Turkiston ASSRda arxiv ishi Муаммоли савол: Совет даврида архив ишида қандай ижобий ўзгаришлар рўй берди? Архивлар ишида қандай салбий ҳолатлар мавжуд эди? 16 DAF hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratib olingan hujjatlar tartibga solindi va ro’yxatlashtirildi. 1924 yilga kelib barcha saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solib bo’lingan edi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish imkonini berdi. Arxiv tashkilotlari hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil etdilar, idoralarga ma’lumotnomalar berdilar, qiroatxonalar orqali hujjatlardan foydalanishni yo’lga qo’ydilar. 1924-1925 yillarda O’rta Osiyoda milliydavlat chegaralanishi o’tkazildi. Natijada O’zbekiston SSR va boshqa ittifoqdosh hamda muxtor respublika va viloyatlar tashkil qilindi. Turkiston ASSR ning yagona arxiv fondi yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda tuzildi. O’rta Osiyo va ittifoqdosh ahamiyatga ega bo’lgan arxiv fondlari O’rta Osiyo Markaziy arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikalarga berildi. Lekin O’rta Osiyo Markaziy Arxivi tuzilmaganligi bois O’rta Osiyo ahamiyatiga ega arxiv fondlari ham O’zbekistn arxiv boshqarmasiga berildi. Shunday qilib, O’zbekiston arxiv fondida nafaqat respublika tarixiga balki O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlanadigan bo’ldi. O’zbekiston SSR MIK va XSKning 1925 yil 22 iyulg’ qarori bilan “O’zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko’ra respublikada yagona DAF tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi. Viloyatlarda arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi. 1930 yil 9 aprelda O’zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O’zSSR arxiv ishlari boshqarmasi “O’zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi” deb o’zgartirildi. O’zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi (MAB) huzurida O’zSSR Oktyabrp inqilobi Markaziy davlat arxivi va O’zSSR Markaziy Tarix arxivi tashkil qilindi. Farg’ona va Samarqand shaharlarida ularning bo’limlari tashkil etildi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qarorda idoralar davlat arxiviga faqat doimiy saqlanadigan hujjatlarnigina topshirishlari uqtirildi. Vaqtincha (3-10 yil) saqlanadigan hujjatlarni idoralarning o’zlari maxsus komissiya tuzib yo’q qilishi ta’kidlandi. Bu qoida davlat arxivlari ishini ancha yengillashtirdi. 1931 yil 20 maydagi hukumat qaroriga asosan ma’muriy jihatdan markaziy Arxiv boshqarmasi O’zSSR MIKga bo’ysundirildi. Mazkur qarorga binoan kasaba uyushmalari arxivlari MDA tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yilda O’zSSR Kasaba uyushmasi harakati markaziy arxivi tashkil qilindi. Bu arxiv 1942 yilgacha faoliyat ko’rsatdi va yana O’zR MDAga qo’shib yuborildi. 1934 yil iyulda SSR MIK qarori bilan O’zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945 yil oxirida bu arxiv tugatildi va uning fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya Markaziy Arxiviga olib ketildi.