O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O’zR MAF) Муаммоли савол: ЎзР Миллий Архив Фонди ва давлат архив фонди ўртасида қандай умумийлик ва тафовутлар бор? 28 tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, sotish va sotib olish mumkin emas. DAF hujjatlari muassasa va tashkilotlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslar – fond egalarining mulki hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir. Vafot etgan fuqarolarning hujjatlari ularning merosxo’rlari tasarrufiga o’tadi. Qonun bo’yicha yoki vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar bo’lmasa, shuningdek arxivning egasini aniqlashning imkoni bo’lmasa, bu holda hujjatlar davlat mulkiga o’tadi. Davlat arxiv fondini turkumlashtirish deganda ularni eng muhim belgilariga qarab guruhlarga bo’lish tushuniladi. Hujjatlarni turkumlashtirish arxiv ishini to’g’ri tashkil etish hamda ulardan hartomonlama foydalanish uchun zarurdir. DAF hujjatalrining turkumlashtirish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash; 2) hujjatlarni arxiv doirasida turkumlash; 3) hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash. Birinchi bosqchida DAFning barcha hujjatlari turkumlanadi va qaysi hujjat qaysi arxivda saqlanishi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda har bir arxivga taalluqli hujjatlar turkumlanib, har bir hujjatning qaysi fondda saqlanishi aniqlanadi. Uchinchi bosqichda har bir fondga taalluqli hujjatlar turkumlanadi va ularning fond ichida saqlanish tartibi belgilanadi. DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash ularni davlat arxivlariga to’g’ri taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunoslikda hujjatlarni umumiy tarzda turkumlash chog’ida quyidagi asosiy belgilar hisobga olinadi: 1. hujjatlarning ma’lum bir davrga mansubligi; 2. hujjatlarning respublika yoki mahalliy muassasalar faoliyati bilan bog’liqligi; 3. hujjatlarning davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohasiga mansubligi; 4. hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasi. Hujjatlarning tarixiy davrlarga mansubligini e’tiborga olib, ularni uch guruhga – 1917 yildan oldingi hujjatlar, sovet davri hujjatlari va mustaqillik davri hujjatlariga bo’lish mumkin. DAF hujjatlari turli idora va muassasalarda yaratilgan. Shuni e’tiborga olgan holda ularni umumdavlat (respublika) va mahalliy (viloyat, tuman va shaharlar) ahamiyatiga molik hujjatlar guruhiga bo’lish mumkin. Respulika idoralari hujjatlari markaziy davlat arxivlarida, viloyat ahamiyatiga ega hujjatlar viloyat davlat arxivlari va ularning filiallarida saqlanadi. Hujjatlarning davlat va ijtimoiy faoliyatning ayrim sohalariga mansubligi ularning mazmunini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Lekin O’zbekistonda davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo’q. Boshqa davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiya federasiyasida Xalq xo’jaligi arxivi, Xarbiy-tarixiy arxiv, Adabiyot va san’at arxivlari bor.