3- Mavzu: Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi Reja: 1. Mustamlaka Turkiston idoraviy arxivlarining vujudga kelish 2. Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi bosib olingan hududlarda Turkiston generalgubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va generalgubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni harbiy gubernatorlar boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi. O’lkada mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati natijasida doimiy ravishda ko’plab hujjatlar vujudga kelgan. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to qishloq boshqaruv idoralariga qadar hujjatlar to’planib borgan, ular bevosita shu muassasaning o’zida saqlangan. Shunday qilib chor mustamlakachiligi davrida Turkistonda har bir muassasa qoshida arxivlar vujudga kelganiligini kuzatamiz. Ammo bu idoraviy arxivlarni o’zaro bog’lash va yagona davlat arxivlari tizimini barpo etish e’tibordan chetda qoldi. Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust tashkillashtirilgan edi. Ko’p tashkilotlarda arxivlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan xonalar yo’q edi. Shu sababdan hujjatlar ko’pincha zax qaznoqlarda, yog’och saroylarda saqlangan. Bundan tashqari, hujjatli manbalarni saqlash ishiga tashkilot rahbarlarining o’zlari ham jiddiy zarar yetkazganlar. Ular qog’ozlarni yakkash o’zlari ko’rib chiqib, keraksiz deb hisoblaganlarini yo’qotib yuborganlar. Hujjatli materiallarni yo’q qilish turli chekka o’lkalarda, jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha davrdayoq ilg’or kishilarni tashvishga solib qo’ygan edi. 1914 yilda Orenburgda o’tkazilgan guberna olimlari arxiv komissiyasining I syezdida shu komissiya a’zosi A. Popov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Keyingi 12 yil davomida yo’qotilgan yuz minglab ishlarning anchagina qismi O’rta Osiyoning qo’shilishi va bosib olinishi, Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida edi”. Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan edi. Misol tariqasida quyidagi faktni keltirish mumkin. Farg’ona viloyati harbiy shtabida 25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida 105 pud “keraksiz” arxiv materiallari savdogarlarga o’rov sifatida sotib yuborilgan. Tez orada muhim