujjatlar bilan uni to’ldirish masalasi hal etiladi (Shuni e’tiborga olish kerakki,
ko’p hollarda bitta hujjatning nusxalari bir vaqtning o’zida bir necha fondlar
tarkibida saqlanishi mumkin).
Hujjatlar boshqa maqsadda ham ekspertizadan o’tkazilishi mumkin.
Hujjatlarni nashrga tayyorlash chog’ida, turli ma’lumotnomalar (ro’yzatlar,
tavsifnomalar, kataloglar, yo’lko’rsatkichlar) yaratishda, mikrofilpmlashtirish
uchun saralab olish paytida ekspertiza qilinadi. Hujjatlar bir arxivdan boshqa
arxivga o’tkazilgan holatda ham ekspertizada o’tkaziladi. Bunday paytda hujjatlar
ularni qabul qilib olayotgan arxivning sohasiga to’g’ri kelishi yoki kelmasligi
aniqlanadi. Arxivlar uchun sotib olinayotgan yangi hujjatlar ham ekspertizada
o’tkazilishi shart. Arxivlar, muzeylar, kutuxonalar, odatda, yangi hujjatni sotib
olish chog’ida ularning qiymatini aniqlash maqsadida har tomonlama o’rganib
chiqadilar.
Ekspertiza jarayonida shu narsani yodda tutish kerakki, yo’q qilingan
hujjatni qayta tiklash qiyin ishdir. Ko’p hollarda esa ularni qayta tiklash umuman
mumkin emas. Shuning uchun hujjatlarni davlat asroviga olish ishlari puxta yo’lga
qo’yish zarur. Shu bilan birga ikkinchi va uchinchi darajali hujjatlarni doimiy
saqlash uchun qoldirish ham maqsadga muvofiq emas. Ayniqsa hujjatlarning
miqdori keskin oshib borgan hozirgi davrda bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Shu
boisdan ekspertizaning muhim vazifalaridan biri – bu saqlanadigan hujjatlar
miqdorini kamaytirishga erishishdan iboratdir. Ayni paytda davlat uchun, fan
uchun muhim ma’lumot beruvchi hujjatlarni esa yo’qotmaslik vazifasi ham g’oyat
muhimdir.
Shunday qilib, ekspertiza jarayonida arxivshunoslar, tarixchilar,
manbashunoslar va boshqa soha mutaxassislari birgalikda davlat arxiv fondini
optimal hajmini saqlash kabi muhim ilmiy vazifani to’g’ri hal etishlari talab
qilinadi.
Hujjatlarni ilmiy qiymatini aniqlash
jarayonida tarixiylik, yaxlitlik va
hartomonlamalik tamoyillariga amal
qilinadi. Tarixiylik tamoyili har bir hujjatni
ma’lum tarixiy davr mahsuli sifatida
baholashni, shuningdek, bu hujjatga nafaqat hozirgi kun, balki kelajak nuqtai
nazaridan qarashni taqozo etadi. Ekspertizada nisbatan murakkab bo’lgan tamoyil
– bu hartomonlamalik tamoyilidir. Mazkur tamoyilga binoan hujjatning mazmunini
turli tomonlar (nuqtai nazar) dan tahlil qilish lozim. Masalan, konkret bir hujjat bir
vaqtning o’zida ham tarix, ham adabiyot tarixi, ham san’at tarixi haqida ma’lumot
berishi inobatga olinishi kerak. Hujatning ilmiy ahamiyati ba’zan uning qaysi tilda
bitilganligi, qanday materialga yozilganligi (pergament, qog’oz va h.), hujjatdagi
rasmlar yoki uning chekkasiga bitilgan qaydlar bilan ham belgilanishi mumkin.
Demak, ekspertiza qilish chog’ida shularning hammasini e’tiborga olish shart.
Ekspertizada yaxlitlik tamoyili keng ravishda qo’llaniladi. Buning ma’nosi shuki,
hujjatlar bir-biridan alohida tarzda emas, balki muassasa faoliyati davomida
yaratilgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda baholanadi. Mazkur tamoyilning

Download 103,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish