U adabiyotga ham daxldordir, faqat she’riyatda ayricha xususiyat kasb etadi:
musiqiylikni yaratuvchi asosiy elementlardan biriga aylanadi va «she’riy nutqning bosh alomati» (I. Sultonov), uning maftunkorligini ta’minlovchi vosita,
nutqni «ziynatli nutq»qa (Aristotel) aylantiruvchi sanaladi.
«She’riy nutq ritmga, ritm she’riy nutqqa muayyan shakl, yaxlitlilik hadya
qiladi. Ritm she’riy nutqni, har qanday oddiy fikmi ham bir daraja yuqori
ko‘taradi. Ritmdan so‘zga sehr, ta’kid, ko‘tarinkilik nasib bo‘ladi, ritmlilik
fikr-ishonch, muhimlik ato etganday bo‘ladi, she’riy ritmli so‘z obro‘li so'zdir,
ritmli fikmi yodlash oson va esdan uzoq vaqtgacha chiqmaydi... Qolaversa,
ritmdorlik kishiga zavq-shavq bag‘ishlaydi, nutqdagi hissiyot, emotsionallikni
orttiradi; ruhiy ehtiyojni qondiradi. Aristotel aytganidek, nutqqa zebu-ziynat
taqdim qiladi, g‘oyaning kishiga singishiga ko‘maklashadi»'.
Do'stlaringiz bilan baham: |