Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti,maqsadi va vazifalari.Ta’lim texnologiyalari fani pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida.
Reja.
1.Ta’lim texnologiyalari fanining maqsadi.
2.Ta’lim texnologiyalari fanining vazifasi.
3.Ta’lim texnologiyalarining mustaqil fan sifatida shakllanishi.
Ta’lim tizimini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar
tayyorlash mazmunini qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda ta’lim texnologiyalarining
o‘rni beqiyosdir.
Mutaxasislarni tayyorlash yo’nalishlarining malaka talablar darajasida zamonaviy ta’lim texnologiyalar va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish,shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalar va shu kabi boshqa ta’lim
texnologiyalar hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |