A = FΔl = p·s·Δl = p·ΔV,
buyerdaF=p· S vaS·Δl=ΔVgaz kengayganda hajmining o'zgarishi ekanhgi e'tiborga olingan.
Issiqlik almashinuvi. Ikkita turli temperaturali jismlarni bir-biriga tekkizaylik. Ma'lum vaqt o'tgandan keyin ular temperaturalarining tenglashuvi ro'y beradi. Issig'ining temperaturasi pasayadi, sovug'iniki ko'tariladi. Bir jism molekulalarining betartib harakat kinetik energiyasi ikkinchi jism molekulalarining betartib harakat kinetik energiyasiga o'tadi.
Mexanik ish bajarmasdan ichki energiyaning uzatilish jarayoni issiqlik almashinuvi deyiladi. Issiqlik miqdori deb, issiqlik almashinuvi jarayonida jismlar oladigan yoki beradigan energiyaga aytiladi.
Issiqlik va ish energiyaning ko'rinishi emas, balki uning uzatish shaklidir. Ular energiyaning uzatilish jarayonidagina mavjud bo'ladi.
Jismga issiqlik berilganda uning ichki energiyasi ortadi, ya'ni molekulalarining betartib harakat energiyasi ortadi.
SI da issiqlik miqdorining birligi sifatida ish va energiyaniki kabi Joul (J) ishlatiladi.
SI kiritilguncha issiqlik miqdorining birligi sifatida kaloriya ishlatilgan. 1 g distillangan suvni 1 °C ga, aniqrog'i 19,5 °C dan 20,5 °C gacha isitish uchun kerak bo'ladigan issiqlik miqdori 1 kaloriya deyiladi: 1 kal = 4.19 J.
Issiqlik sig'imi. Ikkita teng massali, turli xil moddalardan yasalgan ikkita jismni bir xilda qizdiraylik. Ma'lum vaqtdan keyin ularning temperaturalarini o'lchab teng emasligini bilamiz. Bunga sabab turli moddalarning issiqlik sig'dirish qobiliyatlarining turlicha ekanligidir. Moddalarni ana shunday qobiliyatlarini xarakterlash maqsadida issiqlik sig'imi tushunchasi kiritiladi.
Jismning issiqlik sig'imi deb uning temperaturasini 1 К ga o'zgartirish uchun kerak bo'ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi:
Jism 1 К ga soviganda isigandagiga teng issiqlik miqdori ajralib chiqadi. Bir xil moddadan yasalgan turli massali jismlarning issiqlik sig'imlari ham turlicha bo'ladi. Chunki issiqlik sig'imi massaga proporsional. Ba'zan turli xil moddalardan yasalgan jismlarning issiqlik sig'imlarini solishtirish zararati paydo bo'ladi. Buning uchun esa teng massali jismlarning issiqlik sig'imlarini bilish kerak.
Solishtirma issiqlik sig'imi. Solishtirma issiqlik sig'imi deb 1 kg massali jismning temperaturasini 1 К ga o'zgartirish uchun kerak bo'ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilayotgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori Q ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishiga ΔU va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik kuchi) bajariladigan A ishga sarflanadi. Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni:
Q=ΔU+A
ko'rinishga ega bo'ladi. Bu termodinamikaning birinchi qonunining matematik ko'rinishidir.
Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiqlik miqdori olinayotgan bo'lsa, Q manfiy ishora bilan olinadi. Shuningdek, agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A ish musbat, tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa, A ish manfiy bo'ladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini ko'rsatadi. Birinchi tur «perpetuum mobile»ga asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan ish bajara oladigan mashina qurish haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayonlarda energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham , faqat bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi.
Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqini ko'raylik.
Izoxorik jarayon. Ideal gazning hajmi o'zgarmay (V= const), uning bosimi va temperaturasi o'zgaradi.
Izobarik jarayon. Ideal gazning bosimi o'zgarmas (p = const), uning hajmi va temperaturasi o'zgaradi.
Izotermik jarayon. Ideal gazning temperaturasi o'zgarmas (T=const), uning hajmi va bosimi o'zgaradi.
Adiabatik jarayon. Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro'y beradigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi.
Adiabatik jarayonga tez ro'y beradigan jarayonlar misol bo'ladi. Misol uchun gaz tez siqilganda bajarilgan ish uning temperaturasining, ya'ni ichki energiyasining ortishiga olib keladi. Temperatura ortishi natijasida atrofga issiqlik miqdori tarqalishi uchun esa ma'lum vaqt kerak. Shuning uchun ham Q —O. Ichki yonish dvigatelida yonilg'i aralashmasining yonishi adiabatik jarayonga yaxshi misol bo'ladi.
Klaster usuli
TARQATMA SAVOLLAR
1. Termodinamikaning jadal rivojlanishini nima taqozo etgan?
2.Termodinamika o'ziga xos qanday xususiyatlarga ega?
3. Termodinamik istema deb nimaga aytiladi va u qanday parametrlar bilan xarakterlana-cli?
4. Termodinamik parametrlar deb qanday kattaliklarga aytiladi?
5. Termodinamik usulning asosi nimadan iborat?
X U L O S A
Gazlar kinetik nazariyasi gaz holatini harakterlovchi kattaliklari bilan molekulalar harakati o`rtasidagi boglanishni hosil qilishda asosiy rol o`ynaydi.
Jismlar nihoyat kap mikrozarralar (atom va molekulalar) yig'indisidan tashkil topgan. Molekulyar-fizikada jism mikrozarralar sistemasi yoki oddiygina qilib sistema deyiladi. Sistema xossalarini o'rganish uchun tegishli fizik kattaliklarni kiritishimiz kerak. Bu kattaliklar sistema parametrlari deb ataladi. Ular: hajm; temperatura; bosim va modda miqdori bo'lib hisoblanadi.
Biror idishda olingan gaz haotik harakatdagi molekulalar teplamidan iboratdir. Har bir molekula idish devoriga urilganda deyorga biror kichik kuch bilan tasir qiladi, ammo morlekulalar to`plami esa kattagina kuch bilan tasir qiladi. Idish devorining yuz birligiga tasir etuvchi kuch gaz molekulalarining bosimiga teng. Demak, gazning bosimi gaz molekulalarini issiqlik harakati tufayli idish devoriga urilishidan kelib chiqadi. Molekuljar–kinetik nazariyaning asosiy tenglamasini keltirib chiqarish maqsadida, quyidagicha shartlashib olamiz: tekshiraiotgan gaz, birinchidan, siyraklashtirilgan, muvozanat holatda, yani temperatura, bosim berilgan gazning barcha qismlarida bir hil, ko`b shaklidagi idishda olingan bo`lsin; ikkinchidan, gaz bir hil massali molekulalrdan tashkil topgan bo`lsin; uchinchidan, gaz molekulalarining o`lchami ular orasidagi masofaga nisbatan juda kichik bo`lsin (bunday sharoitda molekulalar betartib harakati natijasida bir–biri bilan deyarli toqnashmaydi); va nihoyat, to`rtinchidan, har bir molekulaning harakati Nyuton mehanikasi qonuniga bo`ysunadi va molekulalarning idish devoriga urilib qaytganda hech qanday energiya yo`qotmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har-bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. T. O’zbekiston” 2017 y.
2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’lim va tarbiyada innovatsion texnologiyalar amaliyoti – T.: Iste’dod, 2010.- b.
3. Yusupov A., N.Turdiyev “Fizika: 9-sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma”-Toshkent- “Ma’naviyat”-2003 yil
4. Kamoliddinov.M, Vaxobjonov.B “Innovatsion pedagogik texnologiyalar”. “Talqin”. Toshkent. 2010.
5. XXI asr pedagogikasining dolzarb vazifalari. //Xalq ta’limi, 2007. – №2,
6. N.N.Ne’matova Guruhlarni tashkil etishni interfaol metodlari. Buxoro 2008 yil.
7. Ne’matova N.N. Fizikadan ma’ruzalar matni. Buxoro-XXI asr
8. Haydarova O.Q.Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash. Qarshi, Nasaf, 2008.
9. Fizikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanining majmuasi. Jizzax. 2014y
10. H. Mamadiyorov Maktabda issiqlik hodisalari va molekulyar fizikani o’rganish
11. Yosh fiziklar ensiklopediyasi. Toshkent O’qituvchi 77 y
12. Uzoqova G. Fizika o`qitish metodikasi fanidan o`quv uslubiy majmua. 89-bet.
13. Fizika o`qitish metodikasi o`quv qo`llanma M. Djo`rayev – Toshkent: A BU matbuot konsart 2015-yil 280-bet.
14. Tolipov O’.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning asoslari(O’quv qo’llanma)Toshkent.OzRFA “Fan” nashriyoti 2006. 76-bet.
15. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar Toshkent:Moliya nashriyoti 2003.63-bet.
16. Saidahmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarnimg namunalari.- Toshkent:RTM.2000. 120-bet.
17. Ochilov M.Yangi pedagogik texnologiyalar.-Qarshi.Nasaf.2000 y. 87-bet.
18. Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2008 yil 24 iyun 191-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. O‘z.DSt 1299 2009. O’ZSTANDART AGENTLIGI tomonidan 2009-yil 26-noyabrda 1766-raqam bilan Davlat ro‘yxatiga olingan.
19. Hozirgi zamon fizikasi fani dasturi. O‘zR Oliy va va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxat raqami: №BD 5140600-4.01.2008-yil 23-avgust.
20. Fizika o‘qitish metodikasi fani dasturi. O‘zR Oliy va va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23dagi “263”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxat raqami: №VD 5140200-3.03.2008-yil 23-avgust.
21. Astronomiya o‘qitish metodikasi fani dasturi. O‘zR Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ro‘yxat raqami: №VD 51406-3.03. 2008-yil 23-avgust.
Internet resusrlari:
www.pedogog.uz
http://www.ziyonet.uz
www.college.ru
http://new.tdpu.uz
https://fayllar.org
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |