Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston arxivlarining ahvoli 18 muassasalari va korxonalari arxivlari evakuasiya qilindi. Ular asosan mavjud arxivlar binolarida joylashtirildi. Bu esa arxivlarda joylar yetishmasligiga olib keldi. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv fondlarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yilda 100 ming, 1944-1945 yillarda 136 ming saqlov birligidagi hujjatlar tartibga solindi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo’jaligida foydalanish maqsadida ko’p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv xodimlari tomonidan 1944-1945 yillarda 21 ta maqola e’lon qilindi, 9ta radioeshittirish, 4 ta ko’rgazma tashkil etildi, ko’plab ma’ruzalar o’qildi. Arxivlar qiroatxonasida yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar. Shunday qilib, O’zbekiston arxivchilari urush yillarida fidokorlik bilan mehnat qildilar. Ular arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, yangi hujjatlarni qabul qilish va tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish borasida samarali ish olib bordilar. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston arxivlari arxiv materiallarini tartibga keltirish va turkumlash borasidagi ishlarni davom ettirdilar va 50-yillarning boshlarida uni yakuniga yetkazdilar. Shundan so’ng arxiv xodimlari boshqa muhim vazifa – fondlarning ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish va kataloglashtirish ishiga kirishdilar. O’zbekistonda arxiv ishlarini rivojlantirishning yangi bosqichi 50-yillarning oxirlarida boshlandi. Bu jarayon S. Xrushchov davrida mamlakatnin siyosiy hayotida boshlangan “iliqlik” bilan bog’liqdir. 1958 yilda arxivlar respublika Ministrlar Sovetining tasarrufiga o’tkazildi. Bir yildan so’ng Toshkentdagi Oktyabrp inqilobi markaziy arxivi va Tarix markaziy arxivi yagona O’zbekiston SSR Markaziy Davlat arxiviga birlashtirildi. Xuddi shu vaqtda O’zR MDA tarkibiga respublika Markaziy fotofonokinohujjatlar arxivi ham kirdi. Keyingi yillarda shunga o’xshash o’zgarishlar quyi arxiv muassasalarida ham amalga oshirildi. Jumladan, 118 ta shahar va rayon arxivlari qayta tuzilib, 28ta shahar va rayonlararo arxivlar tashkil etildi. Shu davrda tibbiyot fani tajribasidan har tomonlama foydalanish maqsadida O’zbekiston markaziy medisina arxivi tuzildi. Bir necha boshqa arxivlar ham tashkil etildi. Natijada, 70-yillarning boshlarida O’zbekistonda 66 ta arxiv muassasasi faoliyat ko’rsatamoqda edi. Kadrlar masalasini hal etishga katta e’tibor berildi. Mahalliy millat vakillarini arxiv ishlariga jalb qilish kuchaydi. 60-yillarning oxirida O’zbekiston arxivlarida 597 xodim mehnat qilardi. Ularning 112 tasi oliy ma’lumotli mutaxassislar edilar. 70-80-yillarda arxivlar uchun alohida ixtisoslashtirilgan binolarning qurilishi, tashkilot va muassasalarda ish yurtish holatining yaxshilanishi, hujjatlarni qayta ishlash bo’yicha maxsus xo’jalik hisobidagi guruhlarning tashkil etilishi arxiv ishlarini tubdan yaxshilashga ko’maklashdi. Respublika arxiv xodimlari hujjatlar to’plamlarini tayyorlash borasidagi ishlarni davom ettirdilar. Vazirliklar va muassasalar uchun ma’lumotnomalar tayyorlanar edi. Tashkilotlar va fuqarolarning talablariga binoan tegishli