Таълим вазирлиги фарғона политехника институти энергетика факультети


-modul. Kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar



Download 38,6 Mb.
bet3/70
Sana06.06.2022
Hajmi38,6 Mb.
#640755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фар (2)

1-modul. Kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar
1-mavzu.Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar


Reja:

  1. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish nazariyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.

  3. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar.

Tayanch so‘z va iboralar: avtomatika, texnologik jarayonlar, effektivliq ishlab chiqarish jarayonlari, mashinasozliq avtomatlashtirish, avtomatik tizim, texnik qurilma, sozlash, boshqarish, statika, dinamika, chiziqlantirish.


Kirish. Fan va texnikaning rivojlanishi uning turli tarmoqlardagi avtomatikaning kirib kelishiga sababchi bo‘ldi. Avtomatlashtirilgan tizimlarning keng tadbiq etilishi va muvaffaqiyatli qo‘llanilishi esa yuqori darajada nazariy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash yo‘li bilangina amalga oishirilishi mumkin.
Tavsiya etilayotgan ma'ruzalar kursi “avtomatik boshqarish nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturiga mos holda tayyorlangan bo‘lib, texnika oliy o‘quv yurtlaridagi “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar” yo‘nalishlarida o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu ma’ruzalar kursi quyidagi masalalrni qamrab olgan: elektr mexanik ob'yektlarni avtomatik boshqaruv tizimlarini ifodalovchi matemetik modellarni tuzish va avtomatik boshqaruv tizim tarkibidagi andozaviy bo‘g‘inlarining statik va dinamik xarakteristikalarining taxlil qilish, elektromexanik avtomatik boshqaruv tizimini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning tarkibidagi andozaviy bo‘g‘inlar parametrlariga ta'sir ko‘rsatib texnologik jarayon talablariga javob beruvchi optimal boshqaruv tizimini yaratish.
Fan o`qitilishidan maqsad – avtomatik boshqarish tizimlarini o‘rganish differensial tenglamalar vositasida avtomatik boshqaruvni matemetik ifodalash dinamik bo‘g‘inlar hususiyatlarini o‘rganish funksional va strukturaviy sxemalarni tahlil qilish, chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqaruv tizimlarini uzatish funksiyalari va chastotali xarakteristikalari, ularning turg‘unligi sintez masalalari va korreksiya qiluvchi bo‘g‘inlarni tanlash, nochiziqli impuls tizimlar bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir.
O‘quv fani o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy (elektrotexnikaning nazariy asoslari, elektr yuritma asoslari, EMT modellashtirish) fanlarini bilishga asoslanadi xamda ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos vazifasini o‘taydi.
Ushbu o‘quv fani avtomatik boshqarish nazariyasi bo‘yicha ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
XXI asr xalq xo‘jaligining barcha sohalariga kirib borib, o‘zining mustahkam o‘rnini egallagan avtomatika bu bir fan va texnikaning yo‘nalishi bo‘lib, o‘z ichiga avtomatik boshqarishning nazariyotini va amaliyotini hamda avtomatik tizimlarini tuzilishi qonuniyatlarini va u asoslagan texnik jihozlarni oladi. Avtomatika yuqori darajadagi aniqlikda texnologik jarayonlarni amalga oshirishni ta’minlash bilan bir qatorda mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshiradi, ishchi-xizmatchi xodimlarning sonini kamaytiradi, jarayonlarni effektivligini ko‘taradi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilaydi va eng muhimi, inson oyog‘i etishi qiyin bo‘lgan erlarda (atom ishlab chiqarishda, fazoda, va h.k) kerakli ish jarayonlarini amalga oshira oladi.
Mashina va agregatlar ishlab chiqarish jarayonlarning ish rejimlarini qator fizik kattaliklar bilan xarakteristikalanadi. Masalan, elektr generatorining ish rejimi kuchlanishi, tok va o‘zgaruvchan tokda chastota bilan dvigatelniki esa o‘z o‘qining aylanuvchi momenti orqali erishilayotgan aylanish tezligi va hokazolar bilan xarakteristikalanadi.
Agar texnik qurilmaning ish jarayonida uning rejimini aniqlovchi barcha kattaliklar o‘zgarishsiz qolsa, u holda qurilma mo‘‘tadil ishlaydi. Misol uchun, generatorning kuchlanishi aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, atrof muhit xarorati ham bir xil bo‘lib, qo‘zg‘atish toki va yuklama qarshiliklarining o‘zgarmas qiymatlarida mo‘‘tadil bo‘ladi.


    1. Download 38,6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish