poeziyami? Milliyligi va umumbashariyligining sababi nimada?..
0 ‘nlab savollarga javob aytishni rus tanqidchisi V.G.Belinskiy mulohazalaridan boshlaymiz. U «Mixail Lermontov she’rlari»da yozadi: «Bu —
zehnli, nozik mijoz, hamisha faol, salgina tegib ketilsa ham o‘zidan uchqun
sachratadigan, boshqalardan ortiqroq qayg'uradigan, shodonroq lazzat oladigan, ehtirosliroq sevadigan, kuchliroq nafratlanadigan, qisqasi, chuqurroq
his etadigan vujud, ruhning har ikki — ham turg‘un, ham harakatdagi holati
oliy darajada taraqqiy qilgan naturadir. Shoir jismining tuzilishiga ko‘ra,
boshqalarga qaraganda u yoki bu hadga borib qolishga ko‘proq moyil bo‘ladi
va u hayotda boshqalardan balandroq yuksaklikka ko‘tarilib, iflosroq tubanlikka ham bemalol yiqilishi mumkin. Lekin uning qulashi ham boshqalaming
qulashidan farq qiladi. Bu qulash pul, hokimiyat, imtiyozning yuholigi emas,
balki hayotga bo‘lgan sabrsiz chanqoqlik samarasidir. Hayotga tashnalik
Do'stlaringiz bilan baham: |