Chorizm hukmronligi davrida
Turkistondagi arxivlarning ahvoli
13
to’lg’azayotganini qayd etgan edi.
Turkiston o’lkasi dagi boshqa yirik muassasalarning arxivlari xaroba xolda edi.
1907 yilda Sirdaryo viloyatining arxivi joylashgan xona yaroqsiz va buzishga loyiq,
deb topildi. Bu arxivdagi 2 mingdan ortiq hujjatlarning aksar qismi viloyat
amaldorlari hamda hujjatlarni saralash va yo’qotish uchun tuzilgan maxsus
“komissiya” tomonidan nobud qilinadi.
Qolgan viloyatlarda ham arxiv ishlari o’lda-jo’lda edi. Viloyat boshqarmalari
mahkamalarida, garchi materiallar soni va salmog’i ancha bo’lsa-da, arxivlar uchun
maxsus odamlar ajratilmagan edi. Fa-qat, 1881 yilda Kaufmanning “ojizona hisobot
loyiha”sida viloyat boshqarmalari mahkamalarida jurnalist-arxivchi lavozimini ta’sis
etish masalasida qo’yiladi.
Graf K. Palen 1908-1909 yillarda Turkiston o’lkasini taftish etib, o’z
hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari yomon ahvolda ekanligini qayd qiladi.
Jumladan, Andijon uyezd boshqarmasida arxiv hujjatlari pastak, tomi loysuvoq, zax
saroyda joylashtirilgan ekan. Bu binoning omonatligi bois 1902 yilning dekabrida
sodir bo’lgan zilzila paytida tomi ag’anab tushib, hujjatlar loy va tuproqqa qorishib
qoladiki, ularni yoqib yuborishdan boshqa chora qolmaydi.
Taftish bo’yicha hisobotda ayrim hujjatlar, xatto ba’zi uyezd boshqarma
mahkamalarida butun-butun ishlar yo’qolayotgani aytiladi. Taftishchilar Samarqand,
Farg’ona va boshqa viloyatlarda ko’pgina volost mahkamalari mirzolari mahkamaviy
tartib haqida hyech qanday tasavvurga ega emas, degan xulosaga keldi. Kelgan va
ketgan xatlar ro’yxat qilib borilmagan, tugallangan ishlarga qayd-yozuvlar
qo’yilmagan edi.
Mahalliy tashkilotlar – qozilar, boylar, oqsoqollar hujjatlari joylarda 1917 yilga
qadar saqlanib qoldi. Lekin bundan keyingi voqyealar, ya’ni inqilob, fuqarolar urushi
va istiqlolchilik harakati davrida ularning ko’pi yo’q bo’lib ketdi.
Shunday qilib chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida hujjatlarni saqlash ishi
yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Lekin bundan qat’i nazar, bizgacha yetib kelgan
hujjatli materiallarda Turkiston o’lkasi gubernatorlik siyosiy-iqtisodiy va madaniy
hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan ma’lumotlar mavjud. Bu haqda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining inqilobdan oldingi fondlari
guvohlik beradi. Ular XIX asrning ikkinchi yarmidan to 1917 yilgacha bo’lgan O’rta
Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda bebaho manba bo’lib xizmat qiladi. Mazkur
fondlar o’lkaning o’sha davrdagi ma’muriy tuzilishi, Rossiyaning Afg’oniston, Eron,
Buxoro va Xiva bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarini, o’lkada tog’-qazilma
boyliklari va paxtani qayta ishlash sanoatining vujudga kelishi va xalq maorifi
ahvolini teran o’rganishga imkoniyat beradi. Arxiv fondlarining katta qismi o’lkada
inqilobiy harakatning o’sishi, 1905-1907 yilgi voqyealar, 1912 yilgi sapyorlar
qo’zg’oloni, 1917 yil fevralg’ inqilobi, Toshkentdagi sentyabrg’ voqyealari haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |